Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

Bog’lanuvchanlik. 
Beton 
qorishmaning 
tashqi 
fizik-mexanik 
omillar 
tasirida 
qatlamlanmaslik  xususiyati  bog’lanuvchanligini  ifodalaydi.  Beton  qorishmasi  tashilayotganda, 
qoliplanish  jarayonida  qatlamlanishi,  yani  suv-tsement  aralashmasi  to’ldirgichlardan  aloh’ida 
ajralishi mumkin. 
Beton  qorishmasining  bog’lanuvchanlik  darajasini  plastiklik  darajasi  bilan  aniqlash 
mumkin.  Bog’lanuvchanligi  etarli  bo’lmagan  beton  qorishmasi  standart  konusni  to’ldirish  va 
zichlashtirish  jarayonida  qatlamlanadi  va  qolip  echilgach,  h’osil  bo’lgan  beton  konus  sochiladi 
yoki qulaydi. 
Beton  qorishmasining  qatlamlanishi  beton  strukturasining  buzilishiga  va  h’ossalarining 
yomonlashishiga sabab bo’ladi. Beton qorishmasining bog’lanuvchanligini oshirish uchun uning 
tarkibini  to’g’ri  tanlash  zarur.  Beton  tarkibida  tsement  miqdorining  ko’p  bo’lishi,  suv 
miqdorining kamayishi qorishmaning qatlamlanishini keskin pasaytiradi. 
Yuqori  markadagi  tsementlar  oz  miqdorda  past  markadagi  betonlar  tayyorlash  uchun 
ishlatilganda  beton  qorishmasining  suv  ushlashlik  qobiliyati  kamayadi  va  natijada  qorishma 
qatlamlanadi.  Beton  tarkibini  h’isoblashda  uzluksiz  granulometrik  tizimni  saqlash  h’am  yaxshi 
natija beradi. 
Beton  qorishmasining  qulay  joylanuvchanligi  uning  tarkibidagi  suvning  miqdoriga 
bevosita  bog’liq  bo’ladi.  Beton  qorishmasiga  qo’shilgan  suv  tsement  gidratatsiyasi  va 
to’ldirgichlar yuzasini h’o’llash uchun sarf bo’ladi. Beton qorishmasini qorish, tashish, qoliplash 
va zichlashtirish singari texnologik jarayonlarni h’isobga olib suv miqdori ko’paytiriladi. Mayda 
va  yirik  to’ldirgichlar  miqdori  muayyan  mutanosiblikda  belgilanmasa,  beton  qorishmasining 
suvga  bo’lgan  talabi  oshib  ketadi.  Masalan,  serqum  betonlar  suvni  ko’p  talab  qiladi,  chunki 
qumning solishtirma yuzasi shu massadagi yirik to’ldirgichga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. 


Betonning  asosiy  xossalari  doimiy  o’zgarmas  bo’lishi  uchun  suv-tsement  nisbati  h’am 
o’zgarmas bo’lishi kerak. Odatda 1 m
3
 beton qorishmasi tayyorlash uchun, tsement sarfi 200-400 
kgm
3
 bo’lganda  sarflanayotgan  suvning  miqdori  betonning  markasiga  mos ravishda  o’zgarmas 
bo’ladi.  Shuning  uchun  beton  tarkibi  h’isoblanayotganda  suvning  miqdorini  tsementning 
miqdoriga nisbatan avvaldan tayyorlangan jadval yoki grafiklar yordamida 
to’ldiruvchilarning turi va fraktsiyasini h’isobga olgan h’olda tanlash mumkin (7.4-rasm). 
Chunonchi  beton  qorishmasi  tarkibida  qumning  ko’payishi  tsement  xamirining  sarfini 
oshiradi.  Shuning  uchun  mayda  va  yirik  to’ldirgichlar  nisbatini  shunday  tanlash zarurki,  bunda 
donalar orasidagi bo’shliq minimal bo’lishi kerak. Tsement xamiri miqdorini asossiz kamaytirish 
betonning zichligi va mustah’kamligiga salbiy tasir ko’rsatadi. 
 
 

Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish