Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
Haydovchi to‘satdan shartta o‘ngga burdi va Palmer charm tutqichdan ushlab qoldi. Qirq ikkinchi 
ko‘chaga chiqaverishda turib qolmaslik uchun mashina boshqa yengil avtomashinalar safiga qo‘shilib 
oldi. Bir lahza Palmerning ko‘z oldida Birlashgan Millatlar binosi namoyon bo‘ldi, so‘ng mashina uning 
tagidagi yo‘lakka sho‘ng‘idi. Palmer kamarni qo‘yib yubordi-da, o‘rindiqqa qulayroq joylashib oldi. 
Bordi-yu, agar keksa Berkxardt uni takadan sut olishga o‘rgatganida ham, oxir-oqibatda unga baribir 
emasmi? Nima uchun Lumis bu uning uchun shunchalik ahamiyat kasb etishi kerak deb hisoblaydi? 
Axir Palmer bank aktsiyalarining yangi asosiy tutib turuvchilaridan biri emas, balki bor-yo‘g‘i ombor 
xodimi edi-ku. Uning moliyaviy ahvolini, shubhasiz, Lumis yaxshi bilardi. 
O’rtacha Chikago banki aktsiyalarining katta miqdorini sotgandan keyin kishida albatta u kundalik 
xarajatlariga ishlatganidan ancha ko‘proq pul qiladi. Palmer maosh uchun emas, balki bu ishdan 
oladigan zavq uchun ishlayotganini Lumis, shubhasiz, bilardi. 
Palmerning bu nuqtai nazaridagi qaltislik ishni uning uchun yana-da maroqliroq qiladigan tavakkal 
bilan bog‘liqligini nahotki Lumis tushunmadi? 
Mashina shohrohga burilib, ular shaharga kirib kelganlarida Palmer hammasini joy-joyiga qo‘yib 
olganidan mamnun holda bosh irg‘ab qo‘ydi. Birinchi marta u buning uddasidan chiqib turibdi. Axir u 
Edisga hech narsani tushuntira olmas edi-da. Endi esa hamma narsa mantiqiy ma’noga ega bo‘ldi. 
Xotiniga o‘z fikrini qanday anglata olishini u tasavvur qilishga urinib ko‘rdi. 
Palmer. Bilasan-ku, men pul uchun ishlamayman. Faqat o‘zim eng yaxshi bilgan ish bilan mashg‘ul 
bo‘lish imkoniyatiga duch kelib qolganman. Buning ustiga menga to‘la mustaqillik berib qo‘yilgan. 
Edis. Chikagoda otang o‘lganda ham shunday imkoniyatga ega eding.  
Palmer. Lekin u yerda men otam arvohlarining butun bir lashkari qurshovida qolib ketgan 
bo‘lardim. Bu yerda esa men bamisoli ilg‘or safda, qattiq jangning eng qizg‘in o‘chog‘idaman. 
Chikagoda men hech qachon bunday imkoniyatga ega bo‘lmasdim. Yo‘q, faqat bu yerdagina bor 
bunday imkoniyat. 
Edis. Bu yerda-ya? Berkxardtning oyog‘i ostida-ya? 
Palmer. Yo‘q, uning hokimiyatidan ancha olisda. U istagan paytda aralashishga juda uzoq joyda. 
Garchi uning shunday niyati yo‘q emasligiga ishonchim komil bo‘lsa-da. 
Edis. Azizim, ehtiyotkor cholginam. 
Palmer. Berkxardtni esdan chiqaraylik. Asosiysi — bu men. Men yoshman, ishga, hokimiyatga, 
yaratishga chanqoqman. 
Edis. Qirq besh — bunda yoshlik qolibdimi? 
Palmer. Dekabrdagina qirq beshga kiraman. 
Edis. Sug‘urta daftarchasida seni qirq beshga kirgan deb yozib qo‘yilgan. 
Palmer ko‘zlarini qattiq qisdi va titroq qovoqlari ostidan, ko‘zlarining milkidan hatto yosh chiqib 
ketdi. Nima uchun Edis unga doim shunaqa zaharli rolda namoyon bo‘ladi? Nima uchun uning 
haqidagi fikr nafratdan boshqa hech qanaqa tuyg‘u uyg‘otmaydi? Axir unda ijobiy jihatlar ham bor-ku. 
Mashina yurishini sekinlatdi-da, yo‘lkaning naq chetiga kelib to‘xtadi. 
Ko‘zlarini ochib, Palmer o‘zining bankini ko‘rdi, uning shakl-shamoyili bir lahza notekisdek va xira 
ko‘rinib ketdi. Palmer yoshni sidirib tashladi, haydovchi bilan hisob-kitob qildi va bankka kirdi. 
Shveytsarning salomiga bosh irg‘ab javob qilib, Palmer u yoq-bu yoqqa qarab o‘tirmay, lift 
tomonga o‘tdi. Yuqori qavatda u shift yog‘dusida yo‘lak bo‘ylab, devorlarda osig‘liq suratlar yonidan 
odimlab ketdi, zarrin tusli to‘q yashil gilamga bir lahza qarab qoldi, borib sochi oppoq, siynalari g‘o‘ch 
kotibasi yonida to‘xtadi. 
— Hammalari xonangizda... 
Xonasiga kirgach, Palmer juvonning nima demoqchi bo‘lganini shunda angladi. Xona haddan 
tashqari keng-kovul bo‘lishiga qaramay, u odamlarga to‘la edi. Garri Elder Palmerning yozuv stoli 
qirrasiga qo‘ngan, uning siyrak oppoq sochlari oynavand shiftdan tushayotgan nurdan yiltirardi. Stol 
qarshisidagi o‘rindiqlardan birida Virjiniya o‘tirardi. Aftidan Palmerni birgina u kutmoqda edi. Mak 
Berns katta deraza oldida Palmerga notanish bo‘lgan bir kishiga pastdagi Beshinchi avenyudan 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish