www.ziyouz.com kutubxonasi
10
87.
Zotu nasablaringizni (avlod va ajdodlaringizni) yaxshi tanib olinglar, toki qarindoshlar bilan aloqa
yaxshi bo’lsin. O’zi yaqin turgani bilan o’zaro muruvvati
23
bo’lmasa, uning yaqinidan foyda yo’q. O’zi
uzoq turgani bilan bir-biriga muruvvati yaxshi bo’lsa, uzoqligining zarari yo’q.
88.
Xotinlarning barakalirog’i – sarf-xarajatni kamroq talab qiladiganidir.
89.
Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirog’i uning eridir. Erkak kishiga nisbatan odamlarning
haqlirog’i – bu uning onasidir.
90.
Beshta narsadan oldin beshta narsani g’animat biling: o’limdan oldin tiriklikni, betoblikdan oldin
salomatlikni, bandlikdan oldin bo’sh vaqtni, keksalikdan oldin yoshlikni, faqirlikdan oldin boylikni
g’animat biling.
91.
Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Shunda ortalaringda mehru muhabbat uyg’onur.
92.
Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar, Tangri buyurgandek o’zaro birodar bo’linglar.
93.
Tangriga imon keltirishdan keyingi amallarning afzali – bu odamlar bilan do’stlashishdir.
94.
Imonning afzali – sabr va keng qalbli bo’lishdir.
95.
Sadaqaning afzali sog’lom vaqtida, xasislik qiladigan, yashashni xohlaydigan va faqirlikdan
qo’rqadigan holida qilingan sadaqadir. Sadaqa qilishni uzoqqa cho’zmang, joningiz xalqumingizga
kelganda molimning bunchasi falonchiga, unchasi pistonchiga, deganingiz bilan foydasi yo’qdir,
chunki u paytda siz aytmasangiz ham molingiz falonchilarniki bo’lur.
96.
Sadaqaning afzali yetarli boyligi bolaturib qilinadiganidir. Pastdagi oluvchi qo’ldan yuqoridagi
beruvchi qo’l yaxshidir. Xayru sadaqani o’z oilangizdan boshlang.
97.
Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqlikdir.
98.
Sadaqaning afzali mo’min kishi ilm o’rganib, so’ng boshqa mo’min birodarlariga ham o’rgatishidir.
99.
Mo’minlarning afzali xulq-atvori yaxshilaridir.
100.
Kimgaki aqlu idrok nasib etilgan bo’lsa, demak, u omadlidir.
101.
Qur’onni o’qib unga amal qilinglar. Undan uzoqlashib ham ketmanglar, uning ma’nosiga
chuqur ma’no beraman deb xato va mubolag’aga berilib ketmanglar. Uni tirikchilik vositasi qilib olib,
molu dunyo orttirib olishga ham o’tmanglar.
102.
Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan ne’matlarini pisand
qilmagan bo’lasizlar.
103.
Uzr so’rashlikni
24
kamroq qiling.
104.
Obro’li kishilarning xato va kamchiliklarini kechiringlar, katta gunohlar bundan mustasno.
105.
Tangrining hadlarini
25
qarindoshu begonaga barobar joriy qilinglar. Tangri yo’lidagi barcha
ishlaringizda malomatchilarning malomati (sizni) to’xtatib qolmasin.
23
Arabchasi: silai rahm
24
Uzr so’raladigan ishni.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |