Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

SEKRI, BIANA 
QO‘ZG‘OLON 
O‘n besh-yigirma yilda bir bo‘ladigan qurg‘oqchilik Dehli va Agra atroflaridagi yozgi 
ekinlarni qovjiratib qo‘ygan. Saraton kirgan bo‘lsa ham, har yili shu paytda yog‘adigan 
yomg‘irlar hamon boshlangan emas. Tar sahrosidan esgan olovli garmsellar 
hammayoqni jizg‘inak qilib kuydiradi. Yerlar suvsizlikdan va issiqdan tars-tars yorilib 
ketgan. Bozorlarda pulga non topib bo‘lmaydi. Ocharchilik va qahatchilik boshlangan. 
Nizomning o‘rmon chetidagi kulbasi Sekri ko‘liga yaqin. Lekin bu yil ko‘lda ham suv oz. 
Ko‘l sathi pasayib, suv Nizomlar turgan joydan uzoqlashib ketdi. Uning bittagina sigiri, 
ikki bigh* yeri bor. O‘smir o‘g‘illari sigirga o‘rmondan o‘t o‘rib kelishadi. Lekin yerga pol 
qilib ekilgan sholi suvsizlikdan boshoq tortmay qurib qoldi. Faqat o‘ntacha xurmo va 
banan daraxtlarini Nizom xotini va bolalari bilan ko‘ldan chelaklab suv tashib sug‘orib, 
shularning mevasi bilan jon saqlashmoqda. Ko‘pdan beri non yuzini ko‘rishgan emas. 
Uyda bir xaltagina guruch qolgan, onda-sonda suyuq osh pishirib yeyishadi. U ham 
tugasa, ocharchilik balosi ularni ham o‘z iskanjasiga olishi aniq. 
Qani endi Nizom orzu qilgan xalqparvar davlat bo‘lsa-yu, shunday og‘ir, tabiiy ofatlar 
paytida el-yurtning mushkulini oson qilsa! Sherxonning o‘lganiga o‘n yildan oshdi, uning 
avlodlari hamon mamlakatni parchalab, o‘zaro urushlarda xalqni abgor qilmoqda. 
Sherxondan keyin podsho bo‘lgan uning o‘g‘li Islomshoh intihosiz talon-torojlari bilan 
o‘zining afg‘on yurtdosharini ham jonidan to‘ydirdi. Afg‘onlarning niyozi qabilasidan 
chiqqan zabardast yigit Abdulla Niyoziy Agraning yaqinidagi Biana shahrida xalq 
qo‘zg‘oloniga bosh bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar Islomshohning poraxo‘r amaldorlarini 
shahardan quvib yubordilar. Abdulla Niyoziyning olti yuzdan ortiq qurollangan yigitlari 
orasida afg‘onlar, hindlar, boshqa xalq vakillari ham bor. Hindi-yu muslim deb din-u 
millat ayirish yo‘q. Isyonchilarning biri kosib, biri dehqon, biri o‘tinchi, lekin hammalari 
adolatga tashna. Qadimgi rivoyatlar bo‘yicha, ular xalq orasidan tug‘ma bir adolatparvar 
Mahdiy* chiqishiga ishonadilar. Yoshi endi qirqlarga borgan, istarasi issiq, o‘zi dovyurak, 
nutqi ta’sirli Abdulla Niyoziy ularga ana shu Mahdiyning elchisi bo‘lib ko‘rinadi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish