8
Tadqiqotimizga A.N.Kononov, S.E.Malov, Q.Sodiqov, N.Rahmonov, G’.Abdurahmonov, Q.Omonov va boshqalarning “O’rxun-Enasoy obidalari” yuzasidan ilmga tadbiq qilgan fikr va qarashlarini nazariy asos qilib oldik.
Tadqiqot manbalari. Tadqiqot ishimizning manbalari sifatida qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek tili yozma yodgorliklari, shuningdek, hozirgi o‘zbek tiliga oid materiallar xizmat qiladi. Asosiy manbalar esa “O’rxun-Enasoy obidalari”(Tonyuquq, Bilgaxoqon, Kultegin)ning asl matni.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqotimizda til tarixini o‘rganish jarayonida tilshunoslikda keng tarqalgan tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, til faktlarini lisoniy tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Ishda yirik tilshunos olimlar N.A.Baskakov, V.V.Reshetov, S.E.Malov, A.N.Kononov, A.Rustamov, E.Umarov, Q.Sodiqov, N.Rahmonov va boshqalarning ishlariga ham tayanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |