Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc



Download 12,37 Mb.
bet82/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

Afzalliklari: bunday o‘zgartkichlarda qo‘shimcha gidravlik qarshilik yo‘q, tezkor, ko‘rsatishi suyuqlikning fizik xossalariga deyarli bog‘liq emas.
Kamchiligi: qutblanish va transformatsiya e.yu.k.lari hisobiga

4.16- rasm. Induksion suyuqlik sarf o‘lchagichning konstruksiyasi va
o‘lchash zanjirining struktura sxemasi.
1–yopiq quvur; 2–magnit tizimi;
3–elektrodlar; K–kuchaytirgich; O‘A–o‘lchash asbobi.
aniqlik yuqori emas.
Suv sarfi o'lchagichning yuqorida keltirilgan konstruksiyasi ayrim kamchiliklarga ega. Chunonchi, quvurdan oqayotgan suv tezligining quvur diametri bo'yicha taqsimlanish epyurasi nolaminar bo'lganda

o'lchagichning aniqligi birmuncha pasayib ketadi. Bundan tashqari, chiqish signalining kattaligi elektrodlar orasidagi masofaga to'g'ri proporsional bo'lganligi sababli o'lchagichning sezgirligi nisbatan kichik qiymatga ega. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash injenerlari (hozirgi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya) institutida prof. Zaripov M.F va boshq. tomonidan suv sarfini elektr kattalikka o'zgartirib beruvchi elektromagnit datchikning takomillashgan konstruksiyasi yaratilgan (4.17-rasm). Datchik izolyasion materialdan yasalgan quvur 1 va halqa
2, ichki va tashqi silindrsimon qutb nakonechniklari 3,4, ularni o'zaro tutashtiruvchi
- simon magnit o'tkazgich 5, uning asosiga o'ralgan qo'zg'atuvchi chulg'am 6 va yassi izolyasion plastina 7 ga joylashtirilgan yupqa elektrodlar 8 dan tashkil topgan. Datchik asosiy quvurga flanes 9 lar yordamida

4.17- rasm
mahkamlanadi. Gidravlik qarshilikni kamaytirish maqsadida halqa 2 konfuzorlar 10 bilan ta'minlangan.
Qo'zg'atish chulg'amiga o'zgarmas yoki o'zgaruvchan tok berilganda datchikning magnit tizimida magnit maydoni hosil bo'ladi. Bu maydon qutb nakonechniklari orasidagi halqasimon oraliqda bir tekis taqsimlangan. Chunki, bu oraliqdagi magnit kuch chiziqlari yo'lidagi magnit qarshiliklar bir xil qiymatga ega. Qutb nakonechniklari radiuslarining har xilligi hisobidan yuzaga keladigan magnit qarshiliklar farqini kamaytirish maqsadida ularning qalinligi quyidagi munosabat asosida olingan:
ri rT , hi hT
bu yerda ri, hi , rT , hT - mos ravishda ichki va tashqi qutb nakonechniklarining radiuslari va qalinliklari.
Elektromagnit datchik halqasimon kanali orqali elektr o'tkazuvchi (masalan, suv) suyuqlik oqib o'tganda magnit maydoni ta'sirida unda qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadigan EYuK induksiyalanadi:
e B11ddl1  B22ddl2  ...  Bnnddln,
bu yerda Bi , i , li - mos ravishda halqasimon kanalning i - nuqtasidagi magnit maydoni induksiyasi, suyuqlik tezligi va elementar dli qism uzunliklarining qiymatlari.
Halqasimon kanalning barcha nuqtalarida B const bo'lganligi sababli yuqoridagi ifoda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
e Bdl.
Bundan tashqari, elektrodlarni yupqa plastinalar ko'rinishida yasalishi xalqasimon kanalda hosil bo'ladigan elektr maydoni kuchlanganligining radial yo'nalishdagi notekis taqsimlanishini kamaytiradi.
Shunday qilib, suv sarfi yuqorida keltirilgan datchik yordamida o'lchanganda quvurdagi tezliklar epyurasining o'zgarishi uning ko'rsatishga deyarli ta'sir qilmaydi va uning sezgirligi yuqori bo'ladi. Sezgirlikning yuqori bo'lishiga sabab shuki, taklif etilgan datchikda elektrodlar orasidagi masofa - rasmda keltirilgan datchikdagiga nisbatan marta katta bo'ladi.
4.18 - rasmda Toshkent politexnika institutida prof. Azimov R.K. va b. tomonidan yaratilgan issiqlik o'zgartkich asosida ishlaydigan suyuqlik sarfini o'lchagich sxemasi keltirilgan. Sarf o'lchagich quvur 1, H isitgichli issiqlik o'zgartgich 2, termosezgir elementlar Rt1, Rt2 , qarshiliklar R3 , R4 , rele 3, sarfni qayd etuvchi qurilma 4, sarfni ko'rsatgich 5, ko'rsatgich 6, elektr energiya dozatori
7,

4.18 - rasm
kondensator 8, rele 3 ning normal ochiq 9 va yopiq 10 kontaktorlari, rezistor 11 va manba 12 dan tashkil topgan.
Suyuqlik sarfini o'lchagich quyidagicha ishlaydi. Rt2 termosezgir elementning o'rnatilgan qiymatida rele 3 kondensator 8 ni isitgich H ga ulaydi. Bunda kondensator o'zida to'plangan energiyani isitgichga uzatadi (razryadlanadi) va Rt2 element qizishi natijasida ko'prik sxema muvozanat holatdan chiqadi. Bu holatda ko'prik chiqishidagi signal kuchaytirilib relega beriladi va uning kontaktlari holatini o'zgartiradi. Kondensator yana qarshilik 11 orqali manbaga ulanadi. Rt2 element sovib, qarshiligining qiymati avval o'rnatilgan qiymatigacha pasayganda rele kondensatorni yana isitgichga ulaydi va sikl qaytariladi. Bunda Rt2 elementning sovish vaqti quvurdan o'tayotgan suyuqlik sarfiga proporsional bo'ladi. Shuning uchun ham Rt2 elementning sovish vaqtini qayd etish orqali suyuqlik sarfi aniqlanadi.
4.13. Namlikni o‘lchash
Kimyoviy texnologiya, qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlari hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilayotgan xonalarning namligini aniqlash (misol uchun, to‘qimachilik kombinatlarida) muhim ahamiyatga ega.
Materialning namligi uning massa birligidagi absolut yoki nisbiy namligi bilan belgilanadi. Jismning absolut namligi deb, uning birlik massasidagi suv bug‘lari massasiga, nisbiy namlik deb, absolut namlikning bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta namlikka nisbatiga aytiladi.
Namlikni o‘lchovchi asboblar funksiyasiga elektr o‘tkazuvchanlik (konduktometrik), elektrik singdiruvchanlik (dielkometrik) va yordamchi moddalar-ning elektr va mexanik parametrlarini o‘lchashlar kiradi.
H avoning absolut va nisbiy namligini o‘lchash-da ko‘p hollarda yarim o‘tkazgichli litiy xlorid o‘zgartkichdan (4.19- rasm) foydalaniladi. U himoyalovchi plyonka (2) bilan qoplangan termorezistor (1) dan iborat.
Тermorezistor ustiga litiy xloridning to‘yingan eritmasi shimdirilgan shisha tolali vtulka (3) o‘rnatilgan. Vtulkaning ustiga kumush yoki platina o‘tkazgich (4) o‘rnatilgan. O‘zgartkich havo kirishi mumkin bo‘lgan korpusga joylashtirilgan bo‘ladi.
O‘zgartkichning ishlash prinsipi: Ma’lum haroratda litiy eritmasi atrof-muhitning namligini so‘radi. O‘tkazgichdan elektr toki o‘tganda, litiy
4.19- rasm xloridning harorati oshadi va u kristallanib, o‘tkazuvchanligi kamayadi.
Binobarin, litiy xlorid va uning ichidagi termorezistorning harorati atrof-muhit haroratiga hamda namligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Тermorezistorlar qarshiligini o‘lchash uchun o‘zgarmas tok kompensatorlaridan foydalaniladi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish