Anqarada Ayselni qidirar edim
Anqaraga bordim. Barcha kasalxonalarni ko'rib chiqa boshladim. Ismi Aysel, 22yoshlardagi bir bemorni izlayapman. Faqat kech qolishdan qo'rqaman. Chunki, maktub avval kitoblarim nashr qilingan nashriyotgan brogan, keyin menga yuborilgan edi. Ya'ni, yozilganidan beri bir oydan ko'proq vaqt o'tgan. Nihoyat, katta bir shifoxonaning onkologiya bo'limida xabarini qopdim. Afsuski, kech qolgandim. Chunki Aysel, o'sha Baroat kechasidan rahmatlik bo'lgan ekan.
-Siz Xolid Ertug'rulsiz, shundaymi, -deya quchoq ochdi bir shifokor. Kitoblaringizni sevib o'qiyman. Tanishdik. Bu maktubda keltirilgan assistant edi. Meni boshqa o'rtoqlari bilan tanishtirdi. Men toqatsizlanardim. Darhol mavzuga o'tdim. Ayselning menga yozgan maktubidan gap ochdim.
-Bilaman, xojam, -dedi assistant. Chunki o'sha maktubni men yuborgandim. Nimalar yozganini menga o'qib berar va tushuntirardi.
-So'nggi daqiqalrini qanday o'tkazganiga qiziqyapman, qanady rahmatli bo'ldi?-deya so'radim.
Assistant Beyning ko'zlari yoshga to'ldi. Chuqur xo'rsinib olganidan so'ng:
-So'ramang, xojam, -dedi g'amgin ovozda...Go'yo to'y, bayramga ketayotgandek bir o'lim. Uning ovozi titrab, bo'g'ildi. Ko'zyoshlari yanoqlaridan oqib tusha boshladi.
-Alloh bizga ham shunday o'lim nasib qilsin, -deya yig'lay boshladi. Xonada yuzma yuz o'tirib ko'zyosh to'kardik. Gunohlar to'la, isyinkor bir hayotning bunday tugashi juda ibratli, juda ta'sirchan va juda ma'nodir edi. Bu hayot hikoyasi hech bir qul also umidsizlikka tushmasin deb uqtirilgan ilohiy maktubning eng muhim dalilllari bilan to'la edi. Assistant davom etdi. "Baroat kechasi" edi, tongga yaqin vafot etdi. Boshida Abrinur Xonim va Amina xonim bor edi. Ular ham Ayselning vafot etish daqiqalrining ta'siridan hali ham qutula olishgani yo'q. "Yo, Rabbiy! Menga ham shunday o'lim ber", deya ko'zyosh to'kkanlari to'kkan. "
-Vafot etish daqiqalri haqida eshitishni xohlayman, -dedim.
-Biz ham sizga yetkazishni yo'lini qidiryotgandik. Abrinur va Amina ham siz bilan ko'rishmoqchi edi. Oqshom bizning mehmonimiz bo'ling. Ham birga iftorlik qilamiz, ham Aysel haqida gaplashamiz. Abrinur ham Amina ham sizga ko'rishga qiziqishadi. Kitoblaringizdan ko'p foydalanishadi. Birga iftorlik qilsak, xursand bo'lardik.
Kelishdik. Oqshom hammamiz to'plandik. Aminaning dadasi nafaqaga chiqqan va Aminani yolg'iz qolmasin, deb Anqaraga ko'chib kelgan ekan. Amina esa tibbiyot fakultetida keljagi porloq bir talaba. Toza, tartibli va kattagina kitob javoni bor bo'lgan xonaga kirdik. Devordagi suratlar va ular tagidagi ibratli so'zlar diqqatni tortardi. Aminaning dadasi ochiq chehrali, kishi edi. Madaniyatli, tajribali bir inson.Suhbatimiz mavzusi Aysel edi. Hozir bo'lgan har bir kishi Ayselni yaxshi tanirdi. Amina va dadasi, Ayselni to'g'ri yo'lga solishga ko'p harakat qilishgan. Assistant va Abrinur xonim esa, so'nggi kunlarda Ayselning yonida turgan, katta dalda bergan va ruhiy madadkor bo'lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |