Elegeshdan topilgan bitig (Bitigtosh kimning kechinmasi ekanligi noma'lum). U xalqi, qarindosh-urug’lari, davlati va xoqonidan ayrilgan. Yodnomada o’z marsiyasini aytayotgan qahramon Tuk Bug’u mamlakatining jangchisi bo’lgan. Unda yuzta dushmanga teng keladigan kuch va iroda bor edi. Ular janubga qo’shin tortadi, sakkiz kishi qahramonlik ko’rsatadi va yo’lbars yilida qahramonlarcha halok bo’ladi
Begra bitigi. Tur ismli saroy xizmatchisining yig’isi. U o’n besh yoshida xitoylar tarbiyasida bo’ladi. O’n besh yoshida Tabg’ach xoqoni xizmatiga kiradi. Hayotida ko’p azoblarni ko’radi. Uch o’g’lidan ajraladi. O’z elidan Xitoyga qimmatbaho buyumlarni olib boradi. Yetti bo’ri, bir necha yo’lbars va kiyiklarni o’ldiradi. 67 yoshida vafot etadi. U o’z xalqini bardoshli bo’lishga chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |