66
4. Xromatografik- moddalarni tahlil, ajratish va konsentrlash usullarini o’z
ichiga olib, ularning adsorbilanish xossasidan foydalanishga asoslangan.
5. Mass-spektral - modda
molekulasi ionlashtirilib, massasini o’lchashga
asoslangan usullar. .
Ultratovushli- modda eritmasi orqali o’tgan ultratovish tezligini o’lchashga
asoslangan usullar. Bunda ultratovush tezligi modda miqdoriga proporsional
bo’ladi.
Umuman tahlil jarayonlarida qo’llanishga qarab asbobiy usullarni 3 ta katta
guruhga ajratiladi:
Elektrokimyoviy
Optikaviy
Xromatografik
Fizik-kimyoviy tahlil usullarini o’zining metrologiyasi, jumladan,
sezgirligi va tanlab ta’sir etuvchi (selektivligi) bilan tavsiflanadi. Barcha
usullarda ham sezgirlik ko’pincha, asbobda qo’llaniladigan kuzatuvchi
qo’shimcha vositalarga yoki. detektorlarga bo’g’lik bo’ladi. Masalan,
polyarografiya va kulonametriyaning yuqori sezuvchanligiga tok va kuchlanishi
(potensialni) yuqori sezuvchanlik bilan qayd qila oladigan maxsus qurilmalar
(registratorlar)ning mavjudligi sabab bo’ladi, quyidagi jadvalda ba’zi fizik-
kimyoviy usularning sezuvchanligi keltirildi:
7-jadval
Fizik-kimyoviy ussullarning sezuvchanligi
№
Usullar
Topish chegarasi, g
1
Fotomeytriya
1·10
-6
2
Flyuorimetriya
1·10
-10
3
Polyarografiya
1·10
-8
4
Kulonometriya
1·10
-6
5
Mass-spektrometriya
1·10
-10
6
Emmission-spektral
1·10
-8
7
Atom-absorbsion
1·10
-6
8
Radioizotop tahlil
1·10
-10
9
Gaz- xromatografiyasi
1·10
-8
Hamma tahlil usullari ham selektivlikka ega emas. Ular (refraktrometriya,
inteiferometriya) aliohoda moddalarni yoki murakkab bo’lmagan aralashmalarni
tahlil qilishda ishlatiladi.
Elektrokimyoviy tahlil usullaridan potensiometriyaning selektivligi
ionselektiv elektrodlar ishlatishga asoslangan. Bu to’g’rida keyingi boblarda
batafsil to’xtalamiz.
Fizik - kimyoviy tahlil usullarining to’g’riligi-moddaning tarkibi va uning
xossalari bilan tushuntiriladi va tajriba asosida aniqlanadi.
Shuning uchun
67
asbobiy tahlilda avalo o’lchov vositalari aniq tayyor standart eritmalar asosida
kalibrovkalanadi.
Fizik - kimyoviy ussularining aniqligi esa ko’p jihatdan o’lchov vositasiga
bog’liq. Manba kuehlanishining doimiy emasligi.aniq natijalar olishga xalaqit
qiladi. Aniq natijalar olish uchun asbobda kamida 3-5 ta o’lchov olinadi va
olingan natijalar matematik statistika usulida qayta ishlanadi.
Fizik - kimyoviy tahlilda modda miqdori bir necha usulda aniqlanadi.
Ularni ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. Modda standartlari ishlatishga asoslangan usullar.
2. Moddalarning tahliliy ko’rsatkichlari qo’llanilishiga asoslangan usullar.
Tahliliy aniqlashlaring quyidagi usullarida standartlar ishlatiladi: a)
Kalibrovkalash grafiklari usuli.
Kalibrovkalash grafiklari usulida aniqlanadigan moddaning aniq
konsentratsyali eritmalari tayyorlanib asbobdagi o’lchanadigan fizik kattalik
bilan bog’liqlik qiymatlari o’lchanadi va bog’liqlik grafiklari tuziladi. Keyin
aralashmadagi aniqlanishi zarur bo’lgan moddaning konsentratsyasiga mos fizik
kattalik
aniqlanib, kalibrovkalash grafigidan topiladi.
b) Solishtirish usuli. Bunda standart eritmaning tarkibidagi asosiy
moddaning fizik kattalik bilan bog’liqligi qiymati aniqlanadi. Keyin
namunadagi asosiy moddaning fizik kattalik bilan bog’liqligi qiymati aniqlanib
quyidagi tenglikdan modda miqdori topiladi:
Bu yerda C
c
-moddaning standart konsentratsyasi C
x
-moddaning
aniqlanadigan konsentratsyasi
f
c
-standart konsentratsyali moddaning fizik
kattaligi
f
x
-aniqlanadigan fizik kattalik.
Kimyoviy va fizika-kimyoviy usullar
yordamida tekshirib turishi, hamda
olinadigan natija aniqligiga ta’sir etuvchi turdi omillarning (temperatura, bosim,
konsentratsya, pH, ish resursi, tebranish va h.k.z. lar) ta’sirini doimiy ravishda
o’rganib tekshirib turishi lozim bo’ladi.
Tahlil jarayonlarini avtomatlashtirishda fizikaviy va fizik-kimyoviy
usullarning roli beqiyosdir.
Hozirgi zamon tahliliy kimyosining. asosiy vazifasi atrof-muhitni
muhofaza etishdan, turli ekologik muammolarni hal etishdan, ya’ni havo, suv,
tuproq tarkibidagi inson sog’lig’i, tabiat musaffoligiga putur yetkazuvchi turli
moddalarni aniqlashdan va ularni kamaytirish usurllarini
ishlab chiqishdan
iboratdir. Bu sohada Samarqand davlat universiteti kimyo fakul’tetining
yetakchi o’qituvchi-olimlari ham ko’pdan-ko’p ilmiy tadqiqotlarni olib
borayotgani va katta yutuqlarga erishiyotgani butun dunyoda ma’lum va
mashhurdir. Havodagi CO, SO
2
, NO, NO
2
, F
2
, Cl
2
, Br
2
, SO
3
, SO
2
kabi va
ko’plab yer osti va usti ob’ektlari tarkibidagi turli metallar, metallmaslar va
68
boshqa qo’shimchalarni aniqlashning avtomatik usullari yaratilib, ishlab
chiqarishgajoriy qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: