Qurilish qorishmasining asosiy xossalari
Qorishmaning asosiy xossalariga mustah’kamligi va sovuqqa chidamliligi kiradi. Zarurat
bo’lganda qorishmaning asosga yopishishi va deformativ xususiyatlari (kirishishi, elastiklik
moduli va sh.k) aniqlanadi.
Mustah’kamlik.
Qotgan
qorishmaning
mustah’kamligi
mineral
bog’lovchining
aktivligiga, suv-tsement nisbatiga, qotish muddati va sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Qorishmaning siqilishdagi mustah’kamligi (markasi) o’lchamlari 7,07x7,07x7,07 sm
bo’lgan kublar yoki 4x4x16 sm to’sinchalarni standart usulda 28 sut. normal sharoitda
saqlangandan keyin sinab aniqlanadi.
Tsementli qorishmaning mustah’kamligini tsementning aktivligi va tsement-suv nisbatiga
bog’liqligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R
28
0,4R
ts
(TsS-0,3)
Ushbu formula yordamida mustah’kamlikni aniqlash g’ovak buyumlar ustiga yoyiladigan
tsementli qorishmalarga taluqli bo’ladi.
G’isht, beton va boshqa g’ovak materiallarga yoyiladigan tsementli qorishmalar
mustah’kamligi tsement-suv nisbatiga bog’liq bo’lmay, balki faqat tsementning sarfiga bog’liq
bo’ladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R
28
kR
ts
(Ts-0,05)4
Keltirilgan formula tsement-oh’akli qorishmalarga tegishlidir: Ts-tsement sarfi, tm
3
qumga nisbatan; k koeffitsienti qumning sifatiga bog’liq: yirik qum uchun-2,2, o’rtacha
yiriklikdagi qum uchun-1,8 va mayda qum uchun-1,4.
Tsementli aralash qorishmalarning mustah’kamligi qorishma tarkibiga kiritiladigan oh’ak
yoki giltuproqning miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Aralash qorishmalar mustah’kamligi va plastifikatsiyalovchi qo’shimchalar (oh’ak,
giltuproq) miqdori o’rtasidagi umumiy bog’liqlik 8.2-rasmda keltirilgan. Keltirilgan grafiklarga
binoan qorishmalar tarkibida mayda to’ldirgichni ko’paytirish mustah’kamlikning pasayishiga
olib keladi.
Qurilish qorishmalari 28 sutkadagi siqilishdagi mustah’kamlik chegarasiga nisbatan
quyidagi markalarga bo’linadi: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 va 300.
Normal sharoitda tsementli qorishmalar mustah’kamligi beton kabi uzoq muddat davomida
oshib borishi mumkin.
Tsementli qorishmalar mustah’kamligi 7 sut 40-50%, 14sut 60-70%, 28 sut 100%, 90 sut
130% markadagi mustah’kamlikka nisbatan oshib borishi mumkin.
Binolarning tashqi devorlariga g’isht, tosh terishda tsement-oh’akli va tsement-giltuproqli
aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi. Bino karnizlari, stolbalari, deraza va
eshik ustidagi g’isht va toshlar terishda 100 markadagi qorishma ishlatiladi.
Vibrog’isht panellari tayyorlashda 75, 100, 150 markadagi tsementli va shlakli tsement
asosidagi qorishmalar qo’llaniladi.
С
и
қ
и
л
и
ш
д
аг
и
м
ус
та
щ
ка
м
л
и
к
че
га
р
ас
и
, М
П
а
Оҳак (гилтупроқ) хамири қo’шимчаси, 1 ҳқ
цементга мос ҳажмий қисмларда
Do'stlaringiz bilan baham: |