70
Alangaviy fotometriya eritmalardagi Na, Ca, Li, K, Sr, Ba, B, Cr, Mn, Mg
elementlarini sifat va miqdoriy tahlil qilishda qo’llaniladi.
Bunda
tekshirilayotgan eritma gaz gorelkasi alangasiga purkalganda aniqlanayotgan
elementga issiqlik ta’sir etishi natijasida shu element- uchun xarakterli bo’lgan
spektr hosil bo’ladi. Bunda tekshirlayotgan elementlarning alanga ta’sirida
qo’zg’algan atomlari ma’lum to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nur chiqaradi.
Chiqayotgan yorug’lik nurining chastotasi bilan atom yoki molekulaning
ma’lum holatdagi energiyasi orasidagi bog’liqlik
Plank- Eynshteyn tenglamasi
bilan ifodalariadi:
E
2
-E]= hυ bu yerda
E
2
- atomning qo’zg’atilgan holatdagi energiyasi;
E
1
- atomning
oxirgi holatdagi energiyasi;
h- Plank doimiysi;
υ- yorug’lik nurining tebranish chastotasi.
Shunday qilib, atomdan chiqayotgan yorug’likning to’lqin uzunligi
tekshirilayotgan elementning sifat analizi. uchun xarakterli faktor bo’lib xizmat
qiladi. Undan foydalanib murakkab aralashma tarkibidagi
elementni topish
mumkin.
Nurlanish intensivligi bir vaqtning o’zida alanga bilan element orasida
sodir bo'ladigan prosessning miqdoriy xarakteristikasi ham bo’lib xizmat qiladi.
Chunki alanga ta’sirida qo’zg’atilgan atomlar sonining orgishi bilan nurlanish
intensivligi kuchayadi. Agar tekshirilayotgan moddaning purkalishini e’tiborga
olsak, nurlanish intensivligi eritma konsentratsyasigagina bog’liq bo’ladi.
Gaz gorelkasida aerozol bilan aralashtirilgan gaz yonadi. Eritmani purkash
uchun shtutser orqali purkagich kamerasiga keladi. Shu vakuum tufayli eritma
stakanchadan unga uchuni tushurilgan naycha orqali
kapilyarga suriladi va
undan chiqishida mayda zarrachalar holida sochiladi. Katta o’lchamdagi
zarrachalar aralashtirish kamerasi devorlariga o’tiradi, eng mayda zarrachalar
esa gaz bilan aralashadi. Bu gaz kameraga shtutser orqali yuboriladi va u yerda
tekshirilayotgan eritma bilan aralashtirilgan gorelka qalpoqchasidagi teshikcha
orqali juda kichik oqim holida chiqib yonadi va alanga hosil qiladi.
Parrakli disklar gaz va aerozolni yaxshi aralashtirish uchun xizmat qiladi.
Gorelka kamerasidan kondensator (gaz bilan aerozol aralashmasi) shtutser
orqali
chiqariladi. Gorelkaning purkagich o’matilgan oldingi qismi kamera bilan
ulangan bo’lib, gorelkani tozalash vaqtida uni olib qo’yish mumkin. Shu
maqsadda gorelkaning orqa devori ham kamera bilan rezba yordamida ulangan.
Alangaviy fotometr yordamida aniqlangan 12 elementning har biri uchun
maxsus yorug’lik filtri qo’yiladi. Quyidagi 8-jadvalda
ularning tasnifini
keltiramiz.
71
8-jadval
Ele
men
tlar
Na
Ca
Li
К
Sr Cs
Rb
Ba
В
Cr
Mn
Mg
λ
max
589
620
671
766
160
780
193
515
520
403
383
∆λ
10+2 10+2
12+2
1Q+2 10+2
10+2 12+2 12+2 12+2 12+2 10+2
Bu yerda
λ
max
-yorug’lik filtri o’tkazgan maksimumga mos keladigan
to’lqin uzunligi:
∆λ
- yorug’lik filtri o’tkazgan oqimning kengligi.
Tekshirilayotgan
spektr
chiziqlarini
farqlash
uchun
alangaviy
fotometriyada interferension yorug’lik filtrlaridan foydalaniladi.
Ularni
tanlashda yorug’lik o’tkazish maksimumi ma’lum element nurlanishning to’lqin
uzunligiga mos kelishiga e’tibor beriladi.
Gardishdagi yorug’lik filtrlaridan biri asbobning maxsus darchasiga.
to’g’rilanadi. Gardishga bir vaqtning o’zida to’rtta yorug’liq filtri o’matiladi.
Har qaysi yorug’lik filtri biror kimyoviy elementni aniqlashda qo’llaniladi.
Yorug’lik energiyasini qabul qilgich sifatida F-9 markali fotoelementdan
foydalaniladi. F-9 100 mka ga mo’ljallangan M-24 markali mikroampermetr
bilan ulangari. Asbob 220 V li o’zgaru’vchan tokka ulanadi.
Ushbu asbob
yordamida olingan eksperimental ma’lumotlar standart eritmalar hosil qilgan
fototok qiymati asosida kalibrovkalash grafigi chiziladi. Tekshirilayotgan
eritmaning konsentratsyasini shugrafik yordamida osonlik bilan hisoblab topish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: