Istanbulda, qashqirlar davrasida
Mana, Istanbuldaman. Bir huquqshunos talaba dunyoni tuzatishga kirishdi. Yuksak orzular yo'liga tushgan buyuk sohaning vakili bo'lmoqchi yolg'iz yosh qiz. Amina ham Anqarada. U ham tibiiyot fakultetiga kirdi. Bilaman uning kelajagi porloq. U o'zini himoya qila oladigan va tahlikani oldindan sezadigan aqlli qiz. Uning fikr dunyosini va g'oyalarini yoqtirmasam ham, bu haqiqatni tan olaman. Men-chi? Bulg'angan, toptalgan, zulmatli bir keljak. Chunki men burnimning uchini ko'rolmaydigan qoloq fikrli odamman. Har qancha ilg'or, inqilobiy nutqlar so'zlasam ham. Amina va ota-onasi men uchun ko'p qayg'urishdi. "Senga ishonchli bir joy topamiz. Istanbul katta shahar, ko'chalarda har turli tahlika kezadi. Yolg'iz o'zing qiynalasan", deyishdi ular. Yo'q. Yana qaysarligim tutdi. Keljagimni o'zim tanlayman. Kuch qudratimni isbot qilaman. Hech kimning hayotimga aralashuvini xohlamayman. Davlat yotoqxonasiga joylashdim. Ammo mening nomim, ovozam o'zimdan avval yetib kelgan ekan.Atrofimni bir guruh "ipini uzgan" yoshlar o'rab olishdi. Ilg'orlar, nurlilar, hurriyatchilar va yana shu kabi toifa vakillari.
Men kim bo'libman o'zi? Topilmas bir aksilon yoki to'shaklarni isituvchi et-ustixon yig'indisimi? Bunaqa savollar hech tugamasdi. Xato niyatli, qoloq fikrli, qat'iy qarorli bo'lganim uchun emas, menga shundaylar uchrayotgani uchun. Boshda darslarga yaxshi qatnashdim. Ammo menga osilganlar yanada kuchli chiqdi
U yoq bu yoqqa tashlay boshladim. Maktabga bormay qo'ydim. Ilk borganlarim har xil guruhlar, "sotsial faolliklarni oshirish" nomi ostida iflos ishlar qiladigan joylar edi. Inqilobchilar, komunistlar, marksistlar, eronchilar, giyohvandlar, bilmayman yana nimalar. Qorishiq, iflos.Har tomon ostin-ustun. Va bir yosh qiz. Sohasini, g'oyasini asta sekin yo'qotgan, kuchi, irodasi nuragan bir qiz. "Ortimga tushgan, qo'limdan tutgan yoshlar soyasidan burnimni har teshikka suqardim. Ilk yoqtirgan odamim juda fe'li tez chiqdi. Uni tutib keltirishdi. Qilmishi yo davlatga qarshi bir namoyish yoki geroin tijorati. Har ikkisidan ham bor. Dinni bilmaydi, Allohni tanimaydi. Ba'zi o'xshashliklarimiz bor. Ammo uning ahloqsizliklari menikidan o'tadi. Shunaqa daydiliklari na yaxshi fikr qoldiradi, na umid uyg'otadi. Asl maqsadi pul, foyda. Yana soxtalik va tuzoq. Aytish joiz bo'lsa ayatman. Huquq fakulteti haqidagi shirin hayollar tugadi. Har kuni qilganimiz ichkilik ichish, qo'shiq kuylash va uchish. Ha, uchish.Keyin esa dunyoni qutqarmoqchi bo'lgan bir daydining yotog'ida ko'zlarimni ochaman. Mana senga va'da qilingan "ideal hayot". Istanbul meni juda tez yutib yubordi. Qarshimda yana bir zarba muallaq turibdi. Ularga qo'shilishga majburman. Pul yo'q, joy yo'q, ovqat yo'q. Allohning qahriga uchrasin bunaqa inson. O'zimdan jirkanaman. O'zimcha "zamonaviy hayot ayoli" bo'ldim. Ba'zi inqilobchi o'rtoqlarimni fikricha, bu yaxshi. Ayol ham, erkak ham o'zi xohlaganidek yashashi kerak. Shunday yashash mumkinm, bilmayman? Ba'zi narsalarni bila turib tepaman. O'zim xohlab, o'zim yig'layman. Yaxshi odamlarga ham duch keldim, albatta. O'jarligim ularni ko'rishga, ergashishga to'siq bo'lardi. Amina, dadasi, Imom afandi, matematika o'qituvchisi...Bu insonlar meni juda yaxshi ko'rishdi. Himoya qilmoqchi bo'lishdi. Yordam bermoqchi bo'lishdi. Men esa? Zehnli, aqlli, ilg'or fikrli, inqilobchi bo'laman, deb ularni mensimadim. Ko'zing ko'r bo'lsin. Bilaturib jarga qulash deganlari shu-da...
Do'stlaringiz bilan baham: |