Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/58
Sana31.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#521550
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Bog'liq
A k a d e m I y a avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo

To‘qnashuv. 
Bunga transport vositalarining qarama-qarshi tomonidan, 
bir yo‘nalishda yoki yon tomondan harakatlanayotgan vaqtdagi 
to‘qnashuvi, temir yo‘l transporti bilan avtomobil transportining to‘qna-
shuvi, to‘satdan to‘xtagan transport vositasi bilan to‘qnashish kabilar. 
Ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish – 
harakatlanayotgan transport 
vositasining o‘z turg‘unligini yo‘qotib ag‘darilishi. Bu turdagi yo‘l-
transport hodisasiga to‘qnashuv, to‘xtab turgan transport vositalariga yoki 
to‘siqqa urilish natijasida transport vositalarning ag‘darilishi kirmaydi. 
Ag‘darilib ketish yo‘l-transport hodisasida asosan bitta transport vositasi 
ishtirok etadi. 
Turgan transport vositasini urib ketish – 
harakatlanayotgan transport 
vositasining harakatlanmayotgan transport vositasiga urilish. Bu turdagi 
yo‘l-transport hodisasiga birdaniga (to‘satdan) to‘xtagan transport 
vositasining urilishi kirmaydi. 
To‘siqlarga urilish – 
transport vositalarining qo‘zg‘almaydigan 
to‘siqlarga (ko‘prik tayanchiga, stolba va machta tayanchiga, yo‘l 
to‘siqlariga, daraxtlarga va h.k.) urilishi. 
Piyodalarni bosib (urib) ketish – 
transport vositalarining piyodalarni 
urishi yoki piyodalarning transport vositalariga urilishi, shuningdek, 
tashilayotgan yukdan (yog‘och, truba, plita va h.k.) piyodalarning 
shikastlanishi kabilar. 
Velosipedchini bosib (urib) ketish – 
transport vositasining velosiped-
chini bosishi (urishi) yoki velosipedchining transport vositasiga urilishi. 
Aravani bosib (urib) ketish – 
harakatlanayotgan transport 
vositasining harakatlanayotgan aravani urib ketishiga aytiladi..
 
Hayvonlarni urib (bosib) ketish. 
Transport vositasi yovvoyi yoki uy 
hayvonini urib ketishi. 
Boshqa (qolgan) yo‘l-transport hodisasi.
Bu turdagi yo‘l-transport 
hodisasiga tramvayning relsdan chiqib transport vositasini yoki 
piyodalarni urishi, yuk avtomobillaridan yuk tushib ketishi natijasida 
bo‘ladigan falokatlar, passajirning yiqilib tushishi va shu kabilar kiradi. 
Quyidagilar yo‘l-transport hodisasi sifatida hisobga olinmaydi: 

traktorlar, boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlar bilan 
ular mo‘ljallangan asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini (yer haydash, 
xandaqlar qazish, dalada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ish, avtokran-


113 
lar yordamida amalga oshiriladigan yuk ortish-tushirish ishlari va h.k.) 
bajarayotgan vaqtda ro‘y bergan hodisalar (asosan ekspluatatsiya tartib-
larini va texnika xavfsizligiga rioya qilinmaganlikdan kelib chiqqan 
hodisalar); 

odamlar hayotidan mahrum etish yoki ular salomatligiga yoxud 
mulkiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar 
natijasida vujudga kelgan hodisalar; 

jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishga urinishi oqibati hisoblan-
gan hodisalar; 

tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan hodisalar; 

haydovchi rulda bo‘lmagan paytda texnika xavfsizligining 
buzilishi natijasida vujudga kelgan hodisalar (motorni dastak bilan o‘t 
oldirish yoki ulamada turgan motorni o‘t oldirish va h.k.); 

territoriyasi yopiq bo‘lgan tashkilotlarda, aerodromlarda, harbiy 
qismlarda va boshqa qo‘riqlanadigan obyektlarda yuz bergan hodisalar; 

sport yig‘inlarini o‘tkazish davrida transport vositasining nosozligi 
yoki haydovchi-sportchilar yoki boshqa qatnashchilarning aybi bilan 
vujudga kelgan hodisalar; 

harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik nosozligi 
bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlar. 
Aholi yashaydigan joylarda eng ko‘p tarqalgan yo‘l-transport 
hodisalaridan biri chorrahalardagi to‘qnashuv va piyodalarni bosib 
ketish. Chorrahalarda haydovchining bir vaqtning o‘zida bir necha 
transport vositasi va piyodalar guruhi harakatini baholashga to‘g‘ri 
keladi. Ayrim chorrahalarda ko‘rinish cheklanganligi sababli yangi 
paydo bo‘lgan transport vositalari va boshqa to‘siqlarni vaqtida 
anglamaslik mumkin. O‘lchamlari cheklangan chorrahalarda katta yuk 
avtomobillari va avtobuslarining harakatlanishi qiyin bo‘ladi. 
Piyodalar haydovchi uchun eng xavfli harakat qatnashchisi hisob-
lanib, Respublikadagi YTHlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarning tahlili 
shuni ko‘rsatadaki, sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining har 
uchtasidan birini piyodalarni urib ketish tashkil etmoqda. Shu o‘rinda 
ta’kidlash lozimki, haydovchi va piyodalar orasidagi bunday munosabat 
harakatlanish xavfsizligini yanada keskinlashtirishga olib keladi. 
Shunisi e’tiborliki, 2001 yildan boshlab respublikada xususiy 
sektordagi avtomobillar sonining oshib borishiga va 2010 yilning boshiga 
kelib 37,4

tashkil etishiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasida 
shahardan tashqari yo‘llarda va qishloq joylarida yo‘l-transport 


114 
hodisasining umumiy soni keskin pasaygan. 
Yo‘l sharoitining yo‘l-transport hodisasi sodir etilishidagi o‘rni 
to‘g‘risidagi tadqiqotchilar aniqlagan ko‘rsatkichlar va davlat statistikasi 
hisoblarida keltirilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida katta farq mavjud. Masalan, 
70-80 yillarda tadqiqotchilar yo‘l-transport hodisasi vujudga kelishida 
yo‘l sharoitini 65-75% deb ko‘rsatgan bo‘lsalar, sobiq ittifoq statistika 
hisoblarida esa 7,1-12,1 % deb keltirilgan. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 
0,27-5,22 % deb aniqlangan.
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ularga qarshi chora-
tadbirlar belgilash uchun ularning kelib chiqish sabablarini bilish zarur. 
Korxona yoki tashkilotning bu sohadagi ishini baholash uchun YTHlari 
soni va kelib chiqish sabablarini bilish muhim. 
Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqishiga qarama-qarshi 
harakatlanish, oraliq masofani saqlashga rioya qilmaslik yoki shinalar 
yeyilishining me’yoridan oshgani, tezlikni oshirish, yo‘l qoplamasining 
sirpanchiq bo‘lishi va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. 
Har bir YTHda uni keltirib chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan quyidagi 4 ta omil o‘rganiladi: 

avvalo haydovchi, uning sog‘lig‘i, malakasi, ishdagi tavsifnomasi, 
xatti-harakati va amal qilishi; 

yo‘l sharoiti va vaziyat; 

hodisaga daxldor transport vositasining texnik holati, konstruktiv 
xususiyatlari;.

haydovchi va avtomobil ishini qanday tashkil qilinganligi. 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish