Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
moddiy manfaatdorlik ahamiyatini rad etish g‘oyalari asosida tashkil etilgan. Bu hol, masalan, 
Rossiyada kuzatiladi, bu yerda... 
— ... bu yerda Penemyundening qolgan nemis olimlari turibdi, — uning gapini bo‘ldi Berns. — Bu 
yerda qanday aloqa borligini endi ko‘rib turgandirsan, Jim? Bankir bu mintaqada Palmer o‘ynagan 
rolni o‘z zimmasiga olgani hech ham ajablanarli hol emas. Biri ikkinchisi bilan uzviy bog‘liq, unisi ham, 
bunisi ham mutlaqo amerika g‘oyalari muhofazasini ta’minlash maqsadlariga xizmat qiladi. 
Qog‘ozda tez-tez sirpanayotgan Stekkertning qalami o‘z tezligini pasaytirdi. Stekkert Palmerga 
qaradi-da, birdan so‘radi:  
— Demak, siz o‘z faoliyatingizni aynan shu jihatda ko‘rasiz, shundaymi? 
— Yo‘q, albatta, yo‘q! 
Reportyorning qo‘lidagi qalam qotib qolgandi, u hayron bo‘lib, ko‘zlarini katta-katta ochdi: 
— Bu qanaqasi? 
— Mister Berns va miss Kleri aytgan gaplar men Penemyundeda bajargan buyruqlar bilan hech 
qanaqa umumiylikka ega emas. Urush bo‘lib turganda, haqiqiy holat bilan yashaysan. Nima qilish 
kerak bo‘lsa, shuni qilasan. Bu nimaga kerak, degan o‘yni xayolingga keltirmaysan. Shunchaki  kerak, 
vassalom...  
— U aytmoqchiki, — shoshib gapga aralashdi Berns, — atrofda snaryadlar portlab turganda, 
o‘ylashga vaqt qolmaydi... 
— Bekor gap, — uning so‘zini bo‘ldi Palmer, — urush vaqtida necha martalab kutishga ham to‘g‘ri 
kelgan. Sizning yoshingizga qarab hukm chiqaradigan bo‘lsak, mister Stekkert, siz buni eslashingiz 
kerak. Shunaqasi ham bo‘lardiki, uzoq-uzoq kutardig-u, ammo juda oz o‘ylar edik, jin ursin! 
— Ha, esimda, — javob berdi reportyor, — to‘g‘ri, biz Remagendan nariga o‘tmaganmiz, lekin men 
hammasini eslayman. — Stekkertning lablari bilinar-bilanmas egildi, ko‘zlarida g‘alati uchqun 
chaqnadi. U ko‘zining qiri bilan Bernsga qarab qo‘ydi, keyin esa Palmerga tikka boqib jilmaydi. Birinchi 
marta uning jilmayishi samimiy chiqdi. 
Palmer ko‘zlarini pastga oldi. Ha, voqea qaltis tus olmoqda edi. Reklama bo‘limidagi uning odamlari 
reportyorning bejamoqchi bo‘lgan jirkanch qalloblik uni barbod etishi hech gap emasdi. “Star” 
gazetasi muharriri tugul har qanday muharrir bunaqa dag‘al uydirmani rad etgan bo‘lardi. Endi esa, 
uning raddiyasi xatga olinganda, Stekkert loaqal uning raddiyasini tushuntirib berish uchungina bu 
jirkanch uydirmalarning bir qismini biron-bir joyga tiqishtirsa bo‘ladi. 
(... “Mister Palmer urush davridagi uning faoliyati va hozirgi vaqtdagi tijorat banki vitse-direktori 
sifatidagi ishi o‘rtasida mavjud har qanaqangi munosabatni sipolik bilan inkor etdi. Bu vazifalarning 
ba’zi umumiyliklarini e’tirof etish mumkin deb bilasizmi, degan savolga u rad etib turib aytdiki...”). 
— Iltimos, sal bundayroq qarab, — Palmerning qulog‘iga fotosuratchining tovushi chalindi. 
— Faqat haykalga yaqin bo‘lib qolmasin, — ogohlantirdi Palmer. 
— Bu yoqqa keling, — dedi Berns yana deraza oldiga kelib turib. — Bu yerdan shahar va ayniqsa 
park juda go‘zal ko‘rinib turibdi. 
Shiftdan xonaga tushib turgan yorqin nurdan foydalanib, Kessler o‘n-o‘n beshtacha suvrat oldi. To 
Stekkert qoniqish hosil qilib bosh irg‘amaguncha Palmer uning savollariga javob berib turdi. Xona 
eshigi tagiga yetganida Kessler yana bir qur haykallarga razm soldi. 
— Yana bir marta kelib, bu narsalarni ko‘rishimga monelik qilmaysizmi? — so‘radi u Palmerdan. 
— Marhamat, istagan vaqtda kelavering, — taklif qildi Palmer. 
— Bilasizmi, bu haykalda nimadir bor-u, sira tushunolmayman. U mening ham g‘ashimni keltiradi, 
ham undan ko‘zimni uzolmayman. 
— Ommadagi uning muvaffaqiyati siri ham shunda bo‘lsa-chi, nima deysiz? 
— Sizga nima deyishimni ham bilmayman, — tan olib dedi Kessler va Palmerning qo‘lini qattiq 
qisdi. — Faqat bir narsaga aminmanki, unga har kuni sakkiz soat davomida tikilib turgan odam 
mardonalikka ega bo‘ladi. — Virjiniya Kleri tomon burilib, u dedi: — Xo‘p, hozircha xayr, Jinni. — 
So‘ng Stekkert bilan izma-iz xonadan chiqib ketdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish