www.ziyouz.com kutubxonasi
115
Edis piyolani limmo-lim qilib to‘ldirib quydi.
— Bugun sal asabiy ko‘rinayapsan, jonim?
— Kecha Bernsnikida bo‘kib ichibman.
Edis yana gazetaga sho‘ng‘idi.
— Mehmonlar ko‘pmidi?
— Yo‘q. Oxirida Berns bilan Kalxeyn va men qoldik.
— Shirin ulfatlar.
Palmer xotinining qochirim ma’nosini chaqishga harakat qilmay qo‘ya qoldi.
— Keyin Kalxeyn ham ketdi.
— Berns seni olib qolishga urindimi?
— Ha, sen buni qayoqdan bilasan?
Edis bilinar-bilinmas yelka uchirdi:
— Basharasi uzoq yolg‘iz qolishdan qo‘rqadigan odamga o‘xshaydi, ayniqsa tunda. — Xotin
tumshaydi. Keyin gazetani tekis qilib taxladi-da, o‘zidan nari surdi. — Yana basharasi shuni aytib
turadiki, vaqtini ayol bilan xilvatda o‘tkazishni yaxshi ko‘radi, sen bilan emas.
Palmer bosh irg‘adi va jilmayishga urindi.
— Xulosa yasashga tayyorliging shundoq ko‘rinib turibdi.
Edis quloqli piyolani o‘zi tomon surdi va birmuncha muddat xayolga cho‘mgancha qahva quyqasiga
qarab qoldi. Palmer uning xira nigohi qop-qora suyuqlikni qanday o‘rganayotganini kuzatib turdi. Uells
kollejining bashoratchisi.
— Odamda jinday andisha ham bo‘lishi kerak, — so‘zladi Edis, — ammo u ayollarga o‘lguday
ishqiboz, to‘g‘rimi?
— Ha. Bu yerda kimdan, nimadan andisha qilish kerak, qiziq?
— Boshqa odamdan deb aytmoqchi edim.
— Tushunmadim.
— Masalan, senga o‘xshagan odamdan, — aniqlik kiritdi xotini.
— E-ha?!
— U sendan o‘z maqsadlari uchun foydalanishga urinmayotganmikin? — dedi Edis. Xotinining
so‘zlarida biroz savol ma’nosi ham yo‘q emas edi, shu bilan birga ular qariyb hukmday jaranglardi. —
Bu uning qo‘lidan keladi. Menda shunday taassurot tug‘dirgandi u. Jeynning ikkinchi eri nimasi
bilandir unga o‘xshab ketadi. U ham doim ko‘ngilxushlik qilish maqsadida shunaqa kichik-kichik
o‘tirishlar qilib turardi. — Edis ko‘zlarini ko‘tarib, eriga qaradi va asta kulib qo‘ydi. — Mister Bernsga
o‘xshab u ham sharqdan. Sharq odamlari shunaqaga moyilliklari bilan ajralib turadilar.
— Lekin Berns G’arbiy sohildan kelgan-ku, — dedi Palmer. — Unda bunday moyillik qayoqdan
paydo bo‘ldiykin?
— Berns qachondan beri G’arbiy sohilga tushib qolibdi? Jinsiy aloqaga haddan ortiq ruju qo‘yish —
ularni O’rta G’arb aholisidan ajratib turadigan narsa shu.
— Bu menga kecha kechqurun Berns aytgan narsani eslatib yubordi. — Bu e’tirof Edisga qanday
ta’sir qilishini ko‘rish istagida Palmer qahvadan usti-ustiga bir necha bor ho‘pladi.
— Bechora seni tushunmaydi, xolos, azizim, — dedi Edis.
— Mak Berns tushunmaydigan hodisalar haqida sen butun bir kitob yozsang bo‘ladi.
— Sen haqingda, masalan.
— Umuman bunday hodisalardan ko‘pi yo‘q, — dedi Palmer, gapining ohangi ravon chiqishi uchun
bir qadar salmoq bilan.
Keyinroq mashinada o‘tirib, bankka yo‘l olganida Palmer xotini bilan o‘zi o‘rtasidagi suhbatni
xayolan tikladi va munosabatlaridagi bu pinhoniy keskinlikning nimadan kelib chiqqanini anglashga
urindi. Avvaliga u baribir o‘zini qo‘lga olishga harakat qilgan bir mening o‘zimman degan to‘xtamga
keldi. Xotini esa o‘zini butunlay bemalol his qilayapti. Biroq u xayolidan butun suhbatni tiklaganida
yuragida shunday bir tashvishli hissiyot paydo bo‘ldiki, uning har bir so‘zi zamirida boshqa, tilga
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |