Meni olib ketishga onam kelyapti
-Huzuringga boryapman, Allohim! Meni qabul qil. Senga, buyukligingga ishonaman, iymon keltirdim. Sen meni yaratding va yana senga qaytyapman.
Bir necha marotaba "onam kelsin, onam kelsin', deb takrorladi.
-Kim klesin?- dedim
-So'rashyapti, -dedi. Seni olib ketishga onang klesinmi, boshqa birovmi? Deya Men onam kelishini xohlayapman. Onam keladi...Bir daqiqa jim qoldi. Kelayotgan tovushga butun diqqatini qaratgan edi. Va shu asnoda uning yuziga urilayotgan nur bizning ham ko'zimizni qamashtira boshladi. Biz hayrat ichida Amina xonim bilan bir-brimizga qarardik. Aysel Xonim shu asno baland ovoz bilan hayajonlanib:"Allohu Akbar, Allohu Akbar, La ilaha illalloh..." deya takbir keltirdi va ortidan shahodat keltira boshladi. Biz bu hodisa qarshisida lol qolgandik. Men karaxt bo'lib qolgandim. O'lim oldidagi bu ishlar iymonimni mustahkam qilardi. Soat uchgacha boshida Qur'on va Javshan o'qidik. Aysel ham o'qiyotganlarimizni takrorlashga harakat qilardi. Men Yosin surasini o'qirdim. Amina xonim esa Ayselning tepasida parvona edi. Qibla tomondagi derazada chaqmoqdek bir nur porladi, xonani yoritib yubordi. Bunga ikkimiz ham guvohmiz. Bu nur yog'dusi xonadagi oydinlikni bosib yubordi. Juda ajoyib va huzurbaxsh nur edi u...Aysel bu nurni ko'rar-ko'rmas o'rnidan turishga harakat qildi. Amina darhol unga yordamlashdi. Aysel hayajon ila qo'llarini ochdi.
-Onajon! - deya baqridi. Sen! Sen keldingmi, meni olib ketgani?
Go'yo onasi bilan quchoqlashayotgandek qo'llarini ochdi, bir-biriga qovushtirdi va bir muddatdan keyin Aminaning qo'llariga tushdi.
So'nggi damda yumilish arafasidagi ko'zlarida ham shunday bir yorqin nur, lablarida ham bir ajib tabassum bor edi. Bu so'nggi nigoh cheksiz azob va gunohlarga bir vido, abadiy huzurga esa bir salom edi. So'nggi nafasi "Allohu Akbar, Allohu Akbar" bo'ldi.Joyiga yotqizdik. Azobu iztiroblarga xastalikka ko'milgan bir umr nihoya topgan edi. Azroil a. s. unga eng sevimli kishisi bo'lgan onasi qiyofasida ko'ringan edilar. Undagi iymon tavbasi shu darajada yuksak va samimiy ediki, Alloh huzuriga pokiza, gunohlari kechirilgan holatda ketdi. Iymonli bir o'limning haqiqiy guvohlari bo'ldik.
Biz, biz nima bo'lamiz?
Abrinur Xonim hayajondan titrar edi. Abrinur Xonimning so'nggi jumlasi shunday ta'sirchan va o'yli chiqdiki, xonadagilarni qalblarini va ko'zlarini qaytadan yoshlantirdi. Ertaga o'lim daqiqalarida bizning holimiz nima kechadi? Har bir inson har kuni yuz marta o'ziga shu savolni berishi lozim. Aysel Xonimning hayoti bizlarga saboq bo'lsin. Har bir aqlli inson bu saboqni yaxshi o'zlashtirishga intiladi. Chunki, iymonni asrash, iymon bilan ketishdan-da buyukroq saodat yo'qdir. Buning uchun bugundan harakat qilmasak, ertaga kech bo'lishi mumkin.
Turk tilidan Rohila Ro'zmanova tarjimasi.
Internet uchun Munira xonim tayyorladi.
www.zivouz.com
2007
Do'stlaringiz bilan baham: |