Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
o‘tdilar. Ularning orasida ellikta mergan bor edi. Shular Hemu turgan joyga yaqin borib, 
uning ustiga o‘q yog‘dirdilar. Bu o‘qlar Hemuni og‘ir yarador qildi. Uni behush ahvolda 
asir oldilar. 
Buni narigi tepalikda turib ko‘rgan Odilshoh jon holatda qochishga tushdi. 
Sarkardalaridan ayrilgan qo‘shin to‘zg‘ib ketdi. 
Bayramxon otini Akbarning otiga baqamti keltirib: 
— G‘alaba muborak, amirzodam! — dedi-da, Shahzodani bag‘riga bosdi. 
O‘sha kuni Aliqulixonga mo‘tabar xoni zamon unvoni berildi. Bayramxon esa barcha 
vazir-u umarolardan balandroq turadigan vakili saltanat martabasiga ko‘tarildi. 
___________ 
* Ch i g‘ d o v u l — razvedkachi. 
* X o s s a t o b i n — maxsus rezerv. 
* Yo s o q — o‘lim jazosi. 
* Q a d a g‘ a — murojaatnoma.
* * * 
Hind vodiylaridan yil bo‘yi bahor yashilligi ketmagani kabi yil bo‘yi daraxtlar tagidan 
za’faron yaproqlar ham arimaydi. Barglar tabiat qonuni bo‘yicha yangilanib boradi, 
eskilari esa oy sayin sarg‘ayib asta-sekin to‘kilib turadi. 
Qora kiygan azador Hamida begim Akbarning qo‘liga suyanib Humoyunning qabri tomon 
majolsiz yurib boradi. Hamal kirib, gulmohur daraxtlari yana barcha yaproqlarini 
birvarakay to‘kkan-u bargsiz shoxlari g‘uj-g‘uj qizil gullar bilan bezangan. Ammo boshi 
egik Hamida begimning ko‘zlari yuqoridagi gullarga emas, daraxt tagini bosgan 
xazonlarga tushadi. Dunyodagi eng suyukli kishisidan ayrilgani, o‘ttiz ikki yoshida beva 
qolgani uning butun vujudini sarg‘aygan xazonga aylantirib qo‘yganday tuyuladi. Qabr 
atrofidagi ko‘kalamzor maydon ham uning ko‘ziga qayg‘udan xazon bo‘lib qovjirab 
turganday ko‘rinadi. Bu qabrga tosh qo‘yishga ulgurganlari yo‘q. Faqat Humoyun o‘zi 
yoqtiradigan Xusrav Dehlaviy va Nizomiddin avliyo mozori yaqinidagi bag‘ri keng bir 
tekislikning atrofini o‘rab, ariq qazdirishgan, ko‘chatlar ektirishgan va bo‘lajak maqbara 
uchun joy hozirlashgan, xolos. 
Bu judolik onasiga nechog‘li og‘ir tushishini Akbar bilardi. U Kobuldan kelayotgan onasini 
kutib olish uchun otda o‘n kun yo‘l yurib, Hind daryosining bo‘yigacha bordi. Kobul 
daryosi Hindga kelib quyiladigan Txatga atroflarida Hamida begimning daryodan 
o‘tishiga yordamlashadi. Poytaxt yana Agraga ko‘chgan bo‘lsa ham, Hamida begim 
Akbar bilan Dehlining Puran qal’asiga kelib tushdi. 
Bayramxon Agradagi saroyda, Humoyunning devoniomi va xonayi xosida ish olib 
bormoqda. Agradagi Zarafshon va Hasht Bihisht bog‘lariga o‘xshash oromgohlar Dehlida 
hali yo‘q. Buning ustiga, Hamida begim Dehlining Puran qal’asida turganda ko‘zi nuqul 
kutubxona binosiga va uning ichidagi tosh zinalarga tushar, bu hammasi uning dil 
yaralarini tirnab yangilar edi. Shuning uchun Akbar onasini Agraga olib ketmoqchi bo‘ldi: 
— Endi siz bu bexosiyat Puran qal’ada turmang, onajon. 
Akbar taxtga chiqqandan beri Hamida begim uni «siz»lab gapirardi: 
— Yo‘q, o‘g‘lim, otangizning qoni to‘kilgan tosh zinalar ham men uchun muqaddas, men 
bu yerdan hech qayoqqa ketmagaymen. 
— Agra uzoq emas-ku, tez-tez kelib qabrlarini ziyorat qilib turgaymiz. 
Hamida begim yig‘lab bosh chayqadi: 
— Tirikliklarida birga yashagani qo‘ymadilar, nuqul bizni ayirdilar. Endi men otangizning 
qabrlaridan ayrilmagaymen. Mening abadiy makonim ham u kishining yonlarida bo‘lg‘ay. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish