3.3 Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi
Asosiy vositalarning turkumlanishi analitik ќisobni yuritish uchun asos qilib olinadi. Inventar
kartochkalari va ќisobga olish daftari va inventarizasiya ro’yhati asosiy vositalarning analitik
26
ќisobini asosiy registrlari ќisoblanadi. Ularning kanday shaklda bo’lishi asosiy vositalarning
turlariga bog’liq ba’zi korhonaldarda analitik ќisob inventar kartochkalarida yuritilsa,
boshqalarda asosiy vositalarni ќisobga olish daftari va inventarizasiya ro’yhatidan foydalaniladi.
01 "Asosiy vositalar" schyoti mulk tarikasida tegishli bo’lgan asosiy vositalar to’g’risida
ma’lumotlar berish uchun tayinlangan.
Ta’sischilar tomonidan Nizom kapitali uchun hissa sifatida berilgan asosiy vositalar quyidagi
buhgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 01 "Asosiy vositalar"
Kredit 75 "Ta’sischilar bilan hisob kitoblar"
Asosiy vositalar korhonalar va jismoniy shahslardan bepul olinganda va hukumat organlaridan
subsidiya tariqasida berilganda buhgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 01 "Asosiy vositalar" schyoti
Kredit "Foyda va zararlar"
Kredit 85/3 "Qo’shilgan kapital" (davlat korhonalarida)
Asosiy vositalarning korhonadan chiqib ketishiga doir ќisob jarayonlari 47 "Asosiy vositalarni
sotish va ularni boshqa chiqib ketishlari" aktiv passiv schyotida amalga oshiriladi. Ushbu
schyotning debetida chiqib ketayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati, asosiy
vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq harajatlar, asosiy vositalarga tegishli qo’shimcha
qiymat solig’i aks ettiriladi. 47 schyotining krediti bo’yicha esa chiqib ketayotgan asosiy
vositalarga tegishli eskirish miqdori, asosiy vositalarni sotishdan tushgan tushum, asosiy
vositalar tugatishdan olingan materiallar, ehtiyot qismlar va boshqalarning asosiy vositalarni
tugatish komissiyasi tomonidan o’rnatilgan baќoda ќisobga olinadi.
Asosiy vositalar sotilganda ularni sotish baќolari 62 yoki 76 schyotning debeti va 47 schyotning
kredetida yoziladi. Bir vaqtning o’zida asosiy vositalarning daslabki qiymati 01 schyotning
kreditidan ќisobdan o’chirilib 47 schyotning debetiga yoziladi. Eskirish miqdori esa 02 schyot
debeti va 47 schyot kredetiga yoziladi. Asosiy vositalarni sotish bo’yicha ќisoblangan
qo’shimcha qiymat solmigiga 47 schyot debeti va 68 schyot kreditlanadi. Asosiy vositalarni
sotish bilan bog’liq bo’lgan harajatlarga 47 schyot debetlanadi va quyidagi schyotlar
kreditlanadi: 10, 12, 23, 70, 69 va boshqalar.
Asosiy vositalar bepul berilganda ularning dastlabki qiymati 47 schyotning debeti va 01
schyotning kreditida aks ettiriladi. Eskirish miqdori esa 02 schyotning debetida va 47 schyotning
kredetiga yoziladi. Bepul berilayotgan asosiy vositalarni ortish, tahlash va tushirish va boshqa
harajatlar 47 schyotning debeti va tegishli schyotning kredetiga yoziladi. Bepul berilgan asosiy
vositalarning chiqib ketishi natijasida aniqlangan zarar miqdoriga 87 schyot debetlanadi va 47
schyot kreditlanadi. Ayrim ќollarda bepul berilgan asosiy vositalarning korhonadan chiqib
27
ketishidan foyda olinishi mumkin. Bunday ќollarda yuqoridagi buhgalteriya yozuvi aksincha
bo’ladi ya’ni debet 47 va kredit 87
Boshqa korhonalarning Nizom kapitaliga hissa tarikasida berilgan asosiy vositalar
tomonlarningkelishuviga muvofiq belgilangan qiymatda 06 schyot debetlanadi va 47 schyot
kredetlanadi.
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga 47 schyotning debetlanadi va 01 schyot kreditlanadi.
Berilayotgan asosiy vositalarning eskirish miqdori va 02 schyot debetlanadi va 47 schyot
kredetlanadi. Asosiy vositalarni boshqa korhonalarga berish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha
harajatlarga 47 schyot debetlanadi va tegishli schyotlar kreditlanadi.(10, 12, 13, 23, 70, 69, 85 va
h.k.z.
Hisobot davri tugagandan so’ng 47 schyotning har bir subьekti bo’yicha debet va kredit
oborotlarining farqi aniqlanadi. Olingan foyda ya’ni kredit oboroti debet oborotdan ko’p bo’lsa
farq miqdori 47 schyotning debet va 80 schyotning kredetiga va aksincha 80 schyotning debet va
47 schyotning kreditiga yoziladi.
Bepul berilgan asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasida sodir bo’lgan moliyaviy
natijalarining schetlarda kanday aks ettirilishi yuqorida ko’rib o’tildi.
Inventarizasiya natijasida aniqlangan ilgari ќisobga olingan asosiy vositalar 01 schyotning debeti
va 80 schyotning krediti bo’yicha yozib boriladi va ortiqcha va kamomadlar sabalari va
aybdorlar aniqlanadi.
Asosiy vositalarnineg eskirishining ќisobi.
Asosiy vositalarning eskirishi har oyda davlat tomonidan to’la tiklash uchun urnatilgan
amortizasiya me’yorlari asosida aniqlanadi.
Halq ho’jaligida asosiy fondlar bo’yicha amortizasiya ajratmalarni ќisoblash tartibi ќaqidagi
Nizomga muvofiq amortizasiya ќisoblash ob’ekti bo’lgan asosiy vositalar tarkibi o’zgargan
shuningdek amortizasiya ќisoblanadigan asosiy formulalar ro’yhati ichki ho’jalik yo’llari asbob
uskunalar ,trasnport vositalari, zahirada to’rgan va korhona balansidagi asosiy faoliyatga tegishli
bo’lgan asosiy vositalar bilan to’ldiriladi.
1991 yil 1 yanvardan asosiy fondlarga amortizasiya ќisoblash tartibi o’zgargan ya’ni faqat to’la
tiklash uchun amortizasiya ќisoblanadi. 1992 yil 1 apreldan boshlab asosiy vositalarga eskirish
tiklash qiymati bo’yicha ќisoblanmoqda.
CHet ellardan sotib olingan asosiy vositalarga amortizasiya ќisoblashda shunga o’hshash asosiy
vositalarga belgilangan normalar asosida amalga oshiriladi.
Nizomda ijaraga olingan asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya ќisoblashning har hil tartiblari
ko’zda tutilgan bo’lib u ijaraning turlariga bog’liq. Agar ijaraga topshirilayotgan ob’ekt uzoq
muddatli ijara sharti bilan topshirilsa, bunda asosiy vositalarga amortizasiyani ijarachi ќisoblaydi
va maќsulotning tannarhiga olib boriladi. Agar ijaraga berilayotgan obyuьekt joriy ijara sharti
28
bilan berilchsa unda asosiy vositalarga amortizasiyani ijaraga beruvchi ќisoblaydi va uni
realizasiyadan tashqari jarvayonlar harajatlari tarkibida aks ettiriladi. Ќisoblangan ijara ќaqi esa
realizasiyadan tashqari daromadlar tarkibida ќisobga olinadi.
Nizomda yangi ќisoblash tehnikalarini materiallar, priborlar va asbob uskunalarning yangi
progressiv tgurlarini ishlab chiqaruvchi va esportga chiqarilayotgan maќsulotlarning hajmini
ko’paytirish uchun jismonan va ma’naviy jiќatdan eskirgan asosiy vositalarni birdaniga
almashtirishni ko’zda tutgan korhonalarga amortizasiya ќisoblashning usulini qo’llashga ruhsat
etilgan.
Amortizasiya ќisoblashning jadallashtirilgan usulini quyidagilarga ruhsat etilmaydi:
−
normativ bo’yicha foydalanish muddati 3 yilgacha bo’lgan mashinalar, asbob uskunalar va
transport vositalariga;
−
aeroflotning samolyot - motor parkining normativ hizmat muddati samolyot va
vertolyotlarning ish soatlariga miqdoriga bog’liq bo’lgan ayrim asbob uskunalarga;
−
avtomobil transportining har 1000 km ќaqiqatda bosib o’tilgan yo’li qarab foizda
ќisoblanadigan amortizasiya ajratmasiga;
−
faqat belgilangan sinov va ma’lum maќsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishda
foydalaniladigan asbob uskunalar va tehnikalarga jadaolashtirilgan amortizasiya ќisoblashda
amortizasiya ќisoblashning teng usuli qo’llaniladi va amortizasiya ajratmasining yillik
normasi 2 martadan oshmasligi kerak.
Amaliyotda oylik amortizasiya miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: o’tgan oyda amortizasiya
miqdoriga o’tgan oyda kelib tushgan asosiy vositalarning oylik amortizasiya miqdori qo’shiladi
va o’tgan oyda chiqib ketgan asosiy vositalarning amortizasiya miqdori ayirib tashlanadi.
Asosiy vositalarning eskirishini ќisobga olish uchun 02 passiv schyot foydalaniladi. Ushbu
schyotga ikkita subschyot ochilishi mumkin:
1.
"O’ziga tegishli asosiy vositalar eskirishi"
2.
"Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar"
Birinchi subschyotda o’ziga tegishli asosiy vositalarning eskirishi ќisobga olinsa, 2 subschyotda
uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi ќisobga olinadi.
O’ziga tegishli va uzoq muddatli ijaraga olingan ishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalar
bo’yicha ќisoblangan amortizasiya miqdoriga ishlab chiqarish va muomila harajatlarni ќisobga
oluvchi schyotlar (20, 23, 25, 26 va boshqa schyotlar) debetlanadi va 02 schyot kreditlanadi.
Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha ќisoblangan amortizasiya miqdoriga 80 schyot
debetlanadi va 02 kreditlanadi.
Mahsuldor hayvonlar, bugular, kutubhona fondlari, yosh kuchatlar, umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo’llari, konservasiyaga berilga asosiy vositalarga amortizasiya ќisoblanmaydi.
29
Amortizasiya ќisoblash muddati tugagan asosiy vositalarga eskirish ќisoblanmaydi. O’ziga
tegishli asosiy vositalar korhonadan chiqib ketganda 02 schyot debetlanadi va 47 schyot
kreditlanadi. 02 schyot bo’yicha analitik ќisob asosiy vositalarning turlari va aloќida inventar
ob’ektlari bo’yicha yuritiladi.
Amortizasiya fondining jamgarilishini va foydalanishini buhgalteriya ќisobi schyotlarida aks
ettirilmaydi. Maќsulot, ish va hizmatlarni sotishdan tushgan tushum tarkibidagi amortizasiya
ajratmasi ќisoblanish schyotiga yoki korhonaning boshqa schyotlariga o’tkaziladi va ushbu
schyotlardan asosiy vositalarga tegishli kapital ko’yilmalarini moslashtirish jarayonida ќisobdan
o’chiriladi.
Asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlarining ќisobi.
Asosiy vositalar ta’mirlvashning murakkabligi hajmi va qiymatini ќisobga olgan ќolda ularning
kapital va joriy ta’mirlashga bo’lish qabul qilingan.
Asosiy vositalarni ta’mirlash ho’jalik usulida yoki pudrat usulida amalga oshirilishi mumkin.
Barcha ќollarda ta’mirlashni amalga oshirish uchun nuksonlar qaydnomasi tuziladi. Nuqsonlar
qaydnomasi bo’yicha avval ta’mirlashning smeta qiymati aniqlanadi va ta’mirlash jarayoni
tugatilgandan so’ng esa uning ќaqiqiy qiymati aniqlanadi va smeta qiymatidan chetga chiqish
aniqlanadi.
Agar kapital ta’mirlash ho’jalik usulida amlag oshirilsa nuksolar qaydnomasiga asosan 3
nushada naryad buyurtma tuziladi. Uning 1-nushasi ta’mirlashni amalga oshiruvchi bo’linmaga,
2-si buhaglteriyaga analitik ќisobni yuritish uchun, 3- nushasi esa bosh injkenerda ta’mirlashning
borishini nazorat qilish uchun saqlanadi. Nuksonlar qaydnomasiga va naryad buyurtmalariga
asosan omborlardan material va ehtiyot qismlar olish uchun ќujjatlar yoziladi.
Ta’mirdash harajatlarini to’g’ridan to’g’ri maќsulotlar ish va hizmatlarning tannarhiga olib
borish mumkin yoki ularni kopdash uchun olidindan qilingan ajratma ќisobiga tashkil qilingan
ta’mirlash fondidan qoplash mumkin.
Ta’mirlash harajatlari to’g’ridan to’g’ri maќsulotlarni ishlab chiqarish harajatlariga olib
borilganda ishlab chiqarish harajatlarini ќisobga oluvchi schyotlar debketlanib tegishli schyotlar
kreditlanadi. Asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari ishlab chiqarish harajatlarini hisoga oluvchi
schyotlarda tegishli harajat moddalarida aks ettiriladi.
Ta’mirlash fondini tuzgan korhonalarda ularni ќisobga olish uchun 89 "Kelgusi davr harajatlari
va rezervlar" schyotiga aloќida "Ta’mirlash fondi" subschyoti ochiladi.
Ta’mirlash fondiga ajratmalar qilish ta’mirlashning barcha turlari bo’yicha rejadagi smeta
harajatlariga asosan qilinadi. Ta’mirlash fondiga qilingan ajratmalar buhgalteriya ќisobi
schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi.
Dt 20, 23 va boshqa harajatlarni ќisobga oluvchi schyotlar
Kt 89 "Ta’mirlash fondi" subschyoti
30
Ta’mirlash fondi tashkil qilingan korhonalarda ta’mirlash ishlari ho’jalik usulida amalga
oshirilganda ta’mirlash harajatlarini 23 schyotda ќisobga olishlari zarur. ushbu schyotning
debetida ќaqiqatda amalga oshirilgan ta’mirlash harajatlari ќisobga olinsa, uning kredetida esa
ta’mirlash ishlarining ќaqiqiy tannarhi ќisobdan o’chirilganda 23 schyotning debetidagi qoldiq
tugallanmagan ta’mirlash harajatlarining miqdorini ko’rsatadi.
Bunda ta’mirlash harajatlari qilinganda ular buhgalteriya ќisobi schyotlarida quyidagicha aks
ettiriladi. Dt 23
Kt 70, 69, 89, 10, 12, 23, va boshqalar.
O’chirilganda Dt 89 Kt 23
Tugallanmagan ta’mirlash harajatlari buhgalteriya balansida "Tugallanmagan ishlab chiqarish"
moddasida ko’rsatiladi.
Asosiy vositalarni ta’mirlash jarayonida materiallar kam baќoli va tez eskiruvchi buyumlar,
ehtiyot qismlar va boshqalar olinishi mumkin. Ularni komissiya a’zolari baќolab kirimga olinadi
va buhgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi Dt 10, 12. Kt 23.
Kapital ta’mirlash pudrat usulida amalga oshirilganda korhona ta’mirlash korhonasi bilan
shartnoma tuzadi.
Ta’mirlash tugagandan keyin mahsus komissiya uni qabul qilishni topshirish aktiga asosan qabul
qilib oladi.
Tugallanib topshirilgan ta’mirlash ishlarining qiymati ta’mirlash fondi ќisobidan koplanadi va
buhgalteriya schetlarida quyidagicha aks ettiriladi. Dt 89 Kt 60
Ta’mirlash harajatlari pudrat usulida amalga oshirilganda ular to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarish
harajatlarini ќisobga oluvchi schetlarda aks ettirish mumkin.
Pudratchi tashkilotlarning ta’mirlash harajatlarini to’lash to’g’risidagi schetlari 51 Ќisoblashish
scheti va boshqa schetlarda to’lanishi mumkin va ular buhgalteriya ќisobi schetlarida
quyidagicha aks ettiriladi. Dt 60 Kt 51.
Ќisobot yili tugagandan so’ng asosiy vositalarning ta’mirlashning ќaqiqiy harajatlari summada
ishlab chiqarish harajatlarini ќisobga oluvchi schetlarga yozilishi zarur. CHunki 89 schetning
subscheti bo’yicha salьdo bo’lishi mumkin emas. SHuning uchun ќam "Ta’mirlash fondi"ning
summasi ta’mirlashning ќaqiqiy harajatlari summasiga korrektirovka qilinishi zarur. Agar
ta’mirlash fondi etarli bo’lmasa qo’shimcha ajratma qilinishi mumkin yoki ushbu summa
to’g’ridan-to’g’ri 23 schetning kreditida ishlab chiqarish harajatlari ќisobga oluvchi schetlarning
debeti olib boriladi.
Noishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalar ta’mirlanganda ularning harajatlari
korhonaning sof foydasidan koplanadi va buhgalteriya ќisobi schetlarida quyidagicha aks
ettiriladi. Dt 81 Kt 10,70,69,60,76 va boshqalar.
Ijaraga olingan asosiy vositalar ќisobining o’ziga ќos hususiyatlari.
31
Ijara munosabatlari tuzilishiga qarab joriy va uzoq muddatli ijaraga bo’linadi. Joriy ijarada
ijaraga beruvchi o’z mulkini ma’lum muddatga ijarachiga beradi va mulk shartnoma muddati
tugagandan so’ng ijaraga beruvchiga qaytariladi. Joriy ijarada ijaraga beruvchi mulk egaligi
huquqi va majburiyatlarini saqlab qoladi va ijarachiga faqat mulkdan foydalanish huquqi utadi.
Uzoq muddatli ijarada ijarachi ijaraga olingan ob’ektni belgilangan muddatda olish ko’zda
tutiladi va mulk egasiga joy ijaraga o’tadi. Uzoq muddatli ijarada ijaraga olingan asosiy vositalar
ijarachini balansida aks ettiriladi.
Joriy ijarada ijaraga berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchining balansida ќisobga olinadi.
Ijaraga berish shartnomaga asosan asosiy vositalarning ijarachiga topshirish amalga oshiriladi va
qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan rasmiylashtiriladi.
Ijara shartnomasida ijaraga berilayotgan mulkning takibi, qiymati ijara muddati, tomonlarning
majburiyatlari, ijara ќaqi va boshqa zarur bo’lgan shartlar ko’rsatilishi zarur. ijara ќaqi asosiy
vositalarning eskirish miqdori va ta’mirlash harajatlari va ma’lum miqdorda foydadan iborat
bo’ladi.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar buycha moliyaviy natijalar aniqlanadi va kelgusi davrlarning
foydasi va daromalida akus ettiriladi.
Joriy ijarachi joriy ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’msirlash harajatlarni ijaraga beruvchi 80-
schyot debet va materiallar, ќisob kitob va pul mablag’lari schyotlarining kredetida aks ettiriladi.
Ijaraga berilgan asosiy vositalarga eskirish ќisoblash ijarachining foyda miqdorini kamaytiradi
va quyidagi buhgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Dt 80 Kt 02.
Joriy davr uchun ijara ќaqi ќisoblanganda 76 schyot debetlanadi va 80 schyot kreditlanadi.
Kelgusi davrlar uchun avans tarikasida ќisoblangan ijara 70 schyot debeti va 83 schyotning
krediti bo’yicha aks ettiriladi. Ijara to’lovlari kelib tushganda 51 va 52 schyotlar debetlanadi va
76 schyot kreditlanadi. Avans tarikasida to’langan ijara ќaqini joriy to’lov sifatida qabul
qilinganda 83 schyot debetlanadi va 84 kredetlanadi.
Ijarachi tomonidan ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital ko’yilmalar hajmiga
ijarachi olingan asosiy vositalar miqdori oshiriladi va quyidagi buhgalteriya yozuvlarida
ko’rsatiladi. Dt 01. Kt 08.
Ijarachi ijaraga olingan asosiy vositalarni balansdan tashqari 001 schyotida dastlabki qiymati
bo’yicha ќisobga olinadi. Ijaraga olingan asosiy vositalarning analitik ќisobi ob’ektlar va ijaraga
beruvchilar bo’yicha yuritiladi.
Ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga ќisoblangan ijara ќaqiga ishlab chiqarish va muomila
harajatlarini ќisobga oluvchi schyotlar debetlanadi va 76 schyot kreditlanadi. ijarachi to’lagan
ijara ќaqi miqdoriga 76 schyot debetlanadi va 51 schyot kreditlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |