rasm. Avtomobil harakatini to‘g‘rilashda qo‘lning harakati.
rul gardishining avtomobil to‘g‘ri harakatlanishidagi holati;
rul gardishining biroz burilgan holati;
asl holatiga qaytishi.
Avtomobilni chap tomonga burish uchun chap qo‘l rul gardishi bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi (soat strelkasi singari) qo‘l barmoqlari erkin harakatda bo‘ladi. O‘ng qo‘l gardishning o‘rtasida qoladi va gardishni mahkam tutib turgan bo‘ladi. Chap qo‘l gardishni pastga tortib rulni buradi (8-rasm 3-holat). O‘ng qo‘l barmoqlari bo‘shab, rul gardishini o‘tkazib yuboradi va pastga tushib soatning 4-5 raqami holatiga rul gardishini tutib turadi, chap qo‘l yana gardish bo‘ylab sirg‘alib, avvalgi harakatini takrorlaydi (8-rasm 4-holat). Avtomobil ko‘zlangan yo‘nalishga to‘g‘rilanganicha bunday harakatlar bir necha bor takrorlanishi mumkin.
расм.
Rul gardishini burish tartibi avtomobilni o‘ng tomonga burish uchun xuddi shunga o‘xshagan harakatlar bajariladi, faqat qo‘l vazifasi almashadi (8-rasm).
Avtomobilni burish juda tez bajarilganda o‘ng tomonga burish uchun o‘ng qo‘l tezlik bilan rul gardishining o‘ng tomoniga, chapga burish uchun chap qo‘l rul gardishining chap tomoniga tezlik bilan qo‘yiladi. Bunda qo‘l tutadigan nuqtalarning aniqligiga e’tibor berish kerak. Qo‘lni tutish joyi rul chambaragida o‘ng tomonga burishda soatning 12…5, chap tomonga burishda soatning 12...7 raqamlari o‘rnatilgan joyiga mos kelishi kerak.
Avtomobil rulini ikki qo‘l bilan boshqarishdan tashqari bir qo‘l bilan boshqarishni ham mashq qilish kerak.
Avtomobilning yon tomonga surilish oqibatlarini tugatishda, to‘siqlar tasodifan paydo bo‘lganda, ularni juda tezlik bilan aylanib o‘tish, qayrilib olish va juda ko‘p holatlarda tezlik bilan rulni burishga to‘g‘ri keladi. Rulni juda tez burish texnikasini egallash uncha qiyin emas, lekin o‘rganish uchun mashq qilish zarur. Buning uchun eng qulayi avtomobilning oldingi g‘ildiraklarini yerdan 20-30 mm ko‘tarib, o‘q ostiga mustahkam taglik o‘rnatish lozim. Rulni burish texnikasini ana shunday avtomobillarda o‘rgangandan keyin yo‘l sharoitida, ya’ni yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda cheklagichlar yordamida
«ilon izi», «arra tishli», «to‘lqin» tasvirdagi shakllarda mashq qilishi kerak. Mashqni bajarishda gavda holatiga e’tibor berish, rul buriladigan tomonga qarab egilmaslik, rul gardishini burishda unga qaramaslik, qo‘l kafti rul gardishiga urilmasligi kabi holatlarga, shuningdek, rul gardishi bilan qo‘lning tutish burchagiga e’tibor berish lozim.
Qo‘l tormozi yuqoriga va pastga tushirib-chiqarish orqali ishga tushiriladi. Bu holatda orqa g‘ildiraklarning tormoz kolodkalari tormoz barabanlariga qisilib, g‘ildiraklarni harakatsiz holatga keltiradi. Qo‘l tormozini ishsiz holatga keltirish uchun o‘ng qo‘lning katta barmog‘i bilan tugmachani bosib, richagni yengilgina ko‘tarib, gorizontal holatda pastga tushirish kerak.
Tasodifan (favqulodda) tormozlashdan boshqa xollarda avtomobilni ravon tormozlash kerak. Avtomobilning tezligi qancha katta bo‘lsa yoki yo‘l bilan g‘ildirak orasidagi tishlashish qancha yomon bo‘lsa, uni shuncha ravon tormozlash kerak. Burilishlarda, ayniqsa, yuk baland joylashganda, chap va o‘ng g‘ildiraklar yo‘l bilan har xil tishlashganda, avtomobil yon tomonga qiyshayib harakatlanganda tormozlashdan saqlanish lozim. Favqulodda tormozlash tavakkal qilish bilan bog‘liq, lekin tormozlashdan boshqa iloj qolmaganda shunday tormozlanadi.
Favqulodda tormozlashni qo‘llagan haydovchi, avtomobil harakat trayektoriyasini kuzatishi kerak. Mabodo yon tomonga surilish boshlansa, tormozlashni to‘xtatish kerak.
Odatdagi tormozlash favqulodda tormozlashga nisbatan juda ko‘p qo‘llaniladi. Undagi tormozlashda haydovchi, yo‘lovchi va yukka ta’sir etuvchi inersiya kuchi, g‘ildiraklarning blokirovka (aylanmasdan yo‘lga sirg‘alib qora iz qoldirib ketishi) bo‘lishi deyarli kuzatilmaydi.
Tezlikni pasaytirishning eng qulay vositasi dvigatel bilan tormozlashdir. Agar dvigatel transmissiyaga ulanganda yonilg‘i uzatish tepkisi to‘la bo‘shatilsa, avtomobilning kinetik energiyasi transmissiya va dvigatel detallari ishqalanishiga, silindr ichida gazlarning siqilishiga sarflanadi. Bu qarshiliklar yetaklovchi g‘ildiraklarga tormoz momenti va kuchini vujudga keltiradi.
Dvigatel bilan tormozlash avtomobil nishablikda harakatlanganda qo‘llaniladi. Differensial yordamida chap va o‘ng g‘ildiraklarga tormoz kuchi teng taqsimlanishi, avtomobilning yon tomonga surilishidan saqlaydi. Shu sababli sirpanchiq yo‘llarda ilashish mexanizmini ajratmasdan, tormoz tepkisiga ta’sir qilish orqali qo‘shma tormozlash usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, yuqori (uchinchi- beshinchi) uzatmalarda harakatlanganda bu usul juda foydali hisoblanadi.
Sirpanchiq qoplamali yo‘llarda tormoz tepkisini uzib-uzib tormozlash yaxshi natija beradi. Cheklangan masofada to‘xtatish uchun, ayniqsa, yuk avtomobili va avtopoyezdlarda pog‘onali tormozlash yaxshi natija beradi. Bunda harakatlanish tezligi pasaygan sari tormoz tepkisini bosish tormoz kuchini oshiradi. Bunday usullarda dvigatel ishlatilsa to‘xtatishdan oldin ilashish mexanizmi ajratiladi.
Harakatlanish tezligini kamaytirish yo‘l-transport hodisasi (YTH)ning oldini olish maqsadida ham avtomobilni to‘xtatish bilan amalga oshiriladi.
To‘xtash ikki turga bo‘linadi:
xizmat to‘xtashi;
tezkor to‘xtash.
Do'stlaringiz bilan baham: |