www.ziyouz.com kutubxonasi
179
Ular stakanlarini cho‘qishtirdilar. Xonani to‘rdagi devor derazasi oldidagi mo‘‘jazgina chiroq yoritib
turardi. Palmerning g‘oyasi: ular ikkalasi uchun kifoya qiladigan yorug‘lik, ko‘chaning narigi
tomonidagi derazalardan kuzatuvchilar uchun kifoya qiladigan yorug‘lik. Bundan tashqari, chiroqning
joylashuvining o‘zi kuzatishga yo‘l qo‘ymas edi. U nimharir pardani yoritib, tashqi kuzatuvchilar va
xonadagi odamlar o‘rtasida to‘siq hosil qilgandi.
— Sovuqqon mulohaza, — ta’kidladi yigit. — Bunday sovuqqonlik qayoqdan paydo bo‘ldi?
— Sening otang, — dedi Virjiniya, — buni nima deb atagan bo‘lardi?
— Borib turgan jinnilik.
Juvon bosh irg‘adi.
— Men unga qo‘shilaman.
— Unda, kel, ichaylik-da, ketaylik. Men Makning Olbanida ekaniga unchalik ishonayotganim yo‘q.
— Men ishonaman.
— Nima uchun?
— Ishdan ketish chog‘ida men unga Olbaniga qo‘ng‘iroq qilgan edim, — dedi juvon. — Chunki u
bilan uchrashishga harakat qilib ko‘rishimning aniq sababi bor edi menda. U o‘n kundan keyin
qaytaman, degan edi. O.Ye.O.1
— Nima uchun sen uni tekshirib ko‘rding?
— Bu oqilona ko‘ringandi.
— Qo‘rqayapsanmi?
Juvon jiddiy bosh irg‘adi:
— O’lguday qo‘rqqandim. Tashvishlanishimga sabablar juda ko‘p. Men yolg‘izman. Bankda pullarim
bor. Agar kerak bo‘lsa, men istagan vaqtimda gazetada ish topa olar edim.
Yigit jilmaydi.
— Pullaringni qaysi bankda saqlayapsan?
— Sir. — Juvon stakanidan ikki-uch ho‘pladi. — Sening pullaring ko‘pmi, Vuds?
— Nimaydi?
— Katta iflos janjalga bardosh berishga yetadimi?
— Ha.
— Unda ikkalamiz hech narsadan tashvish qilmasak bo‘laverarkan.
Juvon u bilan yana yengil cho‘qishtirib qo‘ydi. — Lekin kelasi gal ham baribir ikki marta
tekshiraman. — Viskini oxirigacha ichdi-da, stakanni kokteyl stolchasining zalvorli oynasi ustiga
qo‘ydi.
— Bugun kunduzi judayam bir kulgili voqeani boshimdan o‘tkazdim. Qandaydir bir erkak mening
ish stolim oldiga kelib to‘xtadi. Biz u bilan nimanidir muhokama qilib turganimizda u menga kalit
yopishtirilgan vatman qog‘ozini ko‘rsatdi. Suhbat davomida u na kalit haqida, na qog‘oz haqida bir
og‘iz gap aytdi, men ham. U nimanidir aytmoqchi bo‘lardi deb o‘ylaysanmi?
— O’ylamasdan ha degan bo‘lardim.
— U nimani nazarda tutgani haqida fikring qanday?
— Yaxshilikdan nishona emas.
— Xo‘p, bunisi-ku, kulgili voqea bo‘ldi, — davom etdi juvon, — keyin men mutlaqo g‘ayritabiiy bir
ish qildim. Men kechqurun birga ovqatlanishga taklif qilgan odamga qo‘ng‘iroq qildim va o‘zimni
yomon sezayapman, dedim.
— Sen bunday qilmasliging kerak edi. Men jiddiy aytayapman.
— Bilaman, jiddiy aytayapsan.
— Boshqa bunday qilma.
— Nima uchun?
— Bu ... bu unga nisbatan zulm. U kim bo‘lishidan qat’i nazar.
— U meni qiziqtirmaydi, — dedi juvon. — Men o‘zim o‘zimga nisbatan hal etishga harakat qilaman.
— Hal qilgansan deb o‘ylayman. Nazarimda, sen buni jinnilik deb e’tirof etding, shekilli.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |