Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
— Chunki, — davom etdi juvon, — o‘z majburiyatlariga qanchalik xushlamay munosabatda 
bo‘lganini juda yaxshi bilaman. Mak lenchdan keyinroq “star”lik anovi guruh bilan birga hujum qilgan 
zahoti men qanday qilib bo‘lmasin, sizga qo‘ng‘iroq qilishim kerak edi. 
— Siz meni topolmadingiz. Men mashinada edim. 
— Men sizni bank vestibyulida tutib olgan bo‘lardim, — e’tiroz bildirdi juvon. 
Palmer o‘zini kulishdan tiyib qoldi. U juvonning afsus qilganini biror marta ham ko‘rmagandi. 
O’zining astoydil ta’kidlashicha, faqat ayrim odamlargina bunday iltifotga sazovor etgan. 
— Tutib olgan bo‘lardingiz, — qandaydir quruq ohangda dedi yigit. 
— Lekin oldindan siz bilan kelishib olmay turib, Berns shunday qila olishi mening xayolimga kelgan 
bo‘lsa, o‘lay agar. 
— Aslida unga men o‘zim aytgan edim bu haqda, — iqror bo‘ldi yigit. 
— Men o‘ylabmanki... 
— Shunday suhbat bugun tunda, to‘g‘rirog‘i, soat ikkidan keyin, ikkalamiz ham bo‘kib ichib 
olganimizda bo‘lgan edi, — tushuntirdi Palmer. — Men shunchaki Penemyunde haqida eslatgan edim, 
xolos. Endi ko‘rib turibman, Berns bilan juda ehtiyot bo‘lib muomala qilishim kerak ekan. Bitta 
ortiqcha so‘z aytib qo‘ysam, Nyu-Yorkning “Star”i boshida tegirmon toshi yurgizar ekan. 
— Agar u o‘z g‘oyasini siz bilan baham ko‘rmoqchi bo‘lsa, siz uni bundan qaytarib qolishingiz 
mumkinligi haqida o‘ylamaganmisiz? — so‘radi Virjiniya hamon kokteyldan ko‘z uzmay, bitta-bitta 
ho‘play boshlab. 
— O’ylaganman. 
— Unda omadingiz bor ekan, siz... — Juvon jimib qoldi va qadahini o‘rindiq yonidagi stolchaga 
qo‘yib, Palmerga qaradi. Nur tushmaganda uning ko‘zlari yanada qora va teran ko‘rinar edi. Go‘yo 
juvon ularning har ikkovini ikkita g‘ordan turib kuzatganday. — Menimcha, — deb gapini o‘nglab oldi 
Virjiniya, — men avval sizlardan so‘rab olishim kerak edi, xo‘sh, sizningcha “Star”dagi maqolaning 
ishga nafi tegadimi, yo‘qmi deb. Nazarimda, siz bunga aytarli e’tibor bermaysiz. 
— Shaxsiy reklama omonat banklari bilan kurashda yordam berolmaydi, urush vaqtida men 
Penemyuneda bo‘ldimi yo Timbuktudami, nima farqi bor, la’natini? 
— Bu timsol yaratishga yordam beradi. 
Palmer aftini burushtirdi: 
— Sal tushunarliroq qilib aytsangiz-chi! 
— Biz gazetchilarning o‘z lahjamiz bo‘ladi, — dedi juvon, yana qadahni olib. — Ammo timsol 
yaratish — bu baribir nimanidir anglatadi. Ommada siz haqingizda bir tasavvur paydo bo‘lgan, ya’ni 
jamoadagi sizning borligingizni biladiganlar ichida. Maqola “Star”da paydo bo‘lgandan keyin siz 
mashhur bo‘lib ketasiz, siz haqingizdagi tasavvur yanada mufassal bo‘ladi, mufassallik esa ijobiy 
bo‘ladi: omilkor, aqlli, irodali, oyog‘ida mahkam turadigan odam. 
— Bunday timsolni siz to‘g‘ri deb bilasizmi? — Savolni berishga berdi-yu, Palmer uni  qaytarib olish 
va abadiy yerga ko‘mish mumkin emasligini anglab, “attang” deb qo‘ydi ichida. 
Uning Virjiniya Kleri bilan munosabatlarida nimadir o‘zgarganini va ehtimol abadiy o‘zgarganini u 
anglay boshlagandi. Bu hol ziyofatda, ular raqs tushishganida va keyin, uyga qaytishganida sodir 
bo‘lgandi. Bu o‘zgarish, Palmer hozir anglaganidek, juvonda sodir bo‘lgandi. 
Oraga cho‘kkan bir oz sukunat ichida Virjiniyaning yuziga qarashga qo‘rqib, Palmer birdan yaqqol 
va aniq angladiki, ular har doim bir-birlariga qiziqib kelishgan. Bu, nafsilamrini aytganda, mutlaqo 
tabiiy edi, chunki juvon bevosita uning qo‘l ostida ishlaydi. Shu bilan birga ular Shraftnikida ziyofatda 
bo‘lgan oqshomda Palmer ziyofat oxiriga kelib Virjiniyaning unga nisbatan qiziqishi sovuganini yaqqol 
his etgandi. Faqat xizmat yuzasidan munosabatlargina qolgandi, lekin bu juda iliq munosabatlar edi. 
Kechagi tundan keyin bu sovuqlik erib ketdi. Endi o‘zini hech nimani bilmaganday qilib ko‘rsatish 
qiyin. Bu odamlarcha munosabatlardagi eng yomon jihat, o‘yladi u. Bu taxlitdagi manfaatdorlikni uzoq 
vaqt mensimaslik va ishchan vazminlikni saqlab turishning imkoni yo‘q. Iliq munosabatga javob 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish