www.ziyouz.com kutubxonasi
7
2.
Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishidan.
3.
Ilmu ma’rifatga ega bo’laturib, g’ofillarning ishini tutishidan.
33.
Otangiz vafotidan keyin uning do’stlari bilan aloqani davom ettiring. Ular bilan aloqani uzsangiz,
Tangri sizning nuringizni o’chiradi
19
.
34.
Amirning sovg’a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir.
35.
Ummatlarim uchun eng qattiq qo’rqqan jihatlarim: qorin solib semirish, seruyqulik, dangasalik va
sust e’tiqodda bo’lishdir.
36.
Omonat qo’ygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting. Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz
xiyonat qilmang!
37.
Iloji boricha odamlarni oily jazoga tortmaslikka harakat qilinglar. Lekin oily jazolar ham butunlay
bekor qolmasin.
38.
Yov tomondan biror kishi o’z joniga omonlik so’rab kelsa, uni o’ldirmang.
39.
Qaysi birlaringga qozilik lavozimini o’tashlik to’g’ri kelib qolsa, jahlu g’azab kelganda hukm
chiqarilmasin, xusumat bilan kelganlarga qarashda, ularni o’tqazishda va ularga imo-ishora qilishda
barobar bo’linsin.
40.
O’t-o’chog’iga yarab turgan xodimi o’z xo’jayiniga taom tayyrolab kelganda uni o’zi bilan birga
(ovqatga) o’tqazsin. Agar birga o’tqazmasa, bir-ikki osham nasiba bersin.
41.
Biror qabilaning ulug’ kishisi yoki boshlig’I kelsa, sizlar ham uni izzat-ikrom qilinglar.
42.
Ziyoratingizga kelgan odam hurmatini joyiga qo’yinglar.
43.
Kim-kimni do’st tutsa, shu sevgisini bildirib qo’ysin.
44.
Kimniki Tangri do’st tutib qolsa, odamlarning unga hojati tushadigan qilib qo’yadi.
45.
Qachonki Tangri biror podshohga yaxshilikni xohlasa, unga sodiq vazir baxsh etadi: u unutgan
paytda eslatadi, eslagan paytda yordamlashadi. Agar Tangri podshohga yomonlikni istasa, unga
yomon vazir ato qiladi: u unutsa eslatmaydi, eslasa yordamlashmaydi.
46.
Uyqudan uyg’ongan odam qo’lini to uch marta yuvmaguncha idishga tiqmasin, chunki u qo’li
qayerlarda tunaganini bilmaydi.
47.
Qaysi bir ayolga uylanish dilga tushib qolsa, oldin uni bir ko’rishlik yomon emas.
48.
Qaysi birlaringiz namozda odamlarga imom bo’lib qolsangiz, namozning (qiroatini) yengil o’qing!
Chunki ular ichida yosh bolalar, keksalar, zaif kishilar, bemorlar va hojatmand kishilar bordir. Ammo
o’zingiz yakka o’qiganda xohlagancha uzoq o’qiyvering!
49.
Qachonki xayolingizdan biror shubhali fikr o’tsa, uni tark eting!
50.
Agar gunoh ish maxfiy qilinsa, faqat egasigina zarar ko’radi. Oshkora qilinganda esa hamma zarar
ko’radi.
19
Obro’-e’tiboringizni pasaytiradi, ma’nosida
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |