Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
Xona ichi qorong‘i edi, deraza ortidagi shahar esa juda uzoq ko‘rinardi. Yigitni yolg‘izlikning achchiq 
tuyg‘usi qamrab oldi. Juvon uning faqat qo‘lidan ushlab turgan edi, biroq o‘zini tortgach, o‘zini 
mutlaqo tashlandiq his etdi. Endi bo‘lsa ular ketishayapti. 
— Yo‘q, — dedi yigit. — Kechiring meni. Buni sovuq odam aytgan edi.  
Juvon kiprik qoqmay, joyidan qimir etmay turardi. 
— Qaynoq odam nima deydi bo‘lmasa? 
— U... — Palmer tomog‘i g‘alati tarzda bo‘g‘ilganini his etdi. — U... — U yo‘taldi, biroq tomog‘idagi 
achchiq narsa ketmadi. — U he-hech nima demaydi, — qulog‘iga chalindi uning va o‘z ovozini bazo‘r 
tanidi. U mashaqqat bilan tutilib aytgan bu so‘zlar nazarida uning tomog‘ini yanada qattiqroq bo‘g‘di. 
U bir lahzada ko‘zini yumdi-da, fikrini jamlab oldi. — U hech nima demaydi. — Zo‘rg‘a takrorladi u. 
— Hech qachonmi? 
— Aftidan, u... — Palmer jimib qoldi va og‘ir xo‘rsindi. Tomog‘idagi zo‘riqish  go‘yo o‘pkasiga ham 
yoyilganday bo‘ldi: u qiyinchilik bilan kerakli havoni yuta oldi. U asta ko‘zini ochdi, xuddi o‘zini rostlab 
olmoqchiday qaddini tikladi, yana bir marta yutoqib nafas oldi-da, tez qo‘shib qo‘ydi: 
— Af-aftidan u o‘-o‘lgan. 
— Ho-o! 
— Ancha oldin, — so‘zini tugatdi Palmer. So‘zlar uning og‘zidan qiyinchilik bilan, xuddi ingraganday 
chiqdi. Tomog‘iga yana bir narsa kelib tiqilishini sezib, Palmer shosha-pisha juvonga intildi. U 
juvonning qo‘llaridan tutdi va muzdek barmoqlari uning issiq badanini his etdi. Palmer uni o‘zi tomon 
tortdi va atirning zaif dudli hidi bamisoli uni yutib yubordi. Juvonning yumshoq lablari xiyol ochildi va 
yigit viskining kuyindi hidini tuydi. Juvonning qo‘llari uning yon-veridan chirmab oldi. Palmer avvaliga 
asta-sekin, keyin esa tobora tezroq g‘arq bo‘la boshladi. 
 
 
Yigirma yettinchi bob 
 
Mak Berns, aftidan, shoyi choyshabda uxlar ekan — voqelikning birinchi tetik va aniq sezgisini 
Palmer mana shu ajabtovur kayfiyat bilan tuydi. U bir yoniga yonboshladi-da, choyshabga qaradi. 
Qorong‘ida uning joyimi yoki yo‘qligini aniqlash qiyin edi. Chap tomondan yotoqxona bo‘lmasining 
derazasiga zaif yog‘du tushib turardi. Yog‘du manbai yo‘lning narigi yog‘idagi bir necha qavat 
pastdagi kvartirada edi va shu bois yog‘du uning boshi uzra shiftda to‘rtburchak shaklda ko‘rinardi. 
Palmer choyshabni silab qo‘ydi, barmoqlari ostida asl matoni sezdi, so‘ng xo‘rsindi-da, yana o‘zini 
chalqancha tashladi. Uning boshi g‘ijimlangan yostiqda. U o‘z badaniga qaradi. Mana, ko‘p yildirki, 
Palmer bo‘sh vaqtida unga razm solmaydi va hozir oyoqlarim haddan tashqari ingichka degan 
xulosaga keldi. To‘g‘rirog‘i, agar xolisona aytadigan bo‘lsa, u umuman keyingi vaqtda to‘lishdi, 
oyoqlari esa yoshligida qanday bo‘lsa, o‘shandayligicha qolaverdi, — ortiq qiyofasiga mos kelmay 
qo‘ydi. Palmer qorniga, to‘q-mallarang tuklariga, oyoqlariga qaradi, oyoq barmoqlarini asta qisirlatib 
qo‘ydi. Jin ursin o‘sha Bernsni! Axir shoyi choyshabdan bunaqa sharqona hashamga o‘rgansa 
bo‘larkan-ku. 
Juvonning oyoqlari ko‘rinmasdi. U Palmerdan o‘ngda qorni bilan yuztuban yotar va bir tekis nafas 
olardi, uning uxlayotganiga Palmer amin edi. G’ira-shira yog‘duda uning ikkala dumbasi xuddi oq-
pushtirang shirinlik paxtaday do‘mpayib turar, shunaqasi beliga o‘tib ketar edi. Uning nigohi yuqoriga 
o‘rmalagan sari do‘ngliklar oralig‘idagi botiqlik sayozlashib borardi. Beldan yuqorida daryo o‘zaniga 
o‘xshash yana bir pastqamlik paydo bo‘ldi va yelka mushaklariga yetmaguncha chuqurlashib 
boraverdi, u yerda yuqoriga qarab ketuvchi yana bir soylik bo‘lib, u to‘zib yotgan jingalak sochlar 
tagiga kirib ketardi. 
Palmer tirsagiga suyandi-da, Virjiniyaga boshqa burchakdan qarash uchun keng ko‘rpaga o‘tirib 
oldi.  
— M-m-m, — ming‘irladi juvon boshini ko‘tarmasdan. — Soat necha bo‘ldi? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish