www.ziyouz.com kutubxonasi
160
turdi, u “Bokvit” do‘konidan chiqdi-da, “Plaza” tomon yurib ketdi. Shu masofadan ham ayolning bo‘yi
rosa 180 sm kelishligi bilinib turardi. Agar paltosi rangini aytmasa, bu Edis ham bo‘lishi mumkin edi.
Bu ham Edisga o‘xshab katta-katta odimlar bilan shaxdam yurib borar, sochi ham Edisdaqa yaltiroq
va qo‘lini ham shunaqa burchaksimon qilib siltar edi. Ayol oliy darajada maftunkor ko‘rinardi.
Qiziq, bordi-yu, agar bu yangi palto olgan Edisning o‘zi bo‘lib chiqsa, men o‘zimni qanday his etgan
bo‘lardim, deb o‘yladi Palmer. U ayolning poshnasi balandligini chamalab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Ko‘zi o‘tkir
bo‘lgani bilan shuncha yerdan turib buni hatto chamalashning ham iloji yo‘q edi. Biroq uning hozirgi
yurishi hech bo‘lmaganda Virjiniya Kleri tuflisiga o‘xshash juda baland poshnali tufli kiyib olganiga
Palmerning imoni komil edi. Edis esa juda nari borganda besh santimetrcha keladigan poshnali tufli
kiyadi. Demak, bu Edis emas. Lekin u juda ham jozibador edi.
Qurib ketsin bu gaplarning bari, o‘yladi Palmer derazadan shartta o‘girilar ekan. U birdaniga
haddan tashqari ko‘p narsalar haqida xayol suradigan bo‘lib qolibdi o‘ziyam.
Palmer paltosini kiydi-da, bankdan chiqib, sharq tomon yo‘l oldi. Ikkinchi avenyuga yetib bordi va
restorangacha shu yo‘ldan ancha yurdi — bungacha uni birov zimdan kuzatayotibdimi yo yo‘qmi,
bemalol bilib olsa bo‘lardi.
Kun uncha sovuq bo‘lmasa-da, izg‘irinli shamol yuzga urardi va Palmerning ko‘zi yoshlana boshladi.
Peshtaxtaga qaramoqchi bo‘lgan odamday u mahalla o‘rtasida to‘xtadi. Bir mahalla o‘tib, bu usulni
yana takrorladi.
Kun sovuq, ammo quyoshli bo‘lganidan odamlar ko‘chada serob edi. Ular lenchga borar yoki o‘sha
yoqdan qaytar edilar, musaffo osmon, yo‘lak asfaltining jimir-jimir yog‘dusi, o‘tib ketayotgan
mashinalar oynasidan hammayoqqa tashlanayotgan quyosh shu’lalarining o‘ynoqi aksidan
zavqlangancha tez va shaxdam qadam tashlar; kiyimlarini hilpiratgan shamoldan zavqlanib yurib
borar edilar. Palmer bunday zavqni tuymayotgan edi.
Lekin u o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni his etmoqda edi. O’z shubhalarini ming bir taroziga solib,
ulardan xatolar topib, xulosalar chiqarib, o‘zini g‘irt ahmoq sanab va hatto jinni hisoblab, u shu
narsani anglay boshlagan ediki, o‘zining asosiy fikrini tasdiqlash uchun haddan tashqari kam isbotga
ega ekan. Modomiki shunday ekan, buni Berkxardtga izhor qilishning nima keragi bor? Hech
bo‘lmaganda birgina keskin isbot bo‘lishi shart. Shunday xayollar bilan u burchakdagi telefon
budkasiga kirdi va o‘z makleriga qo‘ng‘iroq qildi. Ularning suhbati qisqagina bo‘lsa-da, biroq Palmer
uchun nimanidir oydinlashtirganday bo‘ldi.
Restorangacha yarim mahallalik yo‘l qolganda u ortidan hech kim kuzatmayotibdimikan degan
o‘yda yana bir tekshirib oldi va hech qanday g‘ayriodatiy narsa payqamadi. Shu top miyasiga uning
shubhasi adolatlimi yo yo‘q, bundan qat’i nazar, o‘zimni muttahamlarcha tutayotibman, degan o‘y
keldi. U restoranga ta’bi tirriq bir holda kirib keldi, o‘z stolchasini topdi-da, viski buyurdi.
Berkxardt kirib kelganida Palmer allaqachon ikkinchi stakanga o‘tib ulgurgandi. Garchi kechikkani
uchun choldan g‘ijinib o‘tirgan bo‘lsa-da, u baribir dastlabki yengil va mazmunsiz suhbatni ochilibgina
o‘tkazdi. Restoran kambargina xonada joylashgan bo‘lib, “N” harfining ikkala oyog‘iga o‘xshash ikkita
xonaga ajratilgandi. Qachonlardir ilgari devorlarga manavi yerda yuztacha odamning kulgili
basharalari chizib tashlangandi. Suvratlar tagidagi aji-buji imzolar ulardan birontasining kimligini
bilishga xalal bermasdi. Asl qahramonlari kimligidan bexabar Palmer suvratlarning kimligini bilish
uchun Nyu-York ahli bo‘lish kerak deb behuda taxmin qilmoqda edi.
— ... Biqin go‘shtiga gap yo‘q, — der edi bu orada Berkxardt.
— Bu joy haqida menga Garri Elder aytgandi, — izoh berdi Palmer. — Men sizni bu yerda
bo‘lgansiz deb o‘ylovdim.
— Bu yerda-ya? Bu yerda hech ham bo‘lmaganman ilgari, — Berkxardt go‘shtdan katta bo‘lak
kesib oldi-da, sanchqi bilan uni ikki bukladi va likobchadagi tiniq qizil sharbatga botirib olib, yeya
boshladi. — O’-o‘, mazaligini qarang.
Berkxardt tez-tez chaynab, tez-tez yutar edi. So‘ng sanchqini qo‘ydi-da, Palmerga qaradi. Uning
mitti to‘g‘nog‘ich boshi sanchib qo‘yilgandek qorachiqli och moviy ko‘zlari hozir kattalashganday
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |