Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/58
Sana31.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#521550
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
A k a d e m I y a avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo

 
 
8-mavzu. YO‘L-TRANSPORT HODISALARI 
Inson transport vositasini boshqarishi bilan «haydovchi»ga aylanadi, 
demak unga yuksak mas’uliyat yuklanadi, chunki uning arzimas xatosi 
nafaqat o‘ziga, balki olib ketayotgan yo‘lovchi, hatto piyodalarning 
hayotiga yoki sog‘ligiga jiddiy xavf solishi mumkin. Haydovchilarni 
boshqa harakat ishtirokchilardan farqi shundaki, ular transport 
vositalarini boshqarish uchun qo‘yilgan talablarga to‘la javob berishi 
kerak.
Lekin transport vositalarining haydovchilariga qo‘yiladigan talab 
qanchalik qattiq bo‘lishiga qaramasdan, o‘zini murakkab yo‘l vaziyatida 
to‘g‘ri tuta olmaydigan haydovchilar, afsuski, uchrab turadi. Transport 
oqimining yuqori jadalligi va zichligi sharoitida haydovchidan yo‘llarda 
harakatlanish qoidalarini va boshqarish ko‘nikmalarini mukammal 
o‘zlashtirish kamlik qiladi, haydovchi yuqori ma’naviy va jismoniy 
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday xususiyatlarni haydovchilarni 
tayyorlash vaqtida, qisqa muddatda shakllantirish amalda mumkin emas. 
Shuning uchun haydovchilarni o‘qitishga yo‘naltirishdan oldin ularni 
malaka-kasb tanlovi ko‘rigidan o‘tkazish lozim.
 


111 
Yo‘llarda harakatlanish deganda harakatdagi transport vositalari 
majmui bilan piyodalar va yo‘lovchilarning o‘zaro munosabatlari tushu-
niladi. Hozirgi zamonda yo‘llarda harakatlanish qatnashchilarining katta 
tezlikda harakati xarakterlidir. Transport vositalarining yuqori quvvatga 
ega bo‘lgan dvigatellar bilan jihozlanganligi ularning yuqori tezlikda 
harakatlanishi imkonini beradi. Katta tezlik va og‘irlikka ega bo‘lgan 
transport vositalari atrofdagilar uchun yuqori xavf manbaiga aylanadi. Shu 
sababli transport vositalari va ularni boshqaradigan haydovchilarga, 
yo‘lovchi va piyodalarga bir qator talablar qo‘yiladiki, bu talablarning 
birortasi bajarilmasligi harakatlanish ritmining buzilishiga va natijada yo‘l-
transport hodisasining sodir etilishiga olib keladi.
Demak, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash harakatni tartibga 
solishning asosiy omillardan biri. Haydovchi, piyoda, va yo‘lovchilar-
ning harakat tizimida intizomi, o‘z vazifalariga amal qilishlari muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Yo‘l-transport hodisasi 
deb avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va 
maydonlarida transport vositalarining normal harakat rejimi buzilishi 
oqibatida insonlarning halok bo‘lishiga, tan jarohati olishiga, 
shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga, 
yo‘ldagi sun’iy inshoatlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy 
zararlar yetkazilishiga sababchi bo‘luvchi halokatlarga aytiladi. 
Yo‘l-transport hodisalari uchun quyidagi 3 holat xarakterli: 

hodisada loaqal bitta transport vositasi ishtirok etadi. Yo‘lda sodir 
bo‘ladigan har qanday qayg‘uli hodisa, transport vositasi ishtirok etmasa, 
u yo‘l-transport hodisasi deb aytilmaydi; 

yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositasi albatta ha-
rakatda bo‘lishi kerak. Masalan, to‘xtab turgan joyida, ta’mirlash ishlari 
natijasida avtomobil yonib ketsa, bu yo‘l-transport hodisasiga kirmaydi; 

hodisa oqibatida odamlar o‘lgan, jarohatlangan yoki moddiy zarar 
yetkazilgan bo‘ladi.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 
quyidagi 9 turdan iborat: 
1)
to‘qnashuv; 
2)
ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish; 
3)
turgan transport vositasini urib ketish; 
4)
to‘siqlarga urilish; 
5)
piyodalarni bosib (urib) ketish; 
6)
velosipedchini bosib (urib) ketish; 


112 
7)
aravani bosib (urib) ketish; 
8)
hayvonlarni urib (bosib) ketish; 
9)
boshqa (qolgan) yo‘l-transport hodisalari. 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish