www.ziyouz.com kutubxonasi
42
berishga ruxsat etasizmi?
Miss Kleri «marhamat» deganday qo‘llarini keng yoydi. Palmer uning barmog‘ida uzuk yo‘qligini,
barmoqlari ingichka va uzunligini payqashga ulgurdi.
— Bu yerda siz xo‘jayinsiz, — javob qildi xonim.
— Ma’lum ma’noda men afsusdaman, — dedi Palmer, — chunki men bilishim kerak bo‘lgan narsani
so‘rab o‘tiribman. Lekin sizga murojaat qilarkanman, men mantiqqa amal qildim, xolos. Bularning
hammasi hech qanday shaxsiy xususiyat ma’nosida emas. — U xonimga savol alomati bilan qaradi.
— Ha, — dedi miss Kleri.
— Men oldin ham bankda ishlayotgan ayolni uchratgandim, — deya sekin gap boshladi u, agar
kerak bo‘lsa, ayolga aytadigan gapiga tuzatish kiritishni ham o‘ylab. Endi men shunga amin bo‘ldimki,
bankka ishga qabul qilinishlari uchun ayollar, xuddi shunday lavozimni egallab turgan erkak
hamkasblariga nisbatan ancha yuqori malakaga ega bo‘lishlari darkor. Lekin, baribir, o‘zingiz
bilganingizday, ayollar shu lavozimga tegishli miqdorda maosh olmaydilar.
— Ha, buni bilaman, — tasdiqladi miss Kleri.
— Lekin men hali hech qachon bankda reklama va axborot masalalari bilan shug‘ullanayotgan
ayollarni uchratmagandim. Bu masalalarni biz o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq hal qilolasiz, deb
o‘ylayman. — U nafasini rostlab oldi-da, — Sizga aytmoqchi bo‘lgan gaplarim mana shu, — dedi.
Miss Kleri o‘rnidan turdi, sonlarida buklanib qolgan tor qora yubkasini to‘g‘riladi. Palmer birinchi
marta e’tibor berdi: bo‘yi past bo‘lishiga qaramay, juda xushqomat ekan. Bu unda quvonchli ishtiyoq
uyg‘otdi. Zamonaviy ayollarga o‘xshamagan kichkinagina ayolni ko‘rish qanday yoqimli.
— Siz bilan barobar ish vaqti belgilasam bo‘ladimi? — so‘radi xonim.
— Bemalol.
— Juda afsusdaman, — dedi xonim Palmerning ko‘ziga tik qarab. — Buni qanday qilib yaxshiroq
tushuntirsam ekan. Haligi, o‘sha matbuot uchun xabarni oldindan siz bilan kelishib olish imkoniga ega
emasdim. Umid qilamanki, sizning kelishingiz bilan ish uslubimiz ancha o‘zgaradi. Lekin men yaxshi
tushunaman, buning uchun vaqt kerak va bu ertagayoq ro‘y bermaydi. Aftidan, men yetarli tarzda
oshkora aytdim, shundaymi?
— Ha, tushunib turibman.
— Mak Bernsga kelganda esa, shuni aytishim mumkinki, men uni ko‘pdan beri bilaman. Biz u bilan
hamisha til topishib ketamiz, chunki jurnalistlar bilan til topishish uning vazifasidir. Boshqa
qo‘shadigan hech gap yo‘q.
— Roziman.
— Bor gap shu, — dedi miss Kleri so‘zining oxirida.
— Juda yaxshi aytdingiz, — dedi Palmer. — Bir yoki ikki kundan keyin men ketaman. Ammo
bayramdan so‘ng men qaytib kelgach, ko‘pgina ishlar haqida meni yaxshilab xabardor qilishingizga
to‘g‘ri keladi.
— Juda soz.
— Rahmat sizga, — dedi Palmer.
Miss Kleri eshikka qarab burildi. Qandaydir soniyalarda uning lablari sal ochildi va yana yopildi.
Go‘yo u nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, voz kechdi. Palmerga qarab jilmaydi-da:
— Arzimaydi, — deb eshikka qarab yurdi.
To‘qqizinchi bob
Do'stlaringiz bilan baham: |