Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

 
 
Bu yil Mehnat kuni ikkinchi sentyabrga to‘g‘ri keladi va Jerri donolarcha qayd qilganidek, uydagi 
yugur-yugurni yana avj oldiradi. 
Missis Keyj shahardagi uyda mavjud buyumlarni yig‘ishtirib taxlashga bosh-qosh bo‘lish uchun 
Evanstonda qoldi. Viskonsindagi shahar tashqarisidagi uyni Edisning o‘zi tartibga keltirdi va qulflab 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
qo‘ydi. Hozircha bu uyni hech bo‘lmaganda bir yil mobaynida sotish niyatida bo‘lmaganliklari uchun 
bu yerda hech qanday muammo tug‘ilmadi. To‘g‘ri, bir yildan so‘ng shu masala yana ko‘tariladi, lekin 
hozir Palmer bu ishni bir oz orqaga surganidan xursand edi. Edis ikkalasi shahar atrofidan o‘zlariga 
maqbul uy qidirib, ikki dam olish kunini sarflagan bo‘lishlariga qaramay, Beshinchi avenyudan uncha 
uzoq bo‘lmagan Yetmishinchi ko‘chadagi qo‘ng‘ir qumtoshdan tiklangan dang‘illama uyni olishga 
qaror qilishdi. Bunday uyning narxi yuz ming dollardan oshiq turardi, lekin Palmerning uni yarim 
bahosiga sotib olish imkoni bor edi. 
Dang‘illama uyni ko‘zdan kechirish paytida uning bu qadar arzon tushishi o‘z ma’nosini yo‘qotdi, 
chunki uni ta’mirlash va qayta qurish uchun sotib olish narxichalik pul ketishi Palmerga ma’lum bo‘lib 
qoldi. Biroq u, baribir, shu uyni sotib olishga qaror qildi va oilasi bilan o‘sha dang‘illama uy yaqinidagi 
mo‘‘jazgina bir mehmonxonaga ko‘chib o‘tdi. Edis shu yerdan qayta qurishning borishini kuzata olardi. 
Palmer bolalarni Bentli maktabiga joyladi. Bundan u o‘zini chinakam baxtli hisoblardi. Zero, shunday 
jiddiy masala qiyinchiliklarsiz hal bo‘lgan edi. 
— Har holda, bu borada ancha omadimiz keldi, — dedi u Edisga, bir kuni ertalab bolalar maktabga 
ketishgach. — Qolgan hamma narsa faqat tashvish va ko‘ngilsizliklar keltirmoqda. 
Edisning rangsiz tus olgan kichik-kichik ko‘zlari, zo‘rg‘a sezilayotgan kipriklari bilan u allanarsalar 
yozayotgan yondaftardan asta ko‘tarildi. Uning nigohi bir muddat yondaftar bilan u qo‘lida ushlab 
turgan qahvali finjon o‘rtasida daydib yurdi-da, keyin Palmerning yuzida to‘xtadi. Palmer stol ortida, 
uning qarshisida o‘tirgandi. 
— Men ulardan qahvani bunchalik achchiq damlamasliklarini so‘ragandim, — dedi Edis 
kutilmaganda. — To‘g‘ri, biz ikkalamiz ham qaymoqsiz qora qahvani yaxshi ko‘ramiz, lekin mana bu 
quyuq siyohga o‘xshaydi! — Keyin hech qanday mantiqsiz bir tarzda so‘radi: 
— Qanaqa ko‘ngilsizliklar to‘g‘risida gapirding, azizim? 
— Katta ko‘ngilsizliklar haqida, albatta. Haddan tashqari achchiq qahva va shu kabilar haqida. 
Xonim uncha qattiq bo‘lmasa ham, lekin eshitsa bo‘ladigan tarzda finjonni likopchaga urdi. 
— Xo‘sh, men yana qanaqa gunoh qildim? — so‘radi Edis. 
— Qanaqa gunoh qildim? — dedi Palmer ataylab befarq ohangda. — Hech qanaqa. 
— Ertalabdan jahling chiqishiga biror sabab bo‘lgandir-ku, axir. 
Nima uchun ertalabdan ko‘z-qoshini bo‘yash uchun vaqt ajratishmaydi. U uydan chiqib ketishi bilan 
kipriklarini, qovog‘ini bo‘yashga tushadi. Shundan keyingina ko‘zlari ancha jozibador bo‘lib ko‘rinadi. 
Agar Edis buni ularning uyini ta’mirlayotgan ustalar va ishchilar deb, mehmonxona darboni va 
xizmatchilari, kunduzlari uchratayotgan kishilari uchun qilayotgan bo‘lsa, kamdan-kam ko‘rayotgan eri 
uchun nega qilmaydi buni? 
— Peshanamga biror narsa tegmabdimi, nega unga buncha qarab qolding, azizim? — so‘radi Edis. 
— Yo‘q. Kechirasan, xayol olib qochibdi, — javob berdi eri va shoshib qahvasini oxirigacha ichdi. — 
Uydagi duradgorlik ishlarining ketishi yaxshimi? 
— Taxta yetkazib berish ikki haftaga kechikyapti, deyishmoqda. Old devor panjarasi uchun hali 
ruxsat olingani yo‘q. Bu borada qurilish qonunlarida qandaydir noaniqliklar bor, — javob berdi Edis. 
— Me’mor nima deyapti? 
— Uning ta’kidlashicha, Detroyt va Klivlendda buni qilishga izn bor emish. 
— Ha, bunisi ancha yengil, — dedi Palmer stol ortidan turarkan. — Men yana Fistga, «Empayr 
pleyvud»ga telefon qilaman. Ular bank amaliyotlarini biz orqali amalga oshiradilar. Mak Berns o‘zining 
keng tarmoqli aloqalari bilan bu ishda, ehtimol, foyda berib qolar. 
Edis o‘zining finjoniga qora qahvadan yana biroz quyib oldi-da, mayda qultumlar bilan icha 
boshladi. 
— Qiziq, dunyoda Mak Berns uddalay olmaydigan biror ish bormikin? 
Palmer ketayotgandi, lekin to‘xtadi va Edisga o‘girildi. Edisning orqasidagi derazadan  tushib turgan 
ertalabki quyosh nuri boshi atrofida ingichka tillarang sochlaridan chambar hosil qilgandi. 
— Men uchun, azizam, u hamma narsani qiladi. Lekin hamma masala shundaki, jin ursin, shu 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish