Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
odamning badfe’lligini azaldan bilurmen. Mudom o‘tmishdagi xizmatlarini pesh qilur. 
Xizmati, sadoqati yo‘q emas. Ammo fe’li yomon, mumsik odam. Umarqutda otangiz 
Turdibekdan ikki lak oltin qarz so‘ragan ekanlar. Shunda Turdibek sudxo‘rga o‘xshab 
yuzga yuz yigirma rupiy qaytarish sharti bilan qarz bergan. Otangiz uning shu ikki lak 
oltinini to‘rt yildan so‘ng Qandahorda uch lak qilib qaytarganlarini ko‘rganmen. Otangiz 
rahmatli halol bo‘lgilari kelib, yumshoqlik qilar edilar. Turdibek unga sayin o‘zini katta 
olib, kalondimog‘likka o‘rgangan edi. Ammo hozir vaziyat tahlikali, yumshoqlik qilsak, 
ichki parokandalik avjlangay, tashqi dushmanlar oldida zaiflashib halok bo‘lgaymiz. 
Shuning uchun sizdan ham qat’iyat lozim. 
— Xonbobo, otam o‘rnida endi siz qoldingiz. Hozir mening sizdan boshqa rahnamom 
yo‘q... Turdibek bilan biron... murosa yo‘lini topaylik. 
— Murosa?! — ranjib so‘radi Bayramxon. — Amirzodam, unga jazo bermoq lozim! 
Soqoli oppoq Turdibekka jazo berish Akbarga behad mushkul tuyuldi. Turdibekning 
jiyani Mohim Akbarni emizgan enagalaridan biri. Turdibekning boshqa nufuzli 
qarindoshlari ko‘p, unga jazo berilsa hammasi arazlab ketishi mumkin. 
— Ammo ular: «Kobulga qaytmog‘imiz kerak, hazratimning o‘limi tufayli Hindistonni boy 
berdik» deyayotgan emishlar. Lekin amirzodam, sizning kindik qoningiz hind tuprog‘iga 
to‘kilgan. Endi bu tuproqqa otangiz qo‘yildi. Shu ikki sababdan Hindiston siz uchun 
muqaddas vatandir. Bu vatanni tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga qat’iy zarba berilmog‘i 
lozim. Bu ishni men qilay. Siz daryo bo‘ylarini sayr qiling. Balki ovda ko‘nglingiz taskin 
topar? 
Akbarning o‘zi ham yoshi ulug‘ beklarning bugungidaqa bahs-u janjallariga aralashishni 
istamas edi. Shuning uchun ko‘kaldoshlari va qo‘riqchi yigitlari bilan otlanib o‘rmonga 
sayr qilgani ketdi. 
Kechki payt sayrdan qarorgohga qaytsa, Turdibek qarindoshlari bilan turadigan chodirlar 
orasidan yig‘i-sig‘i tovushlari eshitilyapti. 
Akbar o‘sha chodirlarga shitob bilan yaqinlashganda Mohim enaga yoshli ko‘zlar bilan 
uning qarshisiga chopib chiqdi. 
— Amirzodam, men sizga oq sut bergan edim! Nahotki tag‘oyimni siz o‘limga buyurgan 
bo‘lsangiz?! 
Akbar «o‘lim» so‘zidan cho‘chib tushdi: 
— Turdibekni? Men buyurgan emasmen! Ne bo‘ldi? 
— Zolim Bayramxon... chodirda... Turdibek tag‘oyimni o‘ldirib qo‘ydi! 
Akbarning ishongisi kelmay: 
— Yo‘g‘-e! — dedi. — Hibs qilgandir? 
U otining boshini qo‘yib, o‘z xirgohi tomon shoshildi. Akbar tezroq xonboboga uchrab, 
falokatning oldini olgisi kelar edi. U xirgoh oldida ranglari oqargan Bayramxonni ko‘rdi-
yu: 
— Xonbobo, Turdibek tirikmi? — deb so‘radi. 
Yuz bergan baxtsizlikdan o‘zi ham iztirob chekayotgan Bayramxon past tovush bilan: 
— Amirzodam, ichkariga kiraylik, — dedi va Akbarga yo‘l berib, uning ketidan xirgohga 
kirdi: — Ishoning, men uni sizdan bemaslahat o‘limga hukm etgan emasmen. Dehlini 
yog‘iyga tashlab kelgani uchun hibs qildirmoqchi bo‘ldim. Chodirga chaqirib: «Qurolni 
topshiring!» desam: «Hali sen rofiziy keksayganimda meni xor qilmoqchimisan?!» deb 
so‘kindi-yu, belidagi xanjarini sug‘urib menga tashlandi. Jamol degan yigitim yonimda 
turgan edi. Turdibekni qo‘lidan tutib qolmoqchi bo‘ldi, lekin Turdibek uni itarib tashladi. 
Mening biqinimga tig‘ sanchmoqchi bo‘lganda qo‘riqchi yigitim uning ko‘kragiga xanjar 
urdi... 
— O‘ldimi?.. Nahotki!.. Axir... Xonbobo!.. Otamning o‘limi bizga ozmidi? 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish