KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar hayotga izchil joriy etila boshlandi. Respublikani bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi, xususiy mulkchilikda avtomobil sanoatining vujudga kelishi, chet ellar bilan teng huquqli iqtisodiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, fuqarolar moddiy farovonligi ortib borishi tabiiy ravishda avtomobil yo‘llarida va shahar ko‘chalarida harakat miqdorining ortib borishiga olib kelyapti. Mustaqillikdan avval Respublika bo‘yicha har 1000 nafar aholiga 35 dona yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich yanada ortib boryapti.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yilda
«Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlari»ga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida: «O‘n yil oldin, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida transport xizmatining ulushi 7,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2010 yilda bu raqam 37 foizga o‘sganini, o‘tgan yili 160 dan ortiq turdagi yangi tovarlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, jumladan yangi rusumdagi «Spark» yengil hamda katta hajmdagi yuk tashiydigan
«MAN» avtomobillarining ishlab chiqarilishi ushbu yo‘nalishga davlatimiz rahbari tomonidan katta e’tibor qaratilayotganligini yaqqol isbotidir. 2010 yilda 50 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «M-300» rusumidagi yengil avtomobil ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2011 yilda esa 35 tadan ortiq yirik ishlab chiqarish korxonasi, shu jumladan «Jeneral motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yiliga 225 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqaradigan korxona qurilib, yakunlash va foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Toshkent shahrida ko‘p o‘rinli «Mersedes-Bens» rusumli yo‘lovchi avtobuslarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish vazifasi qo‘yilishi ham bu sohaga alohida e’tibor berilayotganidan dalolat beradi.
O‘tgan yilning o‘zida faqat avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 378 million dollarga teng bo‘lgan mablag‘ o‘zlashtirildi va 270 kilometrlik zamonaviy avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Bu 2011 yilga qaraganda 31,5 foizga ko‘p demakdir.
2011 yilda ushbu maqsadlar uchun 2010 yilga qaraganda 1,4 barobar ko‘p, ya’ni 547 million dollardan ortiq kapital quyilmalarini yo‘naltirish, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan 302 kilometrlik avtomobil yo‘llarini foydalanishga topshirish ko‘zda tutilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytganda, bizning asosiy maqsadimiz mamlakatning rivojlanish yo‘nalishini to‘g‘ri anglab olib, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish hamda transport sohasida bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblangan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda har bir shaxsga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish asoslarini o‘rgatish bilan birgalikda, «Avtomobil tayyorgarligi» fani orqali «B» toifadagi yuqori malakali haydovchilarni tayyorlashdan iboratdir.
1-mavzu. AVTOMOBILNI BOSHQARISH TEXNIKASI
Avtomobilni xavfsiz boshqarishda haydovchining ish o‘rniga qanday o‘tirganligi juda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, haydovchi ish o‘rnida shunday joylashishi kerakki, u barcha boshqarish organlarini bemalol boshqara olishi, yo‘lni yaxshi kurashi va tezda charchamasligi lozim. Haydovchining ish o‘rnida to‘g‘ri joylashgani 1-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, haydovchining orqasi suyanchiqda vertikal holatda tekis tegib turishi, rul chambaragini tutib turgan qo‘llari esa biroz tirsakdan egilgan, qo‘l barmoqlari rul gardishini tashqi tomondan qurshab olgan bo‘lishi kerak.
Oyoqlarning to‘g‘ri joylashganida tizza osti bo‘shliq o‘rindiq pastki chetidan 3-5 sm masofada oyoq biroz oldinga cho‘zilgan va hech qachon rul chambaragiga tegmasligi kerak. Ushbu rasmda ko‘rsatilganidek, haydovchining o‘z ish o‘rnida joylashuvi uch tayanch nuqtasi bilan ta’minlanadi. I – orqa, II – bel, III – oyoq va haydovchi ko‘zining yo‘nalishi oldinda uzoqqa qaratilgan bo‘lishi lozim.
1-rasm. Rul chambaragida haydovchining to‘g‘ri joylashuvi.
rasm. Tashqi va ichki ko‘zgularni yengil va yuk avtomobillarda to‘g‘ri o‘rnatish tartibi.
Chap tashqi ko‘zgu to‘g‘ri o‘rnatilganda uning pastki o‘ng burchagida avtomobil g‘ildiragi va yukxonaning oxirgi qismi ko‘rinishi kerak. O‘ng tashqi ko‘zguni o‘rnatish ham shunday bo‘ladi. Ichki ko‘zgu avtomobilning orqasidagi harakat bo‘laklarini va yo‘l chetlarini ko‘rsatishi kerak.
a)
b) v)
3-rasm.
Haydovchining to‘g‘ri joylashuvi uning oyoq kaftidan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. 3-rasmda ko‘rsatilganidek, oyoq kaftini shartli uch qismga bo‘lish mumkin:
ishlashish muftasining harakatlanish chizmasi;
oyoq kaftining tepkilardagi to‘g‘ri joylashish chizmasi;
v) bir oyoq bilan tormoz va gaz tepkilarini to‘g‘ri bosish chizmasi.
qism (oldingi) – sezgir va egiluvchan. Bu qism bilan yoqilg‘i uzatishni boshqarish tepkisini ishlatish qulay. Bunda oyoqning poshna qismi, albatta, kabina tagligiga suyanishi kerak.
qism (o‘rta) – kuchli va egiluvchan qism. Bu qism bilan ilashish mexanizmi va tormoz tepkilari ishga solinadi.
qism (poshna) – eng kuchli, ammo sezgir emas. Bu qism bilan ishlash qulay emas, shuning uchun u tayanch vazifasini bajaradi.
Chap oyoq bilan ilashish mexanizmi tepkisi, o‘ng oyoq bilan tormoz va yoqilg‘i uzatish tepkilari boshqariladi.
4-a rasmda o‘rindiqni oldinga va orqa surish, o‘rindiq suyanchig‘i va boshtiragichni hamda xavfsizlik tasmasini sozlash richaglari ko‘rsatilgan. 4-b rasmda haydovchi o‘rindiq suyanchig‘ini qanday sozlab orqa va belining tekis tegib turishini ta’minlash holati, boshtiragichni to‘g‘ri o‘rnatish holati (bunda boshtiragichning yuqori qismi bilan barobar bo‘lishi kerak) hamda rul chambaragining o‘ziga moslab olish holati
ko‘rsatilgan.
4-v rasmda haydovchining o‘z o‘rnida to‘g‘ri joylashganligini tekshirish, ya’ni u gavdasini suyanchiqdan uzmasdan o‘zidan uzoqda
joylashgan uzatmalarni almashtirish dastagini bemalol ishga solishi va bunda chap qo‘li rul chambaragida cho‘zilgan bo‘lishi kerakligini, shuningdek haydovchi rulda to‘g‘ri joylashganda xavfsizlik tasmasini sozlash holati ko‘rsatilgan (buni tekshirishda o‘ng qo‘l kafti ko‘krak qafasi maydonida tasma ostiga zo‘rg‘a kirishi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |