Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
savolni qiz fahmladi. «Nachora, boshqa iloj yo‘q!» demoqchi bo‘lib, qiz javob qarash 
qildi. Humoyun qizning so‘z bilan aytolmagan javobini qat’iyatli nigohidan payqadi. U 
Hamidaning xohishiga qarshi borolmay og‘ir tin oldi-da, yana filbonga yuzlandi. 
— Siz Nizomni bilar edingiz. Bedarak ketgani bizni haligacha iztirobga solmoqda. 
— O‘zi ham ajoyib yigit edi, — deb achinib esladi La’l Chand. 
— So‘nggi oylarda ehtimol bir xabari chiqqandir,— davom etdi Humoyun. — Sekri 
tomonda ota-onalari tursa kerak. Avval ularni toping. Agar ular orqali Nizomni 
topsangiz, mana shu ikkita maktubni ilkiga bering-u bizga javobini olib keling. 
La’l Chand maktublarni ta’zim bilan ikki qo‘llab oldi: 
— Bularni shunday maxfiy tutingki, siz-u nizomdan boshqa biror odamning ilki ham 
tegmasin, nazari ham tushmasin! 
Yoshi qirq beshlarga borib, uzun soqol qo‘ygan, lablari va iyagi atrofidagi soqol-
mo‘ylabining bir qismi oqargan La’l Chand ko‘pni ko‘rgan tajribali odam edi. Uzoq yo‘lda 
unga pul kerak bo‘lishini biladigan Humoyun xazinachini chaqirib ikki hamyon oltin 
berdirdi. 
— Biri o‘zingizga, — dedi, — savdogar qiyofasida borsangiz pulsiz ish bitirolmagaysiz. 
Ikkinchi hamyonni esa Nizomga bergaysiz. Xazinada uning ko‘p oltinlari qolgan. Kerak 
bo‘lsa yana olishi mumkin. 
— Mabodo, Nizomni topolmasam-chi? — deb so‘radi La’l Chand. 
— U holda maktublarni qaytib olib kelgaysiz, toki surg‘uchlari buzilmagan bo‘lsin! — 
qat’iy qilib dedi Humoyun. 
— Jonimni garovga qo‘yib bo‘lsa ham buyrug‘ingizni bajargaymen! — dedi La’l Chand 
va orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Shundan so‘ng Hamida bonu Humoyunga minnatdor 
ko‘zlari bilan tikildi-da: 
— Olijanob ish qildingiz, hazratim! — dedi. — Endi menga ijozat bering. Dildor begim 
kutib qoldilar. 
Humoyun uni boqqa kuzatib chiqdi. 
— Agradan xabar kelguncha... xayr! — dedi qiz. 
— Hamida bonu, Nizomga oid gap oramizda qolgani durust. 
Hamida bonuga bu taklif ma’qul tushdi. Uylariga qaytayotganlarida, Dildor og‘acha uning 
nima qarorga kelganlarini so‘radi. Hamida bonu Humoyundan bir oyga muhlat 
so‘raganini, hazrat shunga ko‘nganini aytdi. Boshqa gaplarni qiz hatto onasidan ham sir 
tutdi. 
* * * 
Ikkovlari orasidagi bu sir Hamidaning diliga tushgan uchqun bo‘ldi-yu, ilgari sokin turgan 
tuyg‘ularini alanga oldira boshladi. Humoyun bog‘da o‘zini qanday tutgani, shiyponda 
nimalar degani, ko‘shkka kirganda aytgan gaplari — hammasi Hamidaning xotirasiga 
minglab suratlardek naqshlanib qolgan edi. Endi qayerga bormasin, nima ish qilmasin, 
ana shu suratlarning goh unisi, goh bunisi ko‘z oldidan beixtiyor o‘tib turadi. Yigitning 
ehtirosli ovoz bilan, «dunyoda hech bir qizni men bunchalik intizor bo‘lib kutmagan 
edim», degan so‘zlari qulog‘iga qayta-qayta eshitiladi. Har eshitilganda qizning dilini 
yayratib, o‘zidan iftixor qiladigan darajadagi mamnuniyat bag‘ishlaydi, Hamida o‘zini eng 
toleyi baland bir qizdek sezadi. Lekin xatarli safarga ketgan filbon La’l Chand esiga 
tushganda va Humoyunning Bhakkardagi ishlari kun sayin chigallashib borayotganini 
eshitganda, «nechun Nizomning maktubini o‘rtaga soldim-u shuncha tashvish 
orttirdim?» deb o‘zidan norozi bo‘lardi. Ko‘ngli muncha nozik bo‘lmasa nima qilarkin? 
Rost, Nizom unutib bo‘lmaydigan yigit edi, Hamida hozir ham uning xotirasini behurmat 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish