WEM LI 2
,
bu yerda: L – g‘altak induktivligi; I – g‘altakdagi tok.
Qo‘zg‘aluvchan qism siljiganda g‘altak
2.13 - rasm induktivligi o‘zgaradi, ya’ni (2.1) ga ko‘ra:
dWEM 1 2 dL
M ayl I d 2 d .
Statik muvozanat (2.2) shartiga ko‘ra, asbob harakatlanuvchi qismining burchak siljishi aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi momentlarning tenglik shartidan aniqlanadi:
dL 2 I W
d ,
yoki
1 dL 2
I
2W d . (2.3)
(2.3) ifodadan ko‘rinib turibdiki, elektromagnit asbob shkalasi notekis, ya’ni o‘lchanayotgan kattalik bilan ko‘rsatkich og‘ish burchagi o‘rtasidagi bog‘lanish chiziqli emas. Qo‘zg‘aluvchan o‘zak shaklini tanlab, asbob shkalasini uning yuqori chegara qiymatining 15-20 foizidan boshlab tekisligini ta’minlash mumkin.
Elektromagnit asbob o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘llanilganda, asbobning metall qismlarida uyurmaviy toklar hosil bo‘ladi va ularning maydoni g‘altak magnit maydonini birmuncha kamaytirishi natijasida xatolik yuzaga keladi.
Elektromagnit asboblar sezgirligi magnitoelektrik asboblar sezgirligidan ko‘p marta past, quvvat iste’moli esa juda katta.
Elektromagnit asboblarda tashqi harorat o‘zgarishining ta’siri ham magnitoelektrik asboblarga nisbatan juda katta.
Тashqi maydonning ta’siri astatik usul yordamida keskin kamaytirilishi mumkin. Bu usulga ko‘ra bitta o‘qqa ikkita ferromagnit o‘zak mahkamlangan bo‘lib, ularning har biri o‘zining g‘altagiga maydon ta’sirida tortilish imkoniyatiga ega. G‘altaklar bir xil bo‘lib, o‘zaro ketma-ket va induktiv jihatdan qarama-qarshi ulangan. Buning natijasida bitta g‘altakda uning xususiy maydoni bilan tashqi magnit maydon qo‘shilsa, ikkinchi g‘altakda ular ayriladi. Natijada qo‘zg‘aluvchan o‘qqa ta’sir etayotgan moment qiymatiga tashqi maydon ta’sir ko‘rsatmaydi.
Berk magnit o‘tkazgichli elektromagnit asboblarning xususiy magnit maydoni kuchli bo‘lganligi sababli ularni o‘lchashiga tashqi maydonlarning ta’siri uncha sezilmaydi.
Elektromagnit asboblarning afzalliklari: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatilishi, o‘ta yuklamaga bardoshliligi, konstruksiyasi-ning soddaligi, ishlashda ishonchliligi, katta tok (bir necha yuz ampergacha), yuqori kuchlanishlarni bevosita o‘lchay olishi hamda narxining nisbatan arzonligi.
Elektromagnit asboblarning kamchiliklari: shkalasining notekisligi, tok chastotasi va haroratni o‘zgarishiga, tashqi maydon ta’siriga sezgirligi, quvvat iste’molining kattaligi, sezgirligining nisbatan pastligi (ayniqsa, o‘lchash diapazonining boshlanish qismida) kiradi.
Elektromagnit asboblar asosan o‘lchash stendlari uchun ampermetrlar va voltmetrlar sifatida ishlatiladi. Bu asboblar sinusoidal tok zanjirlarida o‘lchanayotgan kattalikning ta’sir etuvchi qiymatini ko‘rsatadi.
Sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosan E365 rusumli ampermetr va voltmetrlar qo‘llaniladi. O‘lchash diapazonlari: ampermetrlarda 0,01...300 A; voltmetrlarda 0,5...600 V, chastota diapazoni 50, 60, 200, 500 va 1000 Gs. Aniqlik klasslari 1,0 va 1,5. Ampermetrlarning gabarit o‘lchamlari 120120116 mm. Massasi 1 kg.
2.1.6. Elektrostatik asboblar
Elektrostatik o‘lchash asboblari qo‘zg‘aluvchan qismining siljishi bevosita kuchlanish ta’sirida yuzaga keladi. Shuning uchun elektrostatik asboblar, asosan, voltmetrlar sifatida ishlatiladi.
2.14- a, b rasmda elektrostatik asbobning sxematik tuzilishi ko‘rsatilgan. Qo‘zg‘almas qism (elektrod) o‘zaro ulangan ikkita metall plastinkadan (1) iborat bo‘lib, ularning orasiga sektorsimon qo‘zg‘aluvchan elektrod (2) joylashtirilgan. Berilgan kuchlanish ta’sirida plastinkalar orasida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Bu maydon ta’sirida qo‘zg‘aluvchan elektrodga ta’sir etuv-chi kuch maydon energiyasi
W E CU 2
, (bu yerda: C qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan elektrodlar orasidagi
sig‘im)ni oshirishga harakat qiladi va qo‘zg‘aluvchan elektrod qo‘zg‘almas elektrodlar oralig‘i tomon tortiladi. Qo‘zg‘aluvchan elektrod o‘qiga ko‘rsatgich (3) mahkamlanadi. Asbobning
2.14 - rasm
qo‘zg‘aluvchan qismi tayanch tortqi (4) va posangilarga mahkamlanishi mumkin.
Elektrodlar aluminiydan yasaladi.
Elektrostatik o‘lchash mexanizmining aylantiruvchi momenti:
d WE 1U2 dC
M ayl d 2 d .
Elektrodlar shakli, ularning o‘lchamlari va o‘zaro joylashishini tanlash asosida dC/d bog‘lanish shunday tanlanadiki, natijada asbob yuqori o‘lchash chegarasining 15 foizidan boshlab shkalaning bir tekis bo‘lishi ta’minlanadi.
Elektrostatik asboblarning afzalliklari: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok (chastota diapazoni 20 Gs dan 35 MGs gacha) zanjirlarida foydalanish mumkinligi, quvvat iste’molining kamligi (o‘zgarmas tok zanjirlarida nolga teng), chastota, harorat va kuchlanish shaklining o‘zgarishi hamda tashqi maydonga sezgirligining juda pastligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |