Chako’l bitigi. Xoqon Bilga Chikshan xizmatida bo’lgan Chiksin yig’isi. U o’z eli, xoqoni, mamlakati uchun fidoyi inson. Lekin hayotdan faqat g’am-alam ko’radi. Tirikligida sakkiz o’g’lidan ajraladi. Shu sababli o’z nomini «alamli Chiksin» deb ataydi. Lekin xalqi, xoqoni, do’stlariga qilgan xizmatini sharaf deb tushunadi.
Oznachennaya qishlog’idan topilgan bitig. Hukmdor Al Inanchuga xizmat qilgan bahodir yig’isi. U dushman bilan xalqi va do’stlari uchun jang qiladi. Shahzoda Kuch Kul tutuq jangda halok bo’lganidan aziyat chekadi. O’ttiz besh yoshida qahramon nomini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |