www.ziyouz.com kutubxonasi
178
— Archi Nikos esa, Londondan bo‘lsa kerak.
— Hm.
— Mak Berns esa, menga aytishlaricha, Bayrut bilan Gollivud mahsuloti sanaladi.
— Obbo.
— Inglizchalab bir nima desang-chi, Jorj, — iltimos qildi Virjiniya.
Mollett kovshandi-da, og‘zidagini yutdi.
— Aytadigan birgina gapim shuki, — tantanavor dedi u, — ularning kelib chiqishi kim va qaerdan
bo‘lmasin, chikagolik bir qishloqi lapashangni uchratib qolgan ayni paytda ularga achinib ketayapman.
O’ttiz beshinchi bob
Mak Bernsning kvartirasida Ist Riverga qaragan deraza oldida turib Palmer, xullas, hech bir
narsada Bernsga ishonib bo‘lmas ekan deya xayol surardi, ayniqsa uning Olbanida o‘n kun bo‘laman
degani g‘irt yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Dalillarni tekshirishni uzoq mashq qilib o‘rgangan Palmer Bernsning xatda ko‘rsatgan o‘n kunlik
muddatning tug‘riligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi. Bernsning
idorasiga qilgan qo‘ng‘irog‘i yordam berdi. Kotiba uni kechi bilan Rojdestvo kuniga kutmoqda edi,
ungacha hali o‘n bir kun bor. Qandaydir bir arzimas sabab bilan Palmer Kalxeynga ham qo‘ng‘iroq
qildi va siyosiy arbob Bernsni Nyu-Yorkda kam deganda o‘n kun mobaynida kutib turmasligini
aniqladi.
Hozir Byorns mehmonxona bo‘lmasi derazasi yonida avtomobil chiroqlari nuri Ist Riverdrayvning
qop-qora fonida sidirg‘a oq-sariq tusda qorishib ketayotganini kuzatar ekan, Palmer Bernsning
sotqinligi ehtimolligi haqidagi fikrni nima uchun osongina miyasidan chiqarib yuborganini o‘ylar edi.
Bu fikrni hisobga olmagani uchun emas, balki Palmer ozgina urinish bilan uni xayolining bir
chekkasiga surib qo‘ygani uchun.
Aslida, deb o‘ylardi hozir Palmer, u nima qilgan va qilmoqchi bo‘lgan hamma narsa, Aftidan, uni u
qadar tashvishga solmayapti. Bu ham, o‘zicha iqror bo‘ldi u, undagi xohish boshqa hamma narsaning
biron-bir ahamiyatini yo‘qqa chiqarganidan emas. Yo‘q. Bo‘lajak ziyofat istiqboli boshqa barcha
tuyg‘ularni bo‘g‘ib qo‘yishga qodir keskinlik bilan to‘ldirmayotgandi. Xullasi kalom, Jerri aytmoqchiday,
u, aftidan, o‘zining yangi roliga juda sovuqqonlik bilan qarayapti.
Eshik uch marta yengil tiqilladi.
Palmer eshik oldiga bordi va bir necha santimetr qiya ochdi. Yo‘lakdan unga Virjiniya Kleri kulib
turardi. Palmer eshikni katta ochdi, juvonni ichkariga oldi, eshikni yopdi va qulflab qo‘ydi. Keyin
burildi-da, juvonga qaradi. Juvon nimqorong‘ilikda turar, ko‘zlari chaqnar edi, bo‘rtiq yonoqlarida xiyol
qizillik, lablarini hali ham yoqimli tabassum tark etgani yo‘q. Palmer o‘zining ham yuzida ana shunday
mamnun, biroz ahmoqona sevinchli tabassum borligini bilib turardi.
— Chopib keldim, — dedi Virjiniya.
— Keragi yo‘q edi.
— Keragi bor edi. Hatto lablarimga qizil surganim ham yo‘q.
— Labbo‘yoq deyarli butunlay yoyilib ketgan.
— Har doimgiday kunning oxirida kelib, — dedi juvon.
— Biron narsa ichasizmi?
— Zudlik bilan. — Juvon mehmonxona bo‘lmasiga bordi. Palmer barga yo‘l oldi, juvon uni to‘xtatdi
va uzun divanni ko‘rsatdi. Yigit o‘tirdi va juvonning kokteyl tayyorlashini tomosha qila boshladi.
— Chelakchada muz bor, — bidirlab dedi juvon, — ba’zi erkaklar hamma narsa haqida o‘ylaydi.
— Otam buni hamma narsada ehtiyotkorlik uquvi deb atardi.
Juvon stakanlarni divan oldiga olib keldi-da, yigitning yoniga o‘tirdi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |