www.ziyouz.com kutubxonasi
127
— Yo‘q, shuning o‘zi yetarli. — Shunday deb Stekkert Palmerning ro‘parasiga kelib joylashdi.
Cho‘ntagidan katta, ikki buklangan va kirlangan yon daftarcha va yo‘g‘on, uchi to‘mtoq qalam oldi-da,
yozishga chog‘landi.
Palmer unga qarab qo‘ydi va o‘yladi: nahotki endi hammasi o‘shanday siyqa yo‘l bilan bo‘lsa? Yoki
u shunchaki qitmirlik qilayaptimi? Tomoshani oxiriga yetkazish uchun Stekkertning hozir shlyapasini
boshi orqasiga surib qo‘yishigina qolgandi, xolos. Biroq “Star”da ishlovchi reportyorlarning uyga
kirayotganida baribir shlyapalarini oladigan odatlari bor ekan.
— Shunday qilib, nimadan boshlaymiz, mister Palmer? — unga murojaat qildi Stekkert.
— Endi boshidan boshlasa bo‘laveradi.
— Juda yaxshi, marhamat.
— Penemyunde qaerdaligini bilasizmi siz?
— Germaniyada. Allaqaerda, dengiz bo‘yida.
— To‘g‘ri. Germaniyaning eng sharqiy qismida. Polsha bilan chegarada. Bu Boltiq dengizidagi orol
bo‘lib, Pene daryosi o‘zaniga yaqin, u dengizga quyiladigan joyda joylashgan. Undan shimoli-g‘arbda
Fin qo‘ltig‘i bor, qit’ada esa — Greyfsvald shahri. Janubi-sharq tomonda Shchetsin shahri va
Svinouyste deb ataladigan polyak shaharchasi joylashgan. Tushunarlimi?
— Tushunarli.
Stekkertning yuzidagi so‘nggi shubha ifodalari g‘oyib bo‘layotganini kuzatarkan, Palmer kulib
yuborishidan o‘zini arang tutib turardi. Reportyorning qalami sariq yon daftarida allaqachon qandaydir
qaydlar qilardi. Dalillarni qop-qop keltirib qo‘yishi har qanaqangi shubhani bartaraf etishning eng
yaxshi usuli. Palmer fotograf ham haykaltarosh san’atini suratga olishni bir chetga qo‘yib, diqqat bilan
quloq solayotganini ko‘rdi. Hatto Virjiniya Kleri va Garri Elder ham unga diqqat bilan quloq solardi.
Mark Berns deraza oldida turar va tashqaridagi manzarani tomosha qilardi. Biroq Palmer uning
ingichka lablarida bilinar-bilinmas tabassum o‘ynatganini payqadi.
— Bizning TF guruhimiz ikki “jip”dan iborat edi: komandir borayotgan bronevik va piyoda askarlar
vzvodi o‘tirgan yuk mashinasi, — dedi Palmer. — Yigitlarda pulemyotlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi o‘qlar
bilan o‘qlangan bir nechta miltiq va bazukalar bor edi. Men unda mayor unvonida edim va men bilan
yana bir leytenent va serjant bor edi. Qolgan unter zobitlar bizning tezkor guruhimizga kirmasdi.
— Iltimos, aytib bering-chi, tezkor...
— Ha, ha, — uning gapini bo‘ldi Palmer, — bu uncha katta bo‘lmagan, faqat maxsus vazifalarni
bajarishga mo‘ljallangan g‘oyatda harakatchan guruh. U dushman qismlari bilan to‘qnashmaslikka
harakat qiladi, fuqaro mudofaasiga daxl qilmaydi va odatda, josuslik ma’lumotlari to‘plash bilan
shug‘ullanadi. Bizning guruhimizga kelsak, u o‘zida orqamizdan 12 soat farq bilan kelayotgan asosan
ko‘psonli qo‘shilmalardan iborat avangardni o‘zida namoyon etardi. Mening komandirim Eddi Xeygen
edi. General Edvard X.Xeygen: ruslarning katta qo‘shilmasi taxminan Penemyunde yonida turardi,
bizdan ko‘ra ancha yaqinroqda edi. Keyin bizdan ilgarilab ketib, u yerga birinchi bo‘lib kirib
borishlariga ishonardi. Ammo biz agar ular ilgarilab olishga hali jazm etmagan bo‘lishsa, bizning
bironta tezyurar qo‘shin qismlarimizdan biri ulardan oldinroq yetib borishiga umid qilardik.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi?
— Unchalik emas, — dedi Palmer, — nemis razvedkachi olimlardan bir qanchalari rus qo‘shinlari
turgan joyga yo‘l olib bo‘lgandi. Boshqalari Amerika qo‘shinlariga peshvoz chiqqani ketishdi va
albatta, ularni topib olgunimizcha ko‘p ham kutishga to‘g‘ri kelmadi. Biz Penemyundega bir kun oldin
yetib borishimiz ham mumkin edi, biroq yo‘lda bir necha marta otishmalarga uchradik va bizda
yaralangan asirlar bor edi — leytenant — mening mashinam haydovchisi va uch piyoda askar. Biz
ularni komandir bronevigida olib borardik, chunki uning ressorlari mustahkam edi-da. Yaradorlarni
gospitalga yuboraversa bo‘lardi, lekin biz bunday qilolmasdik, chunki Xeygen buyrug‘iga bo‘ysunardik.
Biz Gamburgdan sharqqa, Rostokka qarab bormoqda edik va bu taxminan bir yuz yigirma mil
masofani tashkil etardi. Greyfsvaldgacha oltmish mildan oshiqroq yurishimiz kerak edi. Shunda baribir
bronevikni qalin daraxtlar orasiga yashirib qoldirishimizga to‘g‘ri keldi: yaradorlar tez yurgandagi
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |