www.ziyouz.com kutubxonasi
217
— Omad bilan fan orasida qanday umumiylik bor?
— Tamom. Odam qiladigan hamma ishlar bilan omad qay darajada aloqador deb so‘rayapsizmi?
Surat chizasizmi? Musiqa to‘qiysizmi? Raketa qurasizmi? Hammasi o‘z vaqtida qilinishi kerak, vaqtida
qilish uchun esa omad lozim.
— Ko‘p marta muvaffaqiyat qozongansiz. — Palmer uning stakani bo‘shab qolganini ko‘rib,
ofitsiantni imladi.
— Ularni kim biladi? — so‘radi nemis. — Ba’zi hamkasblarim butun dunyoga tanilgan. Gaussning
nomini dunyoda kim biladi? Sizga aytishim mumkin. — U jarangdor ohangda qattiq kuldi. Bu ovoz
Palmerning qulog‘ini teshib yuborayozdi. — Mening ismim fizikada juda mashhur. Ha-da, mening
ismim. Siz Karl Fridrix Gaussni eshitganmisiz? Matematikani? Magnetizm asoschisi?
— Eshitganman deb aytolmayman. U qarindoshingizmi?
— Hamma shunday deb so‘raydi... Qarindoshim emas. Hech kimim emas. Shunday nom bilan
yashaydigan fizika ne chog‘lik og‘ir bo‘lishini bilasizmi? Xuddi Gyote ismi bilan tug‘ilgan shoirdek
gap... Nima uchun, — xitob qildi Gauss — Nima uchun fon Braunga har doim pul topiladi-yu, nega
Gaussga yo‘q?
— Hukumat bilan bevosita aloqada ishlasangiz bo‘lmaydimi?..
— Bo‘lmagan gap. Bu yoqqa dastlabki kelgan paytimda hukumat meni o‘z qanoti ostiga oldi, ulkan,
yumshoq bu qanot ostidan ko‘plab ablahlar makon topishi mumkin... ammo kanalizatsiya trubasi
ichida yashagandek bo‘lasan. Havo yo‘q. Hech qanday g‘oya yo‘q. Intilish yo‘q. Yangi yo‘nalishlarni
hech kim izlamaydi. Xudoyim-ey, men chalg‘ib ketdim. Adashgan keksa odamman. O’ttiz-o‘ttiz besh
yoshdan keyin siz yangilik yaratolmaysiz. Yuksak ilhom daqiqalari sizni bezovta qilmay qo‘yadi. Siz
daholikni tajriba va ayyorlik bilan almashtirasiz. Fikr bo‘laklarini yig‘asiz, boshqalar amalga
oshirolmagan g‘oyalarni to‘playsiz, yoshlarni birlashtirasiz va juda kichkina bo‘lsa ham qandaydir
shaxsiy kashfiyotingizni yaratasiz. Shunda boshingizni silashadi. Hukumat buyurtmalaridan birinchilar,
qatorida voz kechishga urinib ko‘rdim. Yana hisobda adashibman. Omad qaytib kelmadi.
— Men Jet-Texdagi sizning guruhingiz boyagi yangi narsalarni yaratgan deb o‘ylagan edim.
— Sizga aytgan o‘yinchoqlarnimi? — Nemis viski xo‘pladi. — Ular yomon emas. Ammo bir yil, nari
borsa ikki yildan keyin “Jeneral daynemiks”, “Bell” va “Jeneral elektrik”, “Yunion karbayt” va
“Vestingauz” va boshqalar ham ularni ishlab chiqara boshlaydi. Men bo‘lsam quruq hamyon bilan
noma’lumligimcha qolib ketaveraman. Meni yoshimda bu kamsitilish bo‘ladi. Bu — tanazzul demakdir.
Men tilanchi emas, olimman. Bu Jet-Tex... Baxtsizlik keltiradigan... bu narsa. Ish yurishmasligi.
Omadsizlik.
— Siz shuhratparast odamsiz, — ohista gapirdi Palmer, — hozirgi yoshingizda bu yaxshi alomat.
— Kasallik alomati. U meni ichimdan kemiradi. Nima uchun u? Nima uchun bu? Nega Gauss emas?
— Balki, — fikrini davom ettirdi Palmer, — siz ham, katta pul talab qilmaydigan narsalar yaratarsiz?
Yoki Jet-Texdan boshqa biron tashkilotga o‘tganingiz ma’qulmikin?
— Keksa malay bo‘lish uchunmi? Rahmat, bunisi ketmaydi. Jet-Texda hech bo‘lmaganda katta
lavozimda ishlayman-ku. Axlat tashuvchi qirol. — U g‘alati bir tarzda qattiq kuldi, stolga qaragan
paytida qalin qoshlar ko‘zini to‘sib qo‘ygandek bo‘ldi. Axlat tashuvchi qirol, — g‘o‘ng‘illadi u. Shu
paytgacha istehzoli kulib turgan ingichka labli katta og‘zi tekis va ifodasiz bo‘lib qoldi.
Palmer hisob-kitob qilish uchun ofitsiantni imlab chaqirdi... Ofitsiant hisob qog‘ozini keltirib
Palmerning oldiga qo‘yganda, Gauss boshini keskin ko‘tardi.
— Nima? Sizni kim chaqirdi?
— Mana bu janob, — izoh berdi ofitsiant.
— Men uyga borishim kerak, — dedi Palmer. — Hatto kechika boshladim.
— Ha, — Gauss qaddini bukdi. — Ha,albatta. Sizni tutib qolganim uchun uzr.
— Uzrga hojat yo‘q. Sizni men taklif qildim.
— Pullar-chi, qarz nima bo‘ladi?
— Gauss, siz tushunishingiz kerak... — deb gap boshlagan Palmer ofitsiant yonida turganini sezib,
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |