www.ziyouz.com kutubxonasi
10
tingladi-da, tasdiqlab, bosh irg‘ab qo‘ydi. — Oyingga ayt, men shu lavozimga tayinlandim...
— Endi biz Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tamizmi? — so‘radi Jerri.
— Albatta.
— Dada! — ingrab yubordi Jerri.
— Quloq sol, miss Palmer, sen hech jiddiy kaltak yeganmisan?
— Mayli, mayli, — xo‘rsindi qizcha, — men hammasini aytib qo‘yaman. Lekin bu xabar birortasini
xursand qilarmikin?
— Xayr, Jerri. — Palmer go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.
Qiziq, prezident so‘zida nechta «e» bor emish! Go‘yo bu so‘zni boshqacha yozish mumkinday!
Palmer o‘zini yostiqqa tashladi va yuzini qo‘llari bilan berkitdi. Quloq sol, azizam, quloq sol, endi
men, qirq to‘rt yoshimda, mamlakatning eng katta bankining lavozim bo‘yicha ikkinchi rahbari
bo‘ldim. Quloq sol, azizam, endi Chikagoda o‘lib-tirilib ishlashimning keragi yo‘q. Xello, azizam, xayrli
kech!
U o‘rnidan turib pardoz stolidagi ko‘zgu yoniga bordi. Ko‘zlari ostida paydo bo‘lgan shish-
qopchiqlar salqigan va sal qoraygan edi. Berkxardtning uyida yomon uxlagandi. Yaxtani nozik
boshqaruvdan so‘ng lol qoldirgan g‘alaba uni butunlay uyqudan mahrum etgandi.
Palmer Beshinchi avenyuga ochiladigan deraza yoniga keldi va parishon bir holda o‘tgan-
ketganlarni kuzata boshladi. U nimadir yetishmayotganini his etib, og‘ir xo‘rsindi. Oradan biroz vaqt
o‘tgach, olomonga qarab turib, o‘tkinchilar orasidan ayol kishini qidirayotganini tushundi. Biroq soat
to‘qqizdan keyin ularning hammasi ish joylarida edilar. Palmer ulardan qaysidir biri ishga kechikib,
uning oldidan nozu karashma bilan o‘tib qolar degan umidda ancha turib qoldi.
Tomog‘iga allanarsa tiqilib qolganday bo‘ldi, Palmer jon holatda uni yutdi-da, derazadan o‘girildi. U
oyog‘idagi paypog‘iga nigoh tashlab, yerda yotgan gazetaning reklama sahifasidagi cho‘mimlish
kiyimida o‘zini ko‘z-ko‘z qilayotgan qizni ko‘rdi.
Telefon jiringlab qoldi. Palmer go‘shakni ko‘tardi.
— Vudi? Biz soat o‘n birga yaqin uchrashishimiz mumkin. Xo‘pmi? — dedi Berkxardt.
— Juda soz.
— Demak, ko‘rishguncha. — Berkxardt go‘shakni ildi.
Palmer javon tortmasidan ko‘ylagini olib kiymoqchi bo‘ldi-yu, missis Keyj uning yoqasida
dazmoldan iz qoldirganini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘ldi. U boshqa ko‘ylakni olib kiyarkan, xayolan
Berkxardt bilan telefondagi suhbatga qaytdi. Bu uchrashuv qanday bo‘larkan, deb o‘yladi. Ehtimol,
uchrashuv norasmiy tusda o‘tar. Balki uni tor doiradagi xizmatdoshlariga tanishtirishar. Ularning
suhbatida qanaqa masalalar ko‘tarilishi mumkin.
Palmerning ustunlik tomoni uning voqeani boshqalardan oldinroq payqash qobiliyati edi. Hozir u
buni biladi. Avvallari bu qobiliyatini o‘zi payqamasdi ham. Buni birinchi bo‘lib payqagan odam
otasining vitse-prezidenti Garold edi. Garold iste’foga chiqib ketmoqchi edi, buni anchadan beri o‘ylab
yurardi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng bank muayyan ko‘lamga erishdi. Biroq rahbarlikning mavjud
tarkibi bilan bundan keyingi ravnaqini kutish amri mahol edi. Palmerning otasiga qaraganda Garold
buni ancha aniq tasavvur qilardi. O’sha paytda u bedavo dardga chalingandi. Bu paytda Garold ham,
Palmerning otasi ham saksonni qoralab qolishgandi. Garold o‘shanda vitse-prezident kotibi vazifasini
bajarib turgan yosh Vuds bankning vitse-prezidenti lavozimiga tayinlanishini qat’iy yoqlab chiqqandi.
— Sizlarga eslatib qo‘ymoqchimanki, bu yigit endigina o‘ttiz beshdan oshdi! — deya e’tiroz bildirdi
Vudsning otasi.
— Shunday, lekin unda sizning boshingiz bor, — javob berdi Garold. — Buning ustiga, ikkalangiz
bir xil fikrlaysizlar. Ikkovi Palmerning nomzodini oshkora muhokama qilardilar, go‘yo bu xonada, ular
bilan yonma-yon Palmer yo‘qday. Aslida esa Palmer va yana bankning uchta vitse-prezidenti ham bor
edi. Palmer otasining o‘rnini egallashga intilayotganiga hech kim shubha qilmasdi. Bu kundek ravshan
edi. Har bir ota o‘g‘li uchun ish yaratadi, bu quyosh har kuni sharqdan chiqishidek tushunarli. Biroq,
agar o‘g‘il otasining hadyasini qabul qilishni xohlamasa, agar u o‘z avlodining omadsiz nasli bo‘lsa va
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |