Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
— Eng avvalo, uni Lumis yollab olmasligi uchun. 
— O’zidan keyin o‘rniga qo‘yish uchunmi? 
Berkxardt bosh irg‘adi. 
— Ko‘ngling to‘ldimi? 
— Haddan tashqari. Umrimda birinchi marta. Quloq soling, — davom etdi Palmer. — Mening 
notiqlik safarimda ortiq markiz Kvinzberri1 ning qat’iy qoidalari bo‘lmaydi. Men omonat banklariga 
qo‘limga tushgan har qanday narsani, agar u ancha zalvorli bo‘lsa, otishga tayyorman. Ammo 
boshlashdan oldin men sizdan qanchalik chuqur kirib borish mumkinligini aniqlashim kerak. 
— Istagan chuqurlikkacha kirib boraver. — Berkxardtning oqish moviy ko‘zlari qisildi, tabassumdan 
tishlari tirjayib ko‘rindi. — Oxir-oqibatda men seni har doim ishdan haydashim mumkin: 
— Jumladan, — davom etdi Palmer go‘yo eshitmaganday, — direktorlaringiz va ularning 
departamentlari faoliyat doirasi qanchalik chuqurlikka ega o‘zi? Agar bir g‘isht tashlasam, 
odamlarimizdan birining boshiga borib tegishi mumkin-ku? 
— Ehtimol. Menga, masalan, buning farqi yo‘q. 
— Hissadorlarimizga nisbatan qanaqa? — tinib-tinchimasdi Palmer. — Direktorlarga nisbatan 
sizning sanktsiyangizni oldim, bizning aktsiyalarimizga egalik qilgan soxta bevalaru yetimlarga 
nisbatan qanday? 
— Hech qanday muammo yo‘q. 
— Sizning munosabatingiz menga yoqadi. General jang arafasida o‘z askarlariga deydi: “Ular sizga 
zarar yetkaza olmaydilar”. Nima bo‘lganda ham aktsiyalarning yirik xaltalarini kim ushlab turganini 
tushuntirib berganingizda yaxshi bo‘lardi. 
Berkxardt go‘shtini yeb tugatdi va asta-asta chaynalgancha huzur qilib o‘zini stul suyanchig‘iga 
tashladi. 
— Buni hamma biladi, Vudi. O’zingni hech narsadan xabari yo‘qday qilib ko‘rsatib nima qilasan? 
— Sizningcha, bunga vaqtim musoida etadimi? 
Berkxardt yelka uchirib qo‘ydi. 
— YuBTK aktsiyalarini har kim ham ola biladi. Har kimning o‘z ulushi bor. Menda 90.000 aktsiya 
bor, xuddi shunchadan Garrida ham, Kliffda ham, boshqa vitse-prezidentlarda ham bor. O’zaro 
yordamning yirik jamg‘armalari va investitsiya banklarida ham ko‘p aktsiyalar bor. Men nima deyishim 
mumkin, Vudi? Bunday aktsiyalar o‘zini munosib deb topgan har qanday odamda bor. Boshqa banklar 
YuBTK aktsiyalarini ushlab turibdilar, sug‘urta kompaniyalari ham. Maklerlar YuBTK aktsiyalarini o‘z 
mijozlariga sotmoqdalar, chunki mijozlar YuBTKni talab qilmoqdalar. Grestlarning jamg‘armalari. 
Nafaqaxo‘rlarning jamg‘armalari. Mubashshirlar bevalarining allaqanday dafn jamg‘armasi 20.000 
aktsiyaga ega ekan. YuBTK aktsiyalari haddan tashqari mustahkam. 1933 yildan buyon biz 
dividendlarning bitta ham to‘lovini o‘tkazib yuborganimiz yo‘q. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa 
dividendlar qariyb 60 foizga o‘sdi. 1954 yilda biz hatto aktsiyalarni maydalab yubordik. Agar 1945 
yilda aktsioner YuBTKning 100 dollarlik aktsiyalariga ega bo‘lsa, bugungi kunda uning mablag‘i 240 
dollarni tashkil etayapti. Hamma YuBTKni sotib olmoqda. Birjada bizning aktsiyalarimiz eng barqarori. 
G’ishtlarni uloqtirganingda kimni mo‘ljalga olganingni men qayoqdan bilay? Takror aytamanki, bu 
haqiqatan ham bir chaqaga qimmat. Bizning mulklarimiz shu qadar kengki, bizga zarar keltirmoq 
uchun ko‘nglingdagiday katta bo‘lakni ushatib ololmaysan. 
— Siz tavakkal qilish va bundan nima chiqarkin, deb qarab turish kerak demoqchimisiz? 
— Bo‘pti. Faraz qilaylikki, shunday. Lekin men bir narsani tushunmay turibman, bu seni nega 
tashvishga solmoqda? Nega aynan hozir? Nega birdaniga? 
Berkxardtning ko‘zlari katta-katta ochildi, bu ham bir lahzagina, qorachiqlar nurdan qisilguncha 
davom etdi, xolos. Palmerga bu ko‘zlarda namoyishkorona takabburlikdan boshqa yana nimadir yilt 
etgandek bo‘ldi. Balki, u buni eshitdimikan yo? Berkxardt haddan ortiq qizishib ketmadimikan? Yoki 
Palmerning o‘zi isbotlarni qidirib, ularni aslida yo‘q joydan topmadimikan? 
Javob o‘rniga Palmer likobchani surib qo‘ydi, o‘zini orqaga tashladi va sigareta tutatdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish