Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana31.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#521550
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
A k a d e m I y a avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo

avtomobillar 
200-300 
200-500 
300-500 
Yo‘lning umumiy yo‘nalishi 
200-1000 
500-2000 
1000-1500 
Qorong‘i paytlarda yo‘lni yoritilganlik yomonlashganligi oqibatida 
ko‘z qamashganda ko‘rish keskin yomonlashadi. Yo‘lning bir qismi va 
undagi narsalarning ko‘pi yoritilmaydi va haydovchi uchrashi mumkin 
bo‘lgan to‘siqlarni faqat taxmin qila olishi mumkin. Yoritilgan joylarda 
obyektlar to‘satdan paydo bo‘ladi, ularni aniqlashda ko‘p vaqt sarflanadi. 
Qorong‘i paytlarda va ko‘rinish yomon bo‘lgan paytlarda va vaqtlarda 
haydovchi bir soniyada 1-2 obyektni qabul qilishi (ko‘rishi) mumkin. 
Obyektning foni va atrof-muhitdan keskin farq qilishi katta 
ahamiyatga ega. Yozda haydovchi qora yo‘l fonida uzoq masofada ochiq 
kiyim kiygan piyodani ko‘radi, qora kiyim kiyganni ko‘rmasligi mumkin, 
qishda qorli yo‘l fonida aksincha qora kiyimli piyoda yaxshi ko‘rinadi, 
ochiq rangli kiyim kiygan deyarli ko‘rinmaydi. 
Qorong‘i paytlarda narsalarning rangini deyarli sezish mumkin emas. 
Ular rangi bilan emas, balki konturi va ochiqligi bilan farq qiladi. Keskin 
farq qilib bo‘lmaydigan ochiqlik bo‘lmaganda haydovchi obyektlar 
konturining farqiga bormaydi. Shuning uchun kunduzi ochiq havodagiga 
ko‘ra tunda obyektlarni aniqlash masofasi 2 barobar qisqaradi, ammo ular 
haydovchiga uzoqda turgandek tuyulishi mumkin. 
Qorong‘i paytlarda yo‘lning yoritilganligi keskin farq qilishi sababli 
yo‘lning har bir yangi qismiga haydovchining ko‘zi moslashishi kerak. 
Adaptatsiya (moslashuv) vaqti 
davomida narsalarni farqlash va baholash 
yanada ko‘proq qiyinlashadi.
Yorug‘lik adaptatsiyasi ham qorong‘ilik adaptatsiyasi ham xavfli 
hisoblanadi. Agar uzoq vaqt qorong‘ilikda turgandan keyin, ochiq chiroq 
yoqilsa ko‘zda biroz og‘riq paydo bo‘ladi. Lekin odam deyarli bir vaqtni 
o‘zida hamma narsani ko‘radi, chunki yorug‘lik adaptatsiyasiga bir necha 
lahza talab qilinadi. Ko‘z qamashgandan keyin, kuchli yorug‘likdan 
keyingi qorong‘ilikka moslashuviga bir necha lahzadan 2 daqiqagacha vaqt 
talab qiladi. Bu haydovchining o‘ziga xos xususiyatiga, yorug‘lik kuchi va 
uning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Haydovchi uchun burilishlarda, 


34 
chorrahalarda, yo‘lning bo‘ylama baland-past joylarida to‘satdan ko‘zning 
qamashgani juda xavfli hisoblanadi. 
Sezish 
axborotni qabul qilishning ruhiy (psixologik) jarayoni bo‘lib, u 
orqali haydovchi narsalarning holati va xususiyatini anglaydi (jumladan, 
yo‘lda qo‘zg‘aladigan yoki qo‘zg‘almaydigan narsalar, ularning formalari, 
o‘lchami, rangi). Sezish asosida ancha murakkab ruhiy jarayon – qabul 
qilish shakllanadi.
Qabul qilish 
vositasida narsalarning o‘zaro munosabati yaxlit obraz 
shaklida ongga namoyon bo‘ladi. 
Masalan, sezish majmui natijasida (ko‘rish, eshitish, tebranish, teri-
mushak) haydovchining mashinani sezishi shakllanadi va u avtomobil 
harakat yo‘nalishi yoki tezligining sal bo‘lsa-da o‘zgarishini qabul qiladi. 
Tez o‘zgarib turadigan yo‘l vaziyati haydovchini tovushli, ko‘rinishli 
va boshqa xil ta’sir etuvchi katta miqdordagi axborotni qabul qilishga 
majbur qiladi, shuning uchun uning qabul qilinishi to‘la, tez va aniq 
bo‘lishi kerak. Qabul qilish sifati haydovchining bilimi va tajribasiga 
bog‘liq bo‘ladi hamda bu e’tiborning alohida xususiyatlari bilan ifodala-
nishi mumkin. Ongning boshqa narsalardan mavhum holda biror-bir man-
zilga mujassamlashishiga qaramasdan, haydovchi avtomobil harakatiga 
xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan narsalar yoki hodisalar haqida iloji boricha 
ko‘proq axborot olishga intiladi. 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish