Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
o‘rniga qurganlaridan mamnun. Abdulla Niyoziyning hujrasi evaziga Sekri o‘rmoni 
chetidan Akbar unga uy qurdirib, dehqonchilik uchun yer ham ajratgani onasiga juda 
ma’qul bo‘ldi. Chunki Abdulla Niyoziy ham Salim ota kabi adolatparvar odam ekanligini 
begim yaxshi biladi. Ibodatxonada Akbar imon-u e’tiqod munozaralari o‘tkazganda 
Ansoriyga o‘xshagan tamagir din peshvolari shayx Muborak bilan Abdulla Niyoziyga bas 
kelolmasliklari aniq. Bianadagi xalq harakatiga qatnashgan mahdiylar din-u millat 
ayirmas edilar. Akbar ularning shu bag‘ri kengligini ma’qul ko‘rib, ibdatxonadagi 
munozaralarga hind brahmanlarini ham, otashparastlar vakilini ham taklif qila boshladi. 
Abdulla Ansoriy va uning tarafdorlari chekka-chekkada pichirlashib: «Ibodatxona 
Bianadagi isyonchilar ilkiga o‘tdi, mahdiylar Akbarshohni ham dindan chiqarishmoqda!» 
degan vahimali gaplar tarqatdilar. 
Mahdiylar esa Akbarni «ming yilda bir keldaigan ulug‘ rahbar!» deb ko‘tar-ko‘tar 
qilishadi. 
Selday yopirilib kelayotgan bu qarama-qarshi fikrlar ta’sirida Akbarning o‘zi ham g‘alati 
bo‘lib yuribdi. Keyingi paytda chog‘ir ichmaydi, go‘shtlik ovqat yemaydi, hech kim bilan 
ochilib gaplashmaydi. Hozir uzoq Bhira o‘rmonlariga ketgan. Yana fil minib, yo‘lbars 
oviga chiqmasa edi... 
Hamida begim Bhiradan xabar kutib yurgan paytda Abulfazl kelib qoldi. Uning ma’yus 
qarashlari onani yana bezovta qildi: 
— Akbarjon salomatmilar? 
— Shukur... Lekin ozib ketdilar. Uyqulari yomon. 
— Tabiblari bor edi-ku. Bhim Nadh o‘sha yerdami? 
— Tabiblarni qabul qilmay qo‘yganlar. Kuni bilan o‘rmonda yolg‘iz yuradilar, tog‘ 
tepasida soatlab o‘y surib o‘ltiradilar. Yonlariga chaqirmaganlaridan so‘ng, biz borishga 
jur’at etolmagaymiz. 
— Roja Birbal o‘sha yerdamilar? 
— Ha, roja Birbal bilan ham ochilib so‘zlashmay qo‘ydilar. Poytaxtga qaytaylik, desak 
istamadilar. 
— Ov bilan ko‘ngillari yozilar edi-ku. 
— Biz ham shuni o‘ylib, ovga tayyorlik ko‘rdik. Shergir fillari taxt qilindi. Maxsus odamlar 
o‘rmon ichidagi yo‘lbarslarning atrofini o‘rab, ochiq joyga haydab chiqdi. Kiyik 
ovlaydigan chitalar ham qafasda buyruq kutib turgan edi. Birdan hazratim «jonivorlarga 
jabr qilib ne topdik!» dedilar-u yo‘lbarslarni o‘rmonga qayta kiritib yuborishni buyurdilar. 
Qafasdagi chitalarni ham uzoqroqqa olib borib, qo‘yib yuborishga amr berdilar. Ovni man 
qilib maxsus farmon chiqardilar. 
— Yo‘lbars ovi man etilsa mening dilimdagi ish bo‘libdir, — dedi Hamida begim. 
— Lekin boshqa bir xavotirlik paydo bo‘ldi, begim. Odamdan begonasiraydilar. Mudom, 
o‘zlari yolg‘iz. Musohaba-yu murokaba*. Hushlari joyida emasmi? Hech kimni qabul 
qilmay qo‘ydilar. Davlat ishlarini eslatsak, urishib beradilar. Podsho odamga bir narsa 
deb bo‘lmasa!... O‘ylab-o‘ylab, axiyri sizga maslahatga keldim. Hazratiimga faqat sizning 
haddingiz sig‘ib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmog‘ingiz mumkin... 
— Akbar meni chorladimi? 
— Yo‘q, bildirmay keldim. Bilsalar, ruxsat bermas edilar. 
— Mavlono, siz bilan otangiz shayx Muborak ham Akbarni haddan ortiq ulug‘layverib shu 
ko‘yga soldilaringiz. Mana, oqibati! 
— Osiy bandamiz, hazrat begim. Bizni afvu eting. 
— Ammo kelganingiz yaxshi bo‘libdir. Men tezroq Bhiraga boray. Dilim sezgan edi-ya!.. 
Hamida begim o‘zining tungi betobliklarini ham unutdi, Fathpurdan otda o‘n kunlik yo‘l 
bo‘lgan uzoq Bhiraga shoshilinch jo‘nab ketdi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish