Zo’riqish h’osil etuvchi tsement-portlandtsement-65-75%, giltuproqli tsement-13-20%,
gips-6-10% tashkil etuvchilardan iborat. Uning dispersligi 3500 sm
2
g kam bo’lmasligi kerak.
Ushbu tsement qotayotgan paytda katta ichki zo’riqish h’osil qilish h’isobiga armaturani
taranglanishiga olib keladi. Bunday tsementlarning qotish boshlanishi 30 min keyin va oxiri 4
soatdan kam bo’ladi. Uning siqilishdagi mustah’kamligi 1 sut 15 MPa, 28 sut esa –50 MPa
bo’lishi kerak.
Ushbu tsement asosidagi qorishmalar va betonlar yoriqlar h’osil qilmagani uchun gaz,
benzin, va sh.k. mah’sulotlar saqlash omborxonalarida, bosim ostida ishlaydigan suv
inshootlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |