Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
* * * 
Hamida begim hayotining eng katta muammosi bo‘lib turgan maqbara qurilishiga 
Bayramxonning roziligini olganidan mamnun va muloyim bo‘lib qoldi. Bayramxon mana 
shu paytdan foydalanib, dilidagi nozik gaplarni unga aytishga chog‘landi. Ammo yosh 
yigit Akbarning oldida siri ochilishidan iymanganday taraddudga tushdi. 
— Hazrat begim, — deb u o‘ng‘aysizlanib gap boshladi, — ko‘ngil odamni ne ko‘ylarga 
solishini boshqalar bilmasa ham siz yaxshi bilursiz. Yoshlikdagi bir dard menga umr bo‘yi 
azob berib yurganidan Humoyun hazratlari xabardor edilar. Dilimdagi armonni 
bilganlaridan so‘ng, «eski xatoni, albatta, tuzatgaymiz, agar Hindni xudo qayta nasib 
etsa, bizga qarindosh bo‘lgaysiz», degan edilar... 
Akbar xonbobosini hech qachon hozirgiday o‘ng‘aysiz va uyatchan qiyofada ko‘rmagan 
edi. Uning soqol-mo‘yloviga va o‘siq qoshlariga tushgan oq tolalar ilgari o‘z yoshiga 
yarashgan kabi salobatli ko‘rinardi. Bugun Akbar uning soqol-mo‘ylovi yigitlarnikiday 
qop-qora ekanini ko‘rib taajjubga tushdi. Uning Hamida begimga aytayotgan gaplari 
ham g‘alati edi. 
Lekin ko‘p nozik sirlardan xabardor Hamida begim Bayramxonning nima demoqchiligini 
darhol fahmladi-yu, dili alg‘ov-dalg‘ov bo‘la boshladi. Bayramxon podshoh oilasiga 
qanday qilib qarindosh bo‘lmoqchiligi unga ma’lum... 
Humoyunning jiyani Salima sulton begim bo‘y yetib qolgan, ota-onasi o‘lib ketgandan 
beri Hamida begim uni ona o‘rnida tarbiyalab o‘stirgan. Bugun Bayramxon Dehlining 
Puran qal’asiga kelganda o‘n besh yoshli Salima begimni uzoqdan ko‘rib, yuragi «jig‘» 
etib ketdi. Chunki Salima ulg‘aygan sari onasi Gulrang begimga ikki tomchi suvday 
o‘xshaydigan go‘zal qiz bo‘lib bormoqda edi. Bayramxon yigit paytida Gulrang begimni 
qattiq sevganligi, qiz ham unga moyil bo‘lganligi, lekin taqdirlari qo‘shilmay, ikkovi ham 
dog‘da qolganlari Hamida begimga ma’lum edi. Qandahorda Xonzoda begim Bayramxon-
ning Humoyunga qilgan yaxshiliklaridan behad mamnun bo‘lgan paytlarida: «Yana bitta 
qizim bo‘lsa Bayramxonni o‘zim kuyov qilar edim!» degan so‘zlari ham begimning yodida 
qolgan. 
Keyinchalik Bayramxon Kobulda Salima begimni onasiga juda o‘xshab qolgan paytida 
ko‘rdi-yu, yuragida hali so‘nmagan o‘sha yoshlik mehri qayta alanga olganday bo‘ldi. 
O‘rta bog‘da Akbar bilan kelin-kuyov o‘ynab o‘sgan Salima hazrat tog‘asining eng 
ishongan do‘sti Bayramxondan ko‘pda tortinmas edi. Bayramxonning katta xotinidan 
tug‘ilgan o‘g‘illari uylangan, o‘zining o‘siq soqol-mo‘yloviga oq tushgan. Shuning uchun 
Salima ham uni Akbarga o‘xshab: «Xonbobo», deb atar edi. Bayramxon Salimani O‘rta 
Bog‘dagi shiyponda o‘n uch yoshida bir uchratdi-yu, gapga soldi. Gulrang begimga atab 
yozgan she’rlaridan Salimaga o‘qib berdi: 
Ey pari paykarki, umri jovidonimsen* mening, 
To tirikmen, sendan ayrilmonki, jonimsen mening. 
she’rni yaxshi ko‘radigan va o‘zi ham g‘azal mashq qila boshlagan Salima begim 
Bayramxonning bu haroratli baytidan astoydil zavq olgani uning parpirab yongan 
ko‘zlaridan bilindi. Shunda Bayramxon avvalgidan ham haroratliroq ovoz bilan yana bir 
bayt aytdi: 
Yo‘q sencha kishi sevguluk el ichraki, yo‘qtur, 
Sendek sevarim, xoh inon, xoh inonma. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish