Chimdalilikni aniqlash sinovi.
90, 120, 150, 300 m masofaga yugurish(bolani yoshiga
qarab).
Ikki nafar tarbiyachi stadionda yoki belgilangan
maydonchada o‘tkizadi. Masofada start va finish chiziqlari
belgilanadi. Bolalar start chizig‘ida turadilar, start buyrug‘i
berilgandan so‘ng sekundomer yoqiladi, finish chizig‘ini kesib
o‘tganda o‘chiriladi. Sinov bitta urinishda bajariladi. Sinov 5
yoshar bolalar uchun masofa - 90m, 6 yoshar - 120m, 7 yoshar
- 150m. 300metrlik masofa 5-7 yoshar bolalar uchun, vaqt
hisobga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |