www.ziyouz.com kutubxonasi
128
silkinishlarga bardosh berolmas edilar. Greyfsvalddan Volgastgacha yigirma mil edi, u yerdan
Penemyundegacha esa besh mil ham chiqmasdi.
— Qancha nemisni asir ola oldilaringiz?
— Deyarli bitta ham. Bilasizmi, buni qo‘shin qismlarini asirga olish bilan shug‘ullanish deb aytib
bo‘lmasdi. Biz ularga qo‘riqchilik qilardigu, durustroq qo‘riqlash imkoniyatiga ega emas edik, chunki
son jihatidan ular bizdan ko‘plik qilar edilar. Biz bu ishni ular bizga o‘zlarini qurolsizlantirishga qo‘yib
berishlari uchun bajarar edik.
— Taniqli nemis olimlarining ishi qanday edi? Ular nimani mo‘ljallar edilar? Nimalar deyishdi?
Palmer yelka qisdi.
— Olimlar o‘zlari ancha mag‘rur turar edilar, ayniqsa taniqlilari. Darajalari quyiroqlari esa, ayniqsa
siyosiy josuslar, picha ayanchli ko‘rinar edilar. Biz ularni tutib olganimizdan keyin, ya’ni bu voqea
sodir bo‘lgandan bir hafta so‘ng bir qancha juda taniqli olimlarni qo‘ldan boy berganimiz ma’lum
bo‘ldi. To‘g‘ri, bizda fon Braun, Erike va Gausslar bor edi, bu esa chakki narsa emasdi.
— Gaussmi? — qayta so‘radi Stekkert.
— Geynts Gauss. Portlashlar bo‘yicha ekspert.
— Keyin u nima bo‘ldi?
— Gauss shu yerda, Qo‘shma Shtatlarda, — tushuntirdi Palmer, — u boshqalarga qo‘shilib ketgan.
U... Men, to‘g‘risi, bilmayman, u, aftidan, bironta aviatsiya — raketa firmasida ishlayapti. Bir necha oy
muqaddam u haqda gazetalarda bir nimalar yozishdi, agar yanglishmasam, bu “Star” edi.
— Jim ayni shu haqda yozadi, — miyig‘ida kulib ming‘irladi Berns, — buning uchun u gazetani o‘qib
o‘tirmaydi.
— U haqda nima munosabati bilan yozishgan edi? — surishtirishda davom etdi Stekkert.
— Hozir yaxshi esimda qolmagan, — javob berdi Palmer, — bu qanaqadir dvigatel bilan bog‘liq edi,
u yangi yonilg‘ida ishlardi, sinov chog‘ida portlab ketgan. Qolganini o‘zingiz bilib olaverasiz.
— Siz qachon bo‘lsa ham o‘zlaringiz asir olgan odamlar bilan hech uchrashganmisiz?
— Biz ularni asir olmaganmiz, — uning gapini tuzatdi Palmer, — bizning vazifamiz shundan iborat
ediki, ruslardan oldin bu odamlarni topish. Biz o‘zimiz bilan olib olgan odamlar esa o‘zlari taslim
bo‘lishga ahd qilishgan.
— Siz ular bilan hech qanaqangi aloqa o‘rnatganmisiz?
— Mutlaqo. Xeygen bilan, o‘z-o‘zidan ma’lumki, oldingiday do‘stona ko‘rishib turamiz. — Bernsga
qarab qo‘yib va keyin Stekkerga jilmayib, Palmer gapida davom etdi: — Sizlar nemislarning o‘zlari
bilan yoki Eddi Xeygen bilan gaplashsalaringiz, ko‘proq qiziq bo‘lishiga aminman. U hozir fuqarolik
xizmatida va yirik kompaniyalardan birida ishlayapti.
— Lekin bu siz aytishingiz mumkin bo‘lgan hamma narsa emas, — gapga aralashdi Berns,
Palmerning stoli tomon yo‘nalar va ayni vaqtda reportyorga qarab qo‘yar ekan.
— Men endi bir narsani so‘ramoqchi bo‘lib turuvdim, — dedi Stekker, — shunday faoliyat bilan
bog‘liq sizday bir odam qanday qilib bank ishiga tushib qoldingiz?
— Bu mening asosiy kasbim.
— Yaxshi. Unda, ayting-chi, bunday faoliyat bilan qay tariqa shug‘ullangansiz? — so‘radi reportyor.
— Bu siz aytganchalik darajada emas... — deb Palmer gap boshlamoqchi bo‘luvdi hamki, Berns
baland ovozda gapini bo‘lib dedi:
— Vatanga har xil yo‘l bilan xizmat qilsa bo‘ladi. Xalqning qornini to‘ydirish uchun ba’zilar bug‘doy
yetishtiradi. Mister Palmer boshqa sohada ixtisoslashgan. U bankir, bu esa u milliy mablag‘ni himoya
qiladi degani va ... — Berns gapdan to‘xtadi-da, labini yalab qo‘ydi.
— Va milliy sanoatni moliya bilan ta’minlaydi, — qo‘shib qo‘ydi ta’kidlagannamo asta Virjiniya Kleri
Stekkertning yon daftarini nigohlari bilan kuzatar ekan. — Bunda u milliy an’analar doirasida turib
amal qiladi, bular erkin ishbilarmonlik va xususiylik. Sizlarning pullaringizni saqlab beradigan
muassasalar ozmuncha emas. Biroq faqat tijorat bankigina tashkilotga foyda keltiruvchi sof amerika
xususiy mulkini o‘zida namoyon etadi. Boshqa tashkilotlar boshqa g‘oyalar — jamoatchilik mulki,
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |