Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
chiqqan Sulton Adham viloyat hokimiga podsholar tomonidan in’om etiladigan maxsus 
bayroq va naqora sovg‘a oldi. Shu bilan Hindistonning shimoli sharqidagi Bhira viloyati 
yana Humoyun qalamraviga o‘tdi. 
Bu viloyatda sakkizta yigiti bilan yashirinib yurgan Komron go‘yo olov halqasi ichida 
qoldi. Humoyun bilan kelgan besh ming qo‘shinning ichida uning xundor dushmanlari 
juda ko‘p. Sulton Adham Komronni ularga tutib berishi hech gap emas. Humoyun inisiga 
odam yuborib: 
— O‘zi yaxshilikcha kelmasa, qasoskor bek-u navkarlar ming azoblar bilan o‘ldirgaylar, 
— dedi. — Agar hazrat otamning ruhidan himoya istab kelsa, balki tirik qolg‘ay. 
Komron uchun ham hozir otasining ruhi-yu akasining dargohidan boshqa madad 
beradigan joy qolmagan edi. U kechki payt Bog‘i Safoga sakkizta qurolli yigit bilan kirib 
keldi. 
Humoyunning xirgohiga kirgan zahoti xos navkarlar Komronning belidagi qilichi va 
xanjarini yechib oldilar. narigi chodirga boshlab ketilgan yigitlari ham darhol 
qurolsizlantirilganini Komron shundan sezdi. Humoyunning chodirida qosim barlosning 
jiyani Xanjarbek turgan ekan. Uning qasoskor ko‘zlari Komronga tig‘day qadaldi. O‘lim 
xavfidan seskangan Komron: 
— Hazratim, bu ne hol?! — deb Humoyundan so‘radi. — Va’dangiz boshqa edi-ku. Meni 
ne qilmoqchisiz?! 
— Siz qachon ma’naviyizda turgan edingiz, inim Komron?! Yigirma yildan berli menga 
necha marta xiyonat qilganingizni bir eslang! «Davlat ishida qattiq turilmasa, murod 
hosil bo‘lmagay!» deb hazrat otam to‘g‘ri aytar ekanlar! Men mudom yumshoqlik qildim, 
o‘zimdan o‘tdi! Sherxon bilan olishganimda yordam o‘rniga nuqul to‘g‘onoq berdingiz, 
buni kechirdim! Kobulda Akbarni to‘p o‘qiga nishon qilib qo‘ydingiz, buni kechirdim! Ikki 
yashar qizalog‘imiz Jahon Sulton begimning o‘limiga sabab bo‘ldingiz, buni kechirdim! 
Mana, oxiri Hindolni o‘ldirib birodarkushga aylandingiz! 
— Meni beklar yo‘ldan urdi, rost, gunohim bor! Hindolni Qorachaxon o‘ldirgan, men 
emas! 
Humoyunning g‘azabi kelib, Komronni sensirab gapirdi: 
— Yolg‘on! Bopusxon bilan Qorachaxonlar o‘lib ketdi, ammo seni ularga do‘st qilgan 
o‘gayliging, baxilliging, hasadchiliging hamon ichingda tirik turibdir! Bu illatlar senga 
otamizdan o‘tgan emas! Otamiz tanti odam edilar. Senga ona suti bilan kirgan o‘gaylik 
atrofingni o‘ragan iblislarga qo‘l keldi. Sen mudom meni ko‘rolmay yashading, men 
yaxshi kun ko‘rsam, bundan sening ko‘zlaring kuydi! Ko‘zlaringga chiqqan bu kuydirgini 
olov bilan yondirmoqdan o‘zga chora qolmadi!.. Xanjarbek! 
— Labbay, hazratim! 
— Buning ko‘ziga mil tortinglar! 
— Yo‘q, yo‘q, undan ko‘ra o‘ldiring meni! — deb Komron qochmoqchi bo‘ldi. 
Hanjarbek boshliq to‘rt yigit uni ikki qo‘lidan tutib, narigi chodirga kuch bilan olib kirib 
ketdilar. 
Humoyun ertalab azonda ko‘ch yig‘ishtirishni buyurdi. Bir kunda podsho va uning barcha 
odamlari chodirlarini yig‘ib, Kobulga qaytib ketdi. 
Faqat Komron, Xanjarbek va uning odamlari, yana o‘ntacha soqchi yigitlar turadigan 
chodirlargina qoldi. 
Tushga yaqin olov yoqildi, soat miliga o‘xshash uzunchoq po‘lat millari cho‘g‘day 
qizarguncha qizdirildi. Taqdirga tan bergan Komron ko‘rpacha ustiga o‘zi chalqancha 
yotdi. Xanjarbek boshliq olti kishining ikkitasi uning qo‘llarini va boshini qimirlatmay 
ushlab turdi, yana ikkitasi oyoqlari va belidan bosdi. G‘ulom Ali farroshboshi Komronning 
ko‘zlarini yirib qorachig‘ini ochib turdi. Uning yirilgan ko‘ziga ko‘ringan oxirgi narsalar — 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish