Hayzli ayol bilan bir o‘rin (to‘shak)da yotmoq
Hazrat Ummu Salama marhamat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bilan bir choyshab tagida
yotganimda hayz ekanimni eslab sekin to‘shakdan chiqdim va hayz uchun tayyorlagan
libosimni oldim. Uni ko‘rgan Rasululloh (s.a.v.):
– Hayz ko‘rdingmi?, – deb so‘radilar
– Ha, – dedim. Meni yonlariga chaqirdilar. U zoti muborak bilan birga bir choyshab
tagida yotdim”.
Junub va hayzli ayol bola emizishi mumkinmi?
Emizikli ayol hayz holida bola emizishi mumkin bo‘lganidek junub paytida ham emizishi
mumkin. Bu xususda ixtilof yo‘q.
Tahoratli ayolning bolasini emizishi tahoratini buzmaydi. Tahoratli emizgani yaxshiroqdir.
Tahoratsiz, junub yoki hayzli ayol suv olish uchun yuvilgan qo‘lini suv idishiga tiqsa
(zarurat tufayli), o‘sha suv musta’mal (harom) bo‘lmaydi.
Hayzli va nifosdagi ayollar muazzin aytgan azonni takrorlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |