Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
sezdi. Hozir uning o‘zi uchun ham Nizomning xotirasi muqaddas bir daryo bo‘lib tuyuldi. 
Endi u ham bu daryoni oyoqosti qilib bosib o‘tolmasligini, Hamida bonu turgan narigi 
qirg‘oqqa boshqa bir yo‘l topishi kerakligini his qildi. Balki bu yo‘l juda uzoqlardan 
aylanib kelar va undan juda katta sabr-bardosh talab qilar. Lekin Hamida bonuning 
visoliga tezroq yetishmoqchi bo‘lib sabrsizlanganlari hozir uning o‘ziga yengiltaklik va 
bachkanalik bo‘lib ko‘rindi. Ikkovlari ham Nizom xotirasi oldida qarzdor ekanmilar, endi 
bu qarzni uzishlari kerak. Loaqal Nizomning taqdiri nima bo‘lganini aniqlamay turib, bir-
birlariga astoydil ko‘ngil qo‘ya olmaydilar. Humoyun Hamida bonuga Nizomning xatini 
qaytarib berar ekan: 
— Balki javob yozarsiz, Hamida bonu? — dedi. — Agra tomonlarga yashiriqcha borib 
kelayotgan odamlarimiz bor. Tayinlab berib yuborgaymiz. Nizomning ota-onasiga 
Sekridan kattagina jogir bergan edik. Nizomning taqdiri qanday bo‘lganini ular bulturdan 
beri so‘roqlab bilgan bo‘lsalar kerak. Bizning Agradan chiqib ketganimizga ham yetti oy 
bo‘ldi. Ko‘nglim sezib turibdir, odam yuborsak, biron xabarini topib kelgay. 
Hamida bonu Nizomga yozadigan xatining qo‘ldan qo‘lga o‘tib yurishini o‘ylab ikkilandi. 
— Hazratim, xat yana... begonalar ilkiga tushishidan qo‘rqamen... Yurak oldirib 
qo‘yganimni bilursiz. Balki o‘zingiz mening nomimdan ham... bitib yuborarsiz? 
— Mayli, Nizomga men ham maktub yozay. Ammo siz qo‘rqmang. Maktubingizni eng 
ishonchli bir odamga bergaymiz. Surg‘uchlab bekitgaysiz. Hech kim ochmagay. Axir 
maktubga javob yozish — sizning burchingiz. To‘g‘rimi? 
Hamida bonu Humoyunning so‘zlariga ishongan kabi bosh irg‘ab: 
— Minnatdormen! — dedi. 
Humoyun uni ko‘shkka boshlab bordi. Hamida bonu gap-so‘zlardan qo‘rqmay ichkariga 
dadil kirdi. Humoyun Javhar oftobachini chaqirib pastki ayvonga miz va qog‘oz-qalam 
olib kelishni buyurdi. Hamida bonuni shu ayvonga boshlab kirib, qog‘oz, siyoh va qalam 
turgan miz oldiga o‘tqazdi-da, o‘zi xonayi xosga chiqdi va Javhar oftobachiga yana bir 
topshiriq berdi: 
— Filbon La’l Chandni chorlang! Tez! 
To La’l Chand kelguncha Humoyun ham miz yoniga kelib maktub yoza boshladi: 
«Menga tug‘ushqonimdek aziz va muhtaram Nizomiddin! 
Xudodan iltijo qilurmenkim, bu xat Sizning ilkingizga borib yetsin. Bizning boshimizga 
tushgan keyingi kulfatlardan xabaringiz bordir. Shular tufayli Sindda armon-u alam 
ichida yurganimda bir sabab bilan Hamida bonuga yozgan maktubingizdan xabar 
topdim. Aralashishim lozim bo‘lmagan bu nozik muammoga faqat Sizni qidirib topish 
niyatidagina aralashmoqdamen. Buning uchun meni ma’zur tuting. Maktubingizdagi 
rozlardan xijolat chekmang, chunki bu boralarda men sizni o‘zimdan yuz chandon 
musafforoq va ma’sumroq deb bilurmen. Men to umrim boricha sizdan qarzdormen va 
ko‘nglingiz tilagan qanday ish ilkimdan kelsa qilishga tayyorman. Agar dargohimizga 
qaytishni ixtiyor qilsangiz, bosh ustiga, taqdirda neki bo‘lsa birga baham ko‘rgaymiz...» 
Ayvonda o‘ltirib xat yozayotgan Hamida bonu esa har ikki so‘zdan so‘ng bir to‘xtab 
qolar, Humoyun ham shu binoda o‘ltirganligi xayolidan nari ketmas, nizom hayotmi-
yo‘qmi, bundan qat’i nazar, ikki yigit uni ikki o‘t orasiga tashlayotganday qiynar edi. 
Bugungi hayajonli gaplardan so‘ng Humoyun unga sirdoshroq tuyular, shuning uchun qiz 
Nizomga: 
«Qadrdon og‘am o‘rnidasiz, — deb yozmoqda edi.— Oramiz nurday pok. Faqat menga 
yozgan maktubingiz tufayli boshingizga og‘ir kunlar tushmadimikin degan 
iztirobdamen». Hamida bonu maktubni qachon va kimdan olganini bayon qildi: «Sizning 
yog‘iy ilkiga tushishingizga men ham sababchi bo‘lganim uchun ruhiy azobdamen, — 
deb davom etdi. — Ilohim hayot bo‘ling». 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish