Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish Yo `llari.
Sanoat korhonalarining tabora rivojlanib borishi. Transport vositalarining ko`payishi,
kommunal ob’ektlar ahlathonalarning ko`payishi va boshqalar atmosfera havosining
ifloslanishdan muhofaza qilishning taqozo etadi. Mazkur masala faqat gigiena fani
oldidagi masala bo`lib qolmasdan, balki ijtimoiy va iqtisodiy masala hamdir. Agar bu
masala vaqtida echilmasa keyinchalik uni echish qiyin bo`lib qoladi. Hozirgi kunda
atmosfera havosini muhofaza qilish uchun 3 ta tadbirni amalga oShirish ko`zda
tutiladi. Bular: tehnologik, loyihalash hamda sanitariya – tehnika tadbirlaridir. Mazkur
tadbirlar amalga oShirilsa, turar joylarda atmosfera havosining ifloslanishini ruhsat
etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo`ladi.
Tehnologik tadbirlar
– atmosfera
havosini muhofaza qilishda tehnologik tadbirlarning ahamiyati katta. TekShirish
natijalariga qarab, ob’ektlarga qarab va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar
miqdorini kamaytirish yo ki mutlok to`htatish mumkin bo`ladi. Buning uchun sanoat
korhonalaridagi tehnologik jarayo nlar takomillashtirilishi zarur. Shunda hatto
chiqindisiz yo ki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo`ladi. Bunday
jarayo n berk jarayo n deyilib, bunda chiqindilar umuman bo`lmaydi yo ki bunday
chiqindilardan boshqa mahsulot tayyo rlanadi. Chiqindisiz yo ki kam chiqindili
korhonalar o`z ichiga kompleks tashkiliy, tehnologik jarayo nlarni oladi. Bunda hom
ashyo tayyo rlash, bor materiallardan to`la-tekis foydalanish, ularni chiqindi sifatida
tashqi muhitga tashlamaslik borasida yo `l-yurik, tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Chiqindisiz mahsulot ishlab chiqish nazariy jihatdan qulay bo`lsa-da, amalda uni
boshqarish juda murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham ko`pincha kam chiqindili
ishlab chiqish korhonalariga katta ahamiyat beriladi.
Hozir chiqindisiz korhonalar soni juda kam desa bo`ladi.Ko`p mahsulotlar sifatsiz
bo`lgani, Davlat standartiga to`g`ri kelmasligi tufayli ulardan qayta ishlab chiqarishda
foydalanilmaydi, va natijada ular muhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanib kolmoqda.
Hozir ba’zi metall ishlab chiqarish korhonalar chiqindisiz tehnologiyaga o`tgan
masalan, qora metallurgiya kombinatlari, ma’danlarni yangi usullar bilan ya’ni kokssiz
domna o`choqlarisiz eritish usullarini qo`llamoqdalar. Mazkur usullar bo`yicha
ma’danlar tarkibidagi metallar tabiiy gaz yo ki vodorod yo rdamida ajratib olinadi.
Bunday tehnologiyada tashqi muhitni ifloslantiruvchi bosqis juda kam bo`ladi. Bunda
domna pechidagi kul va aglamerat chiqindilar bo`lmaydi. Oqibatda atmosfera havosiga
tashlanadigan gaz chang va boshqa omillar o`z-o`zidan yo `qoladi. Mazkur usul bilan
po`lat eritilganda atmosfera havosiga tuShadigan SO
2
gazi chang va boshqa zararli
omillar kamayadi. Korhona chiqindilaridan to`la tukis foydlanishga imkon tug`iladi.
Rangli metallurgiya korhonalarida nikel, volfram ishlab chiqarishda ham chiqindilar
miqdori tabora kamayib bormoqda. Keyingi vaqtlarda azotli o`g`it ishlab chiqarish
korhonalarida ham hom ashyo lar to`la to`kis chiqitsiz ishlab chiqarilmoqda.
Atmosferani ifloslantiruvchi kimyo viy moddalardan qayta foydalanilmoqda.
Chiqindili zavodlarda mahsus moslamalardan foydalanib, korhonalardan ajralib
chiqayo tgan gazlar Shuningdek zararli moddalar tutib qolinadi va qaytadan mahsulot
ishlab chiqarishga joriy etiladi. Tehnologik jarayo nlarda olov yo kib qizdirish o`rniga
elektr toqidan foydalanish ham chiqindilar sonini kamaytiradi. Masalan
Moskvadagi aluminiy zavodida alyuminning elektr induktsion pechlarda eritishga
o`tish tufayli atmosfera havosiga tuShadigan zararli moddalar soni ancha kamaydi.
Tehnologik jarayo nlarning berkligini ta’minlash ma’sulotlarning bir joydan ikkinchi
joyga transportyo r lentalar vositasida jo`natish ayniqsa, chang chiqaruvchi moddalar
bilan ishlashda suvli yo ki havoli transportirovka vositalaridan foydalanish zararli
moddalar miqdorini ancha kamaytiradi. Tehnologik jarayo nlar biror daqiqa bo`lsa
ham to`htab qolmasligi kerak. Agar jarayo n to`htab qoladigan bo`lsa, chiqindilar
to`planib, atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug`dirishi mumkin. Shuni aytish
kerakki, yuqorida aytib o`tilganlar atmosfera havosini mutlaq ifloslanishdan holi
qilmaydi. Ammo Shunga qaramay sanitariya vrachi sanoat korhonalarining injener va
tehnik hodimlari bilan birga atmosfera havosini chiqindilardan muhofaza qilishga
harakat qilishi lozim
Ozon qatla-mining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur
tuynuk-dan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar
hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga
sabab bo’lishi aniqlangan.
1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaha-ssislari hamda davlat arboblari qabul
qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga
qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladi-gan mahsulotlarni kamaytirib boorish
tad-birlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi” ning maydoni
qis-qarib bormoqda.
Cho’llanish. Hozirgi kunda cho’llanish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning, yay-
lovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda.
Tabiiy onillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974-yillarda Sahroi
Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad ko’li may-
donining 60 foizidan ortig’i, Neger, Senegal daryolari qurib qoldi, namlik
yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho’l 100-
150 kilometrga savannaga bostirib kirdi.
Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda hosil-
dor yerlar cho’lga aylanmoqda.
Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 million kvadrat kilometr maydonda cho’l
hosil bo’lgan. Har yil taxminan 21 million gektar yer to’liq buzilib cho’lga
aylanmoqda. Har yili sug’orilayotgan yerlarning 6 million gektar maydoni cho’lga
aylanadi.
Hozirgi paytda cho’llanishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va amaliy
ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga
qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi.
HUDUDIY EKOLOGIK MUAMMAOLAR VA
ULARNING YECHIMI.
Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va
jamiyat o’rtasida o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik
muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin
o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda.
Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq,
Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kasbiy va Orol dengizlari,
Baykal, Balhash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda
mavjud.
O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – bu
Orol dengizi muammosidir. 1911-1960-yillar davomida Orol dengizi har yili
o’rtacha 52 kub kilometr suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53
m mutlaq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kvadrat kilometr, suvning o’rtacha
sho’rlanganlik darajasi 9,5-10 foiz (9,5-10g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16
metrni tashkil qilgan.
O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston-dagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, qator
yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini
qurib, ishga tushirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan
Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida
Orol dengizining sathi pasayib, maydoni kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol
dengizining sathi pasayib, maydoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik
darajasi esa orta boshladi.
Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil
qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo’lganligi uchun yer-osti
suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug’lanib
tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi.
Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqi-batida bu
yerlardagi botqoq va to’qaylar maydoni qisqarib cho’llanish jarayoni rivojlanadi.
Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga –dengiz sathini ma’lum
darajada ushlab turishga va Orolbo’yi ekolo-gik sharoitini yaxshilashga qaratilgan.
Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlik-da, ya’ni 33 metr mutloq balandlikda
ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub kilometr suv
tushib turishi lozim.
IQLIM MUAMMOSI: BASHORATLAR, MUAMMO VA YECHIMLAR
Mutaxassislar 2005 yilning birinchi haftasi issiq kunlar bilan boshlanishini bashorat
qilishgandi. Lekin bunday bo‘lib chiqmadi. Anchadan buyon qor ko‘rmayotgan
dunyoning bir qator mamlakatlariga aynan shu haftada qor yog‘di. Selsiy va Farangeyt
shkalalari sovuq va izg‘irinni bildiruvchi raqamlarni ko‘rsatdi. Yaqinda 200 nafar
iqlimshunos Toni Bler taklifiga binoan Angliyaga tashrif buyurishdi va unda Yer
sharida haroratning keskin ko‘tarilib ketishi munosabati bilan 1997 yil qabul qilingan
Kioto protokolini amalga tezroq tatbiq qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Iqlimshunoslar
vaqtni qo‘ldan boy bermay, protokol yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish
zarurligiga alohida urg‘u berishdi.
Dastlab haroratning ko‘tarilib ketishi va atmosferaning ifloslanish
darajasi xavfli nuqtaga yaqinlashib qolganligi haqida iqlim o‘zgarishi
munosabati bilan tuzilgan hukumatlararo komissiya rahbari Rajendra Pachauri
to‘xtalib o‘tgandi. U bu mavzuda BMTning Mavrikiyada bo‘lib o‘tgan
konferentsiyasida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Oksford universitetning bir guruh
olimlari iqlimning keskin o‘zgarishi komissiya keltirgan raqamlardan ikki marta ko‘p
xavf keltirishini aniqlashdi. Xalqaro ishchi guruhining ta’kidlashicha, o‘n yildan
keyingi vaziyat asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga yetadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, iqlimshunoslarning navbatdagi konferentsiyasida
iqlimning xavfli tomonga burilishi masalasi muhokama qilindi. Hozirdanoq Bosh vazir
harorat muammosini YeI va “katta sakkizlik” davlatlari o‘rtasida tashkil etiladigan
sammitda ko‘tarib chiqish mas’uliyatini olgan. Angliya ekologiya vaziri Margaret
Bekett konferentsiyani ochiq deb e’lon qilarkan, kelajakda haroratning global
ko‘tarilish oqibatlaridan qochib bo‘lmasligini aytib o‘tgan. Keyin barcha qit’alardan
tashrif buyurgan olimlar va iqtisodchilar nutq so‘zlashdi. Ularning fikricha, e’tiborga
arzimagan narsalar hozirda jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotir.
Agar hukumatlar chora ko‘rishsa, ibtidoiy va arzon texnikalardan voz kechishga to‘g‘ri
keladi. Aslida bunday qaror ilgari ham qabul qilingan edi. 1986 yil Venada yig‘ilgan
yadro energetikasi mutaxassislari Chernobl fojeasini ko‘tarib chiqishgandi. Sobiq
Ittifoq delegatsiyasi o‘shanda vertolyotda suratga tushirilgan yadro reaktorining cho‘g‘
rangiga kirish jarayonini havola etgandi. Albatta, tasvirlarning bari keskin ruhda
emasdi. Lekin jonli hujjat o‘z davrida dunyo siyosatdonlariga yetarlicha tashvish
tug‘dirayotgan yadro inqirozini yaqqol namoyon etdi. Hozirga kelib yadro
muammosiga haroratning oshishi, muzliklarning erishi qo‘shildi. Ehtiyotkor fan barcha
sirni oshkor qilishni istamaydi. Shunday bo‘lsa-da, Arktikadagi dengiz muzliklari
deyarli yarim hajmidan ayrilganini keltirib o‘tmoq joiz. Qashshoqlik, qurg‘oqchilik,
kuchli shamollar va suvsizlik kabi ofatlar zilzilaga nisbatan uch marta ko‘proq sodir
bo‘layapti. Bularning bari iqlim o‘zgarishiga bog‘liq hodisalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |