Ilmiy yangiligi. Mazkur ish bitiruv-malakaviy ishi yo’sinida ilk bor amalga oshirilmoqda. Turkshunoslik taraqqiyoti, xususan, O’rxun-Enasoy obidalari: Kultegin, Tonyuquq, Bilgaxoqon bitiglarining lug’aviy qatlamlari o’rganilib, ular ilmiy asosda umumlashtirilmoqda.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotdagi kuzatishlar, bayon qilingan ilmiy-nazariy xulosalar O’rxun-Enasoy obidalarining leksik qatlami yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishda, shuningdek, mazkur mavzu yuzasidan o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlashda amaliy yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |