www.ziyouz.com kutubxonasi
130
Ular ketgandan keyin hukm surgan skunat ichida Garri Elder eshikni yopdi va oh tortganga
o‘xshash qattiq xo‘rsiniq bilan o‘zini Virjiniya yonidagi o‘rindiqqa tashladi.
— Qo‘shilaman, — dedi Virjiniya.
— Eh, sizlar, ijtimoiy fikr ijodchilari, — alam bilan dedi Palmer o‘z stoliga kelib o‘tirarkan, — nahotki
biron-bir odam bunaqa narsaga jiddiy tus beradi deb o‘ylasangiz?
— Vudi, — ohangdor cho‘zib dedi Berns, — Vudi, siz bu hujumni boplab qaytardingiz.
— Sizga shuning uchun pul to‘lashar ekan-da, shundaymi? — so‘radi Palmer. — Ya’ni, menga
hujum qilganlarga siz yo‘l ochib berganingz uchun?
— Hazillashayapsiz deb umid qilsam bo‘ladimi? — Kalovlandi Berns. — Nahotki men hujum
qiluvchilarga yo‘l ochib bergan bo‘lsam? Bu barcha voqealar sizning ularni rad etishingizga mo‘ljallab
to‘qilgan. Stekkert sizning har bir gapingizni qovurilgan yong‘oqdek yutib turdi, — shunday deya
Berns asta pishqirib qo‘ydi. — Katta matbuot buni balandparvoz so‘zlar bilan ta’riflashi hech gap
emas: “Insoniylikning oliy zuhuri! Mutlaqo yangi jihat! Ohorlangan ko‘ylak tagidagi jonli, qaynoq
qalb!” Ko‘rdingizmi? Palmer deganlari — bu xuddi menga o‘xshagan oddiy va halol yigit! Reportaj
“Star”da paydo bo‘lganida hammaning og‘zi ochilib qoldi.
— Siz ustamonlik bilan suvdan quruq chiqdingiz, — dedi Palmer. — Sizni bilgan odam bunga
qobilligingizni yetti uxlab tushida ko‘rmagan bo‘lardi.
— Siz meni bepichoq so‘ydingiz, — shikoyatomuz dedi Berns. — Jinni, qanday bo‘lganini bunga
o‘zing ayt.
Virjiniya Kleri bosh irg‘adi:
— Ha, Berns to‘g‘ri aytyapti, bu intervyuni u haqiqatan ham shu tariqa o‘ylab qo‘ygandi.
Palmer Garri Elderga yuzlandi:
— Siz ham bir narsa desangiz-chi, xudo xayringizni bersin!
Elder yana xo‘rsindi:
— Bu to‘g‘ri.
Palmer har uchoviga sinchiklab nazar soldi. Ko‘rib turibsizlar-ku, axir, ularga xayolan murojaat etdi
u, kishi faoliyat ko‘rsatish, nimadir yaratish, o‘z kuchini omma farovonligiga sarf etish ishtiyoqida
yonayapti. Nahotki ko‘ngilchan bo‘lganim uchungina boshqalar har doim mendan o‘z maqsadlari
yo‘lida, o‘zlarining qanaqadir ikir-chikir ishlari yo‘lida foydalanadilar?
U ko‘zini o‘z stoliga oldi, nima uchun u go‘yo uni chinakamiga faqat birgina Virjiniya sotgandek his
qilishini tushunolmayotgandi.
Yigirma oltinchi bob
— Yo‘q, — dedi Palmer Bernsning katta-katta qo‘lbola qadahlariga kokteylning ikkinchi ulushini
tayyorlarkan, — to anovi g‘addor livanlik kelguncha kutib turishingizga to‘g‘ri keladi. Men
nasihatnomani ikki bor o‘qimoqchi emasman.
U burildi-da, qadahlarni shakli g‘ayrioddiy gilam to‘shalgan Bernsning mehmonxona bo‘lmasidan
ko‘tarib ketdi. Yo‘l-yo‘lakay gilamning qalin pati uning botinkalarini so‘rayotganday his qildi. Palmer
Virjiniyaga uning qadahini tutqazdi-da, qarshisiga cho‘kdi.
— Suhbatimiz haqida bitta-yarimtaning bilib qolishini istamayman va bu uni kabinetiga
tayinlamaganimning yagona sababidir, — davom etdi u. — Boshladim deguncha ovozim ko‘tarilib
ketadimi deb qo‘rqaman.
Virjiniya o‘z qadahiga tikilib o‘tirardi. Yuqoridan tushayotgan nur kokteylda, undan juvonning katta-
katta qora ko‘zlarida aks etardi. O’ynoqi nurlar ichida u lo‘li qizlarga haddan tashqari o‘xshab ketardi.
— Sizning hammadan ko‘p nimadan jahlingiz chiqadi? — so‘radi Virjiniya oxiri. — Umuman, bo‘lib
o‘tgan narsami yoki men sizni oldindan ogohlantirmagan narsami?
— Men har ikkovingizga g‘oyat...
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |