Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
307
Abduqodir Badavniy o‘zini yana imoni but muslimdek his qila boshlagandan keyingina 
Akbar haqidagi yashirin asarini yozishga o‘tadi. 
Akbarga qarshi isyon ko‘targani uchun Gangaga cho‘ktirib yuborilgan qozikalon 
Muhammad Yazdiyni Badavniy «shahid» deb ulug‘laydi. Akbar o‘zining o‘n to‘rt rupiylik 
oltin ashrafiy tangasiga kalimayi shahodatni yozdirmaganini «islomga xiyonat» deb 
qoralaydi. Shayxlar g‘alayoni bostirilganda bu g‘alayonga qatnashgan imomlar jazodan 
qo‘rqib qochgan, o‘sha kezlarda ba’zi masjidlar huvillab, bo‘shab qolgan, ularning 
ayrimlarini harbiy qorovullar egallagan edi. Badavniy shuni nazarda tutib, «Akbar 
masjidlarni qorovulxonaga aylantirmoqda, omborxona qilib qo‘ymoqda», deb kuyinadi. 
Ayniqsa, Akbarning qamariy yil hisobidan shamsiy hisobga o‘tish haqida chiqargan 
farmoni Abduqodir Badavniyni qattiq norozi qiladi. Muqaddas ramazon oyi nahotki 
unutilsa? Rajab, muharram... odamlar bolalariga ism qilib qo‘yadigan bu nomlar 
Badavniyning qulog‘iga behad sehrli eshitiladi. 
Biroq oy to‘lishiga qarab hisoblanadigan qamariy oylar shamsiy oylardan qisqaroq, 
shuning uchun har yili o‘n-o‘n bir kun ortib qoladi. Qamariy oylar ham o‘n-o‘n bir kundan 
surila-surila, ro‘za goh qishda, goh yozda keladi. Akbar kuzda tug‘ilgan bo‘lsa ham, 
qamariy oylar surilib yurgani uchun o‘z tug‘ilgan kunini goh bahorda, goh yozda 
nishonlashga majbur. Yil fasllarining aniq hisobini olib ish ko‘radigan dehqonlar, kosiblar, 
boshqa hunar egalari uchun ham mudom ko‘chib yuradigan qamariy oylar ko‘p 
noqulayliklar keltiradi. Shuning uchun xalq orasida azaldan bor bo‘lgan shamsiy hisob 
(har yili aniq bir vaqtda keladigan navro‘z, saraton, mezon) ko‘proq iste’molda bo‘ladi. 
Badavniy uchun esa shamsiy oylar ham, navro‘z bayrami ham otashparastlik davridan 
qolgan bid’at. U faqat hijriy yil hisobini muqaddas deb biladi. Akbar shu kelayotgan 
hamal oyidan boshlab butun davlat ishlarini shamsiy hisobga o‘tkazish haqida farmon 
chiqargani Badavniyga «kofirona farmon» bo‘lib ko‘rinadi. 
Kunduzlari Akbarning sha’niga maqtovlar aytib, «Mahabxorat» va «Ramayana»ni tarjima 
qilib pul ishlaydigan bu odam kechalari eshik-derazani bekitib, Akbarning xudodan 
qaytganligini isbot etuvchi dalillarni qog‘oz yuziga birma-bir tizardi va bisotida bor diniy 
ayblarni unga taqardi. Biladiki, bu ayblar Akbar hukmronligining ildiziga uriladigan 
boltaning ishini qiladi. Chunki odamlar podshoning dindan qaytganini bilsalar, uni 
taxtdan tushirishga haqli bo‘ladilar. Shahzoda Salim otasining islohotlariga zimdan 
qarshi ekanini Badavniy eshitgan. U o‘z «Muntaxabi tavorixini» kelajak avlod uchun 
yozmoqda. Badavniy Akbardan yosh, hali uning davri tugaydigan kunni ham ko‘rishiga 
ishonadi. Mana shu ishonch uning qalamiga kuch, diliga madad beradi. 
_____________ 
* Bu narxlar Abulfazlning «Oyini Akbariy»sida keltirilgan. 
* D o h a — ikki satrli qisqa she’r. 
* Hijriy ming yillik milodiy 1592-yilda kiradi.
* * * 
Akbar topshirig‘i bilan xuddi shu davr haqida ochiqchasiga kitob yozayotgan Abulfazl esa 
butunlay boshqa manbalardan ruhiy madad oladi. U o‘z vatani Hindistonni sevadi. 
Bundan o‘ttiz-qirq yil oldin o‘z-aro urushlar va milliy nizolardan abgor bo‘lib zaiflashib 
qolgan Hindiston hozir dunyoning eng qudratli davlatlari safiga kirayotganidan quvonadi. 
Akbarni g‘arbdagi Angliyadan tortib sharqdagi Xitoygacha o‘nlab mamlakatlar tan olib, 
elchilar yubormoqda. Bu elchilar: «Hozir dunyoda ikkita eng qudratli va obro‘li mamlakat 
bo‘lsa, biri Hindistondir!» deb aytganlarini Abulfazl har eshitganda iftixor tuyg‘usidan 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish